Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 


76 
 
4.5-rasm
. Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uy. 
Bir qavatli bir xonadonli uylarning hajmiy-tarhiy yechimlarining keng tarqalgan 
usullaridan biri uyga kirish qismi binoning tarz qismida joylashgan bo‘lib, ho‘jalik 
xonalari binoning ichkarisida ya’ni orqa tarafida joylashadi. Bunday joylashish 
usulida uchta yashash xonasidan ikkita yashash xonasi doimo ko‘chaga qaragan 
bo‘ladi. Sanitar tugunlar qoidaga ko‘ra tashqi devorlarda joylashib, bunda xonadon 
ichi kommunikatsiyalari minimal bo‘ladi (4.6-rasm). 


77 
4.6-rasm. Uch xonali bir qavatli uyning hajmiy-tarhiy tuzilmasi:
1-umumiy xona; 2-yotoqxonalar; 3-xo‘jalik hududi; 4- sanitar tugunlari. 
 
Ikki qavatli uylar.
Umumiy maydoni 90m
2
dan ko‘p bo‘lgan bir xonadonli 
uylarni ikki qavatli qilib loyihalash maqsadga muvofiqdir. Bunday uylar kottej tipli 
uylar deb nomlanadi. Birinchi qavatda odatda tamburli kirish yo‘lagi, umumiy xona, 
yotoqxonalardan biri, oshxona, xo‘jalik xonalari joylashadi.


78 
Ikkinchi qavatda odatda yotoqxonalar joylashadi. Yotoqxonalar soniga qarab, 
ikkinchi qavat qisman yoki to‘liq band qilingan bo‘lishi mumkin. Ikki qavatli(sathli) 
uylarning bir necha turlari mavjud: mansardli uy, ya’ni 2-qavati to‘liq emas, pol sathi 
qo‘zg‘aluvchi uy, bunda uyning bir qismi bir qavatli bo‘ladi (4.7, 4.8-rasmlar).
4.7-rasm. 
Turar uylarning ikki sathli (qavatli) qilib yechish usuli: 
a- mansardli uy; b-xonadonning bir qismi ikkinchi qavatda joylashgan (chordoqsiz 
yoki chordog‘ bilan); c-xonadonning xamma qismi ikki qavatda joylashgan 
(chordoqsiz yoki chordog‘i bilan); d-qiyalikda joylashgan uy; e-mansardli uyning 
qirqim qismidan fragment. 


79 
4.8-rasm
. Har xil sathli besh xonali turar-joy xonadoni. 
Mansardli uyda yuqori qavat xonalari chordoq chegarasida joylashadi. Tom 
nishabi 45º dan kam bo‘lmasligi kerak. Tom nishabining burchagi bundan kam 
bo‘lsa, mansardli qavatni o‘rnatish mumkin emas. Chordoqdan to‘liq foydalanish 
uchun, yuqori qavat xonalari shifti kesilgan burchakli bo‘ladi. Kesilgan qismlar 
devorlari balandligi 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.


80 
Murakkab shaklli tomni o‘rnatishda, nishablar kesikli bo‘lganda, cherdak 
fazosidan to‘liq foydalaniladi – shiftlar gorizontal bo‘lib, devorlar bir balandlikka ega 
bo‘ladi (4.9-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin