11.1. Mehmonxonalar klassifikatsiyasi
Mehmonxona binolari bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha toifalandi:
Sig‘imi bo‘yicha
:
- kam sig‘imli – o‘rinlar soni 100 tagacha;
- o‘rtacha sig‘imli – o‘rinlar soni 100 dan 500 gacha;
- katta sig‘imli – o‘rinlar soni 500 dan 2000 gacha.
Qavatliligi bo‘ycha:
- kam qavatli – 1-2 qavat;
- o‘rtacha qavatli – 3-5 qavat;
- yuqori qavatli – 6-9 qavat;
- ko‘p qavatli – 10-40 qavat;
- osmono‘par – 40 va undan ko‘p qavatli.
Vazifasi bo‘yicha
(mehmonxona binolari uchun asosiy tipologik belgi –ularning
vazifasi):
- umumiy;
- konferens-otel, kongress-otel;
- sayyohlar uchun mo‘ljallangan;
- kurort;
- kempinglar.
-xostellar.
Qulayliklar darajasi bo‘yicha
:
mehmonxonalarning Rossiyada qabul qilingan
razryadlari xalqaro standartlar bo‘yicha yulduzlar soniga mos keladi:
oliy A - *****;
oliy B - ****;
I - ***;
II - **;
III - *.
Xalqaro amaliyotda mehmonxonalar qulaylik darajasiga bog‘liq ravishda bir
nechta qurilish razryadlariga ajratiladi. Ularning soni turli mamlkatlarda 3 dan 7
gacha o‘zgarishi mumkin. Ispaniyada qulaylik darajasi yulduzchalar bilan
belgilanadi; Gretsiyada – harflar bilan; Avstriyada – klasslar bilan; Polsha va
Bolgariyada – toifalar bilan va hk.
181
Bu kabi bo‘linishlar uchun asosiy mezon sifatida nomerlar fondining sifatiy
tarkibi xizmat qiladi: bir, ikki o‘rinli va sig‘imi ko‘proq bo‘lgan nomerlar – bir
xonali, shuningdek ko‘p xonali lyuks nomerlar va apartamentlarning foizda
ifodalangan o‘zaro nisbati. Nomerlar fondining sifati shuningdek apartamentlardagi
nomerning pardozlanishi, mebellar bilan jihozlanishi va texnik uskunalanishi bilan
ham tavsiflanadi .
Ushbu daraja belgilanishining ikkita asosiy usuli mavjud bo‘lib, birinchisida
statistik ko‘rsatkichlar, ya’ni vannaxonasi va sanitariya bo‘lmasi bo‘lgan
nomerlarning aniq belgilangan nisbati, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan
xonalarning funksional tarkibi (basseyn, sauna va shu kabilarning bor yoki yo‘qligi)
bo‘yicha belgilanadi; ikkinchisida – material bazaning sifatiga emas, balki dinamik
omillarga, ya’ni servis xizmatining sifatiga qarab belgilanadi.
|