84
Blokli uylar.
Bu xildagi turar - uy joylardan shahar mahallalarida (kichik
tumanlarda) foydalanilib, ko‘p oilalilarga mo‘ljallangan.
Bir qavatli blokli uylar
asosan qishloq joylarida va tuman markazlarida foydalanilgan, hozirda esa o‘z
samaradorligini yo‘qotgan. Hozirgi paytda qishloq
joylarida yashovchi oilalar
tomorqadan unumli foydalanilmayotgani tufayli blokli uylar 2 qavatli qilib
qurilmoqda. Har bir xonadon uchun 50-100 m
2
tomorqa
ajratilgan, yozning iliq
kunlarida o‘z vaqtlarini o‘tkazish
uchun tomorqa gulzorlar, yozgi soyabonlar,
hovuzcha, bolalar o‘ynashi uchun qum yashigi va hokazolardan iborat bo‘lishi
mumkin (4.12-rasm).
4.12-rasm.
Qishloq uylarining tarhiy yechimi.
85
Hovlili binolarni
qurishda asosan mahalliy, qimmat bo‘lmagan
qurilish
materiallaridan foydalanish kerak: xom g‘isht, pishgan g‘isht, taxta, ganch, alebastr
va hokazolar. Ammo qishloq qurilishini industrial va mexanizatsiya
usuli bilan tez
qurish uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlar: bloklar, panellar,
temir-beton
yopqichlar va boshqalarga o‘tishga to‘g‘ri keldi va bular hovlili uylarning loyihalari
harakteriga ta’sir qildi. Shuning uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlarning
o‘lchoviga qarab loyihalash paytida bino o‘lchovlari shu elementlar o‘lchoviga qarab
olinadi. Ammo mahalliy qurilish materiallari hali ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q
va shuning uchun me’mor oldiga ularni zavodda tayyor bo‘ladigan qurilish
materiallari bilan aralashtirib ishlatish vazifasi qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: