Toshkent arxitektura qurilish instituti


Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari. 
Mahsulotlarni qabul qilish xonalari (yuk tushirib olish xonalari)ni va saqlash 
xonalari (sovutiladigan va sovutilmaydigan omborlar)ni yuk tashish liftlari va 
boshqa ishlab chiqarish xonalari bilan yo‘lak orqali bevosita bog‘langan funksional 
zona sifatida loyihalashtirish lozim. Yuk tushirib olish xonasi oldida balandligi 
1,1-1,2 metr, eni 3 metr va hisoblangan uzulikka ega bo‘lgan yuk tushirish 
platformasi joylashtiriladi. Platformalar yuk avtomobilning orqa va o‘ng 
bortlaridan tushirilishiga mo‘ljallanib loyihalanadi. Yuk tushirish maydonchalari 
va platformalari ustida balandligi 3,6 metrdan kam bo‘lmagan bostirma ko‘zda 
tutilishi kerak. Bu bostirma maydonchani butunlay, avtomobil kuzovining kamida 
1 metrini yopadigan bo‘lishi zarur. Omborxonalarni yerto‘lada, sokol qavatda yoki 
1-qavatning xo‘jalik zonasi va yuk tushirish maydonchasi tomonida joylashtirish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda ishlab chiqarish xonalari bilan eng qisqa 
bog‘lanishlar ta’minlanishi zarur. Ishlab chiqarish xonalari, omborxonalar va 
maishiy xonalardagi ventliyatsiya bloklarining turtib chiqqan qismlarini eng pastki 
qismlarigacha bo‘lgan balandlik 2,5 metr qilib qabul qilinadi. 
Mahsulotlar saqlanadigan xonalar yuk tushirish maydonchalari bilan bevosita 
bog‘lanib, o‘tish yo‘llarida joylashmagan bo‘lishi kerak. Ularni yuvish va 
sanitariya uzellari, shuningdek, traplari mavjud ishlab chiqarish xonalari ostiga 
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Omborxonalarni loyihalashtirishda sabzovotlar 
yuk tushirish maydonchasidan aylanib o‘tib, bevosita sabzovotlar obmborxonasiga 
tushirilishini ta’minlash zarur. Sovutish kameralarini yagona blok ko‘rinishida, 
balandligi 1,6-1,9 metr bo‘lgan tambur orqali kiradigan qilib joylashtirish lozim. 
Sovutiladigan kameralarning rejadagi o‘lchamlari 2,2x2,4 metrdan, balandligi 
esa – 2,7 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Ularni qozonxona, boyler, dushxonalar 
va harorati hamda namligi yuqori bo‘lgan boshqa xonalar yonida, ostida va ustida 
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


270 
Sovutish kameralari ovqatlanish zalidagi o‘rinlar soni 300 dan ortiq bo‘lgan 
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun loyihalashtiriladi. Sig‘imi kamroq restoran, 
kafe va oshxonalarda katta sovutgichlar qo‘llaniladi. 
Ovqat chiqindilari uchun sovutish kamerasi birinchi qavatda, chiqish tamburi 
tashqariga va yo‘lakka qaratilgan holda loyihalashtiriladi. Qishloq joylarda bunday 
sovutish kamerasi xo‘jalik zonasida ham joylashtirilishi mumkin. Ma’muriy-
maishiy xonalarni boshqa xonalardan alohida qilib joylashtirish lozim, bunda 
boshqa funksional vazifali xonalar bilan qulay bog‘liqlikni ta’minlashga e’tibor 
qaratish kerak. 
Xodimlar uchun kirish yo‘lini xo‘randalar kirish yo‘lidan, shuningdek yuk 
tushirish zonasidan alohida qilib loyihalashtirish zarur. Xodimlar uchun 
zinapoyalar xo‘randalarni evakuatsiya qilishda foydalanishni hisobga olgan holda 
joylashtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin