152
Vestibyullarning talqini turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy vazifasi
odamlarga to‘g‘ri yo‘nalishlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Garderobxonalar ustki kiyim-
boshni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi, bunda bitta o‘rin
uchun quyidagicha
maydonlar ajratilishi ko‘zda tutiladi:
konsol turidagi ilgichlar uchun – 0,08 m
2
;
oddiy va osma ilgichlar uchun – 0,1 m
2
.
Garderob chuqurligi 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Kiyim-bosh berish uchun mo‘ljallangan to‘siq (barer) eni 0,6-0,7 metrga teng
bo‘lib, harakatlanishlar ommaviy tusga ega binolardagi taxminiy uzunligi – 30 o‘rin
uchun 1 pogonli metr,
harakatlanishlar ommaviy emas, lekin muntazam bo‘lgan
binolar uchun – 50-60 o‘rin uchun 1 pogonli metr qilib belgilanadi. Ustki kiyim-bosh
garderoblari uchun minimal masofalar quyidagicha qabul qilinadi:
- barer oldidagi bo‘shliq – 3-4 metr;
- barerdan ilgichlargacha – 0,8-1,0 metr;
- ilgichlar o‘qlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,6 m;
garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 1,2 m;
- ilgichlarning chekka qatori va devor yoki pardevor o‘rtasidagi masofa: o‘ziga
o‘zi xizmat ko‘rsatishda – 1,3 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,9 m;
- konsolli-buriluvchi ilgichlarning turtib chiqqan qismlari yoki kiyim-bosh
saqlanadigan shkaflar orasidagi masofa, shuningdek
shu kabi ilgichlar va
shkaflarning turtib chiqqan qismlari orasidagi masofa: o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘rsatishda – 1,0 m; garderobchilar xizmat ko‘rsatganida – 0,6 m. Vestibyulning
rejaviy yechimiga bog‘liq ravishda gardebxonalar
joylashtirishining turlicha
sxemalari qo‘llaniladi:
- yon tomonli (bir yoki ikki taraflama);
- ichkariga chuqurlashtirilgan;
- perimetr bo‘yicha;
- orolli shaklda.
Sxemani tanlashda, birinchi navbatda, garderobxonadan
chiqib kelayotgan
odamlar oqimi kesishmasligi nazarda tutiladi.
153
Garderobxonalari bo‘lgan vestibyullarning maydoni ilgichdagi bir o‘ringa 0,18-
0,28 m
2
hisobidan qabul qilinadi. Bunda garderobdagi o‘rinlar soni binoning
sig‘imiga qarab belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: