Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
8.4. Yordamchi xonalar 
Jamoat binolarining 
yordamchi
xonalari sirasiga quyidagilar kiradi: 
- xodimlar garderoblari; 
- xo‘jalik omborxonalari; 
- tozalash inventarlari saqlanadigan xonalar; 
- sanitariya bloklari; 
- dushxonalar; 
- ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari. 
Jamoat binolaridagi sanitariya bloklarini har bir qavatda, odamlar doim 
bo‘ladigan eng uzoq joylardan 75 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashtirish 
lozim. Rejaviy elementlarning tik yo‘nalishlari sanitariya bo‘lmalari va 
dushxonalarning ergonomika me’yorlari bo‘yicha talab etilgan minimal o‘lchamlarini 
belgilab beradilar. Masalan, hojatxonaning minimal kengligi – 800-850 mm, minimal 
chuqurligi – 1200 mm (eshigi tashqariga ochilganida), qo‘l yuvgichli tambur-shlyuz 
(jamoat binosi sanitariya bo‘lmasining majburiy elementi) minimal kengligi –
850 mm. Dush kabinasining kengligi – 900 mm, chuqurligi – 1650-1900 mm. 
Ishlovchilar orasida tayanch-harakatlanish apparati yaxshi ishlamaydigan nogironlar 
bo‘lsa ular uchun alohida kabinalar ko‘zda tutilishi lozim. Xodimlarning 
garderobxonalarida dushxonalar tashkil etilishi kerak. Binolarda tozalash inventarini 
saqlash, yuvish va quritish uchun issiq va sovuq ta’minoti tizimiga ulangan va, 
odatda, hojatxonalarga tutash bo‘lgan xonalar ko‘zda tutilishi lozim. Bunday 
xonalarning maydonlari qavatning har 100 m
2
uchun 0,8 m
2
hisobidan, lekin 4 m
2
dan 
kam bo‘lmagan holda belgilanadi. Qavat maydoni 400 m
2
dan kam bo‘lsa, ikkita 
tutash qavat uchun bitta xona tashkil qilinishiga yo‘l qo‘yiladi. Sanoat korxonalarini 
loyihalashtirishda sog‘lomlashtirish va tibbiyot punktlari, ayollar uchun shaxsiy 
gigiena xonalari, hammomlar (saunalar), idoraviy me’yorlar bo‘yicha esa –


154 
ingolyatoriy, fotariy, qo‘l va oyoq vannalari uchun xonalar, shuningdek ish vaqtida 
dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus xonalar jamoat binolari 
uchun qabul qilingan me’yorlar bo‘yicha tashkil qilinishi kerak
Hammom-saunani loyihalashtirishda uning tarkibiga quyidagi xonalarni kiritish 
lozim: yechinish-kiyinish xonasi, quruq issiq kamerasi, dushxona, sanitariya bloki, 
sovuq suvli basseyn, uqalash xonasi, dam olish xonasi, boshqaruv pulti 
joylashtirilgan xona. Quruq issiqli hammomlarni tashqi devorga tutash qilib birinchi 
yoki sokol qavatida, tashqariga mustaqil chiqish eshigi bilan joylashtirishga yo‘l 
qo‘yiladi. Ish vaqtida dam olish va psixologik yukni kamaytirish uchun maxsus 
xonalar, odatda, uy kiyim-boshi saqlanadigan garderob va sog‘lomlashtirish punkti 
yonida joylashtiriladi Dam olish va psixologik yukni kamaytirish xonalarida, agar 
zaruriy talab va asoslanishlar bo‘lsa, tonusni yaxshilaydigan turli ichimliklarni 
tayyorlash va iste’mol qilish uchun qurilmalar, shuningdek jismoniy tarbiya bilan 
shug‘ullanish uchun joylar ko‘zda tutilishi mumkin. Yerto‘la qavatlarida muhandislik 
xizmatlarining xonalari, omborxonalar, do‘konlar, radiouzel, kinofotolaboratoriyalar, 
ijaraga berish punkti, tir, sport zallari, kitob saqlanadigan va arxiv xonalarini 
joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bu kabi xonalarni tabiiy 
yoritilganliksiz 
loyihalashtirishga ruxsat beriladi. Undan tashqari, majlislar zali, ma’ruza 
auditoriyalari va kuluarlar, maishiy xizmat ko‘rsatish salonlari, sport va sport-
tomosha zallari va avtoturargohlarni ham tabiiy yoritishsiz loyihalashtirish mumkin. 
Barcha jamoat binolari 
nogironlar
va 
aholining kam harakatlanuvchi
, shu jumladan 
aravachalarda harakatlanuvchi guruhlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
qurilishi zarur.
Maishiy xonalardagi qatorlarning o‘qlari orasidagi masofalar va o‘tish 
yo‘llarining kengligi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilish zarur: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin