Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Jamoat muassasalari bilan birlashtirilgan ta’lim muassasalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

3. Jamoat muassasalari bilan birlashtirilgan ta’lim muassasalari 
Kasb-hunar 
kolleji 

qishloqdagi 
tuman 
madaniyat markazi 
Sport
Majlislar zali, to‘garaklar uchun xonlara
o‘quv-sport xonalari, ovqatlanish xonalari 
Oliy 
o‘quv 
yurti 

shaharning madaniy-sport 
markazi 
Sport, madaniy, dam 
olish, 
ko‘kalamzorlashtiril-
gan, xo‘jalik 
Shu kabi 
Xizmat 
ko‘rsatish 
tarmog‘ining 
o‘quv 
muassasasi 
Xo‘jalik, dam olish
ko‘kalamzorlashtiril-
gan 
Ishlab chiqarish amaliyoti uchun xonalar 
Polifunksional 
o‘quv kompleksi – tarkibiga o‘quv muassasasi boshqa 
muassasalar bilan (masalan, o‘quv-madaniy, o‘quv-davolash, o‘quv-ishlab chiqarish, 
o‘quv-ilmiy komplekslar shu kabilar bilan) teng huquqda va o‘zaro bog‘liq ravishda 
kiritilgan jamoat binolari kompleksi. 
Masalan, savdo-xizmat ko‘rsatish muassasalari bilan birlashtirilgan o‘quv 
muassasalari polifunksional kompleksni shakllantirib, aholiga xizmat ko‘rsatish bir 
vaqtning o‘zida xodimlar uchun ishlab chiqarish hisoblanadi.


178 
Tarkibiga madaniyat o‘quv muassasalari kiritilgan madaniyat markazlari aholi 
tomonidan foydalaniladigan xonalar tarkibini (o‘quv teatri, konsert zali, ko‘rgazma 
zallari) sezilarli darajada kengaytiradi, o‘quvchilar esa, o‘z navbatida, aholiga xizmat 
ko‘rsatishda ishtirok etadilar. Ko‘p tarmoqli kasalxona nafaqat aholiga malakali 
tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, balki tibbiyot instituti yoki shifokorlar 
malakasini oshirish instituti, o‘rta tibbiy xodimlarni tayyorlash markazi, turli ilmiy 
tadqiqotlar o‘tkazish bazasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
O‘quv kompleksi shaharsozlik ob’yekti sifatida shaharda o‘quv zonasini 
shakllantiradi, ya’ni shaharning ixtisoslashtirilgan markazi hisoblanadi. O‘quv 
muassasalari birlashtirilishining turli shakllarini ularning asosiy funksiyalari 
hisoblangan o‘qitishga, ta’lim berishga bog‘liq ravishda ko‘rish va o‘rganish lozim. 
Aytish lozimki, mamlakatimizda bu kabi komplekslarni o‘zlashtirish asta-sekin 
amalga oshirilmoqda va ularning yakuniy shaklga ega bo‘lmagan turli variantlari 
mavjud. Shuning uchun ham ushbu bo‘limda ularni loyihalashtirish bo‘yicha 
prinsipial yondoshuvlar bayon etilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin