Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
4.2-rasm. 
Liftsiz uylarning asosiy turlari. 
I. Hudud bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan kirish chiqish joyiga ega xonadon.
A – qo‘rg‘oncha uy (o‘z hovlisi bilan); a – bir xonadonli; b – ikki xonadonli;
B – blokli uylar; v – to‘rt xonadonli uylar; g – ikki qavatga ega bo‘lgan to‘rt 
xonadonli uylar; d – qatorli uy; e – atriumli uylar; 
II. Umumiy kommunikatsiya orqali kirish chiqish joyiga ega xonadonlar. 
z – seksiyali uylar; i – galereyali uylar; k – yo‘lakli uylar. 


73 
4.2. Kam qavatli turar-joy binolari 
Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi 
hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob 
beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki 
xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega 
va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda 
uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida binoning 
alohida joylashuvi yashash sharoitini yaxshilaydi. Xonadonlar shovqinli yo‘llar va 
qo‘shni maydonlardan uzoqroq joylashtirilgan bo‘ladi. Ikki xonadonli uylarda 
xonadonlarning qo‘shnichiligiga noqulaylik tug‘dirmaydi. Kirish eshiklari, 
ayvonchalar va terassalar uyning turli tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, bir-biri bilan 
kesishmaydi. Xonadonlarning alohidaligi ular orasida qurilgan xo‘jalik qurilmalari 
yoki ajratuvchi devorlarni qurishga imkon beradi. 
 
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar o‘zining yer maydoniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi, 
shahar va qishloq uylari. Shahar va qishloq hovlili uylari asosan 1yoki 2 qavatli qilib 
quriladi. Ular yer maydonining katta –kichikligiga qarab, yerdan foydalanish 
harakteriga ko‘ra va arxitekturaviy-tarhiy yechimi bo‘yicha farqlanadi. Shahardagi
hovlili uylarning maydoni katta bo‘lmaydi (200-600 m.kv.), bu yerda aholini 
yashashdan maqsad yoz kunlari ochiq muhit –hovlidan foydalanishdir. Lekin qishloq 
uylarida aholi o‘zining shaxsiy tomorqasiga ega bo‘lib, u erda ishlaydi. Qishloq 
hovlili uylarining maydoni 0,15 gacha bo‘lishi mumkin.
Hovlili uyning uchta asosiy turi mavjud: alohida binoli uylar – turar-uy va 
hovlidagi xo‘jalik qurilmalari bilan; xo‘jalik xonalari uy ichiga yoki uyga ulab 
qurilgan hovlili uylar va ichki turar-uy hovlisi atrofida turar-uy va xo‘jalik xonalari 
kompleksi ega, rivojlangan tuzilishga ega hovlili uylar (4.3-rasm).
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyni tashkil qilish uy rejasiga ya’ni, birinchi 
navbatda, undagi turar-uy va xo‘jalik hududlarining o‘zaro joylashuviga ta’sir 
ko‘rsatadi.


74 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin