185
Bir xonali
mehmonxona nomeri yotoq xonasi, eni kamida 1,4 m bo‘lgan va
shkaf o‘rnatilgan yo‘lak, sanitariya bo‘lmasi va yozgi xona: balkon, lodjiya, ochiq
ayvondan iborat bo‘ladi. Ikki xonali nomerda yotoq xonasidan tashqari
mehmonxona, u xonali nomerda esa – mehmonxona
va kabinet ham
rejalashtiriladi, bunda yo‘lakdan faqat mehmonxonaga kirish mumkin bo‘ladi. Oliy
va birinchi razryadli mehmonxonalardagi ikki kishi uchun mo‘ljallangan 2 xonali
va 3 xonali nomerlarda yotoq xonasi yonida tarkibida unitaz va qo‘l yuvgich va
vanna, qo‘l yuvgich, unitaz, bide mavjud bo‘lgan ikkita sanitariya bo‘lmasi
loyihalashtiriladi.
Nomerlar
yonida
qo‘shimcha
xonalar:
ko‘rpa-to‘shak
saqlanadigan xona, navbatchi xodimlarning xonalari,
dazmollash xonasi, qavatlar
bo‘yicha xollar joylashtiriladi.
Quyidagi jadvalda mehmonxona razryadiga bog‘liq
ravishda nomerlarning
maydonlari keltirilgan, m
2
:
11.1
-
jadval
Xonalar/o‘rinlar
soni
Oliy
A
Oliy
B
I
II
III
1 / 1
14
12-14
12-14
12
10
1 / 2
18
14-18
14-18
14
14
2 / 2
24
24
24
24
-
3 / 2
40
40
40
-
-
1 / 3 (oilaviy)
-
20-24
20-24
18
18
Mehmonxona binolari turar joy qavatlari uchun rejaviy tuzilmalarning
quyidagi turlari mavjud:
- yo‘lakli;
- galereyali;
- ikki yo‘lakli;
- yo‘lakli-halqali;
- minorali;
- uzelli;
- atriumli.
Dostları ilə paylaş: