Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
9.2. Hajmiy-rejali yechim 
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining 
binolari 
turli 
sig‘imlarda 
loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta 
joygacha. Binoning maksimal balandligi – 2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli bino 
qurishga yo‘l qo‘yiladi). 
Maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha xonalari uchta katta guruhga 
bo‘linadi: 
bolalar guruhlarining har biri uchun xonalar – 
guruh yacheykalari
(asosiy guruh 
xonasi va yotoqxona); 
umumiy xonalar 
– musiqiy va gimnastika mashg‘ulotlari uchun zal; 
tibbiy, xizmat-maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish xonasi

Maktabgacha ma’lim muassasalari maydonlarini bitta bolaga m
2
hisobidan 
quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. 
9.1
-
jadval 
Xonaning nomlanishi 
Umumiy turdagi MTM 
lari 
Ixtisoslashtirilgan 
MTM lari 
Yechinish-kiyinish xonasi 
0,9 
1,2 
Guruh xonasi, dam olish zonasi 
bilan 
4,3 
5,7 
Hojatxona 
0,8 
1,0 
Bufet 
0,15 
0,2 
Maxsus 
mashg‘ulotlar 
o‘tkaziladigan xona 

1,6 
Musiqa 
mashg‘ulotlari 
o‘tkaziladigan xona 
2,0 
4,0 
Gimnastika 
mashg‘ulotlari 
o‘tkaziladigan xona 
4,0 
5,0 
 
 
 


160 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING FUNKSIONAL SXEMASI 
 
9.1
-
rasm. 
1 – kichik yoshdagi bolalar uchun guruh yacheykalari; 2 – maktabgacha 
yoshdagi bolaar uchun guruh yacheykalari; 3 – aralash yoshdagi bolalar uchun guruh 
yacheykalari; 4 – guruh honalari (birinchi sinf bolalari uchun); 5 – musiqa 
mashg‘ulotlari uchun xona; 6 – badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xona;
7 – basseyn; 8 – maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona; 9 – tibbiy xona;
10 – ma’muriy-xo‘jalik xonasi; 11 – ovqat tayyorlanadigan blok; 12 – kir yuvish 
xonasi. 
Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni: 2 oydan 1 yoshgacha – 10 ta bola; 1 
yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta bola; 3 yoshdan 7 yoshgacha – 20 ta bola. 
Derazalarning eng maqbul yo‘naltirilishi – J., J. – Sh., Sh. Turli yosh 
guruhlarining guruh yacheykalari alohida joylashtirilishi lozim. Bunda MTM lari 
binolarida 
vertikal-gorizontal 
funksional 
zonalashtirish 
keng 
qo‘llaniladi: 
maktabgacha yoshdagi bolalarning guruhlari ikkinchi qavatda, kichik yoshdagi 
bolalarning guruhlari birinchi qavatda joylashtiriladi.


161 
Ikkinchi yoki uchinchi qavatda joylashgan maktabgacha yoshdagi bolalar 
guruhlarining yechinish-kiyinish xonalari 1-qavatda joylashtirilishi mumkin. Har bir 
guruh yacheykalarida kamida ikkitadan chiqish yo‘llari bo‘lishi kerak. Kichik 
yoshdagi bolalarning ikkita guruhi yoki maktabgacha yoshdagi bollarning to‘rtta 
guruhli uchun bitta umumiy chiqish yo‘li bo‘lishiga ruxsat etiladi. Musiqa va 
gimnastika mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan zallar, odatda, 1-qavatda 
joylashtiriladi, zarurat tug‘ilganida ikkala zal birlashtiriladi. Zallarga qo‘shimcha 
qilib inventar saqlanadigan xonalar ham ko‘zda tutilishi lozim. Bugungi kunda 
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi xonalar joylashtirilishida quyidagi yangi 
tendensiyalarni kuzatish mumkin: 
- maktabgacha yoshdagi bolalari uchun guruh xonalarining boshlang‘ich sinf 
xonalari bilan birlashtirilishi; 
- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi uchun qisqa muddat mashg‘ulot 
o‘tkaziladigan turar-joylar qoshidagi xonalarning (har bir bola uchun 4 m
2
hisobida) 
joylashtirilishi; 
Guruhida 10 ta boladan ko‘p bo‘lmagan oilaviy bolalar bog‘chalari ikki 
tomonida ham chiqish yo‘llari bo‘lgan, 2-qavatdan yuqorida bo‘lmagan va 
olovbardoshlikning kamida II darajasiga ega binolardagi xonadonlarda joylashtiriladi. 
Bunda xonadonlar avariya chiqish yo‘llari bilan ta’minlanishi va bino yaqinida 
bolalar maydonchalarini tashkil qilish ko‘zda tutilishi kerak. Bu kabi muassasalardagi 
xonalar tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur: yechinish-kiyinish xonasi, dam 
olish zonasi bo‘lgan bolalar o‘ynashi uchun xona, hojatxona, bufet xonasi, xodimlar 
uchun sanitariya bloki. Ixtisoslashgan MTM larda 3x7 m o‘lchamli vannasi bo‘lgan 
basseyn loyihalashtiriladi. Basseyn xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- vanna xonasi; 
- yechinish-kiyinish xonasi; 
- dushxona; 
- hojatxona; 
- murabbiy xonasi; 
- tibbiyot hamshira xonasi; 


162 
- texnik xonalar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining tibbiyot xonalari 
quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur: 
- tibbiyot xonasi; 
- muolajalar xonasi; 
- izolyator (qabuxona, palata va hojatxona). 
Tibbiyot xonasi yo‘lakdan alohida kirish eshigiga ega bo‘lib, izolyator 
palatalarining biri bilan yondosh bo‘lishi kerak. Izolyator palatalari 1-2 kishilik, 
maydoni 4-6 m
2
qilib, alohida, bosib o‘tilmaydigan tarzda loyihalashtiriladi. 
Xizmat-maishiy xonalar
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- mudir xonasi; 
- xo‘jalik mudirining xonasi; 
- xodimlar uchun dushxonalari va sanitariya bo‘lmalari bo‘lgan garderob xonasi; 
- metodik xona; 
- xo‘jalik omborlari; 
Xodimlar uchun alohida kirish eshigi ko‘zda tutilishi lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim muassasalarining binolarida 
xomashyo yoki yarim fabrikatlarda ishlovchi 
ovqat tayyorlanadigan blok
loyihashtiriladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- oshxona, tarqatish bo‘lmasi bilan; 
- oshxona idish-tovoqlarini yuvish xonasi; 
- quruq oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxona; 
- yuklash xonasi; 
- xodimlar xonasi; 
- xodimlar uchun dushxona va sanitariya bo‘lmasi. 
Kompozitsion 
yechim
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalari 
xonalari 
joylashtirilishining 
zichlashtirilgan, blokli 
va 
pavilon
ko‘rinishidagi uchta asosiy 
turini belgilab beradi. 


163 
Zichlashtirilgan (markazlashtirilgan)
tur – muassasa sig‘imi kichik bo‘lganida 
qo‘llaniladi, undagi barcha funksional xonalar bitta binoda joylashtirilishi ko‘zda 
tutiladi. 
Blokli
turga mansub binolarda turli funksional guruhlar turli bloklarda 
joylashtiriladi. Sig‘imi 140 o‘rindan 220 o‘ringacha bo‘lgan MTM larini 
loyihalashtirishda qo‘llaniladi. 
Pavilon ko‘rinishidagi MTM loyihalari, asosan, janubiy hududlarda qo‘llaniladi. 
Bunda har bir guruh uchun alohida bino loyihashtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin