Crocodile Clips Ltd o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida (home licence) o‘qituvchi va o‘quvchilar (talabalar) bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. SHuni ta’kidlab o‘tamizki, hozirda Crocodile kompaniyasi dasturiy ta’minotlarini Yenka nomi bilan takomillashtirilgan holda yaratildi. Hozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda, lekin dasturlarning ishlashi Crocodile dagidan farq qilmaydi. Keling, endi shu dasturiy ta’minotlar bilan tanishib chiqsak. Fizika fanida Crocodile Physics dastur muhitidan foydalanish. Crocodile Physics dasturi xaqida.
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
ELEKTR ZANJIRLARNI KONTUR TOKLAR, TUGUNLAR POTENSIALLAR, SUPPERPOZITSIYA, TVEN TEOREMASI VA NORTON TEOREMSI ASOSIDA TAHLILI
Multisim – bu qisqa vaqt ichida qurilmalarni ishlab chiqishga imkon beradigan sxemalar interaktiv emulatori. Multisim o‘z ichiga multicap naqlini kiritgan, bu esa sxemalarni dasturiy tavsiflash va undan keyin darhol sinash uchun ideal vosita bo‘ladi. Multisim shuningdek, ishlab chiqish va sinash vositalari bilan chuqur integratsiya qilish uchun national instruments tomonidan ishlab chiqilgan lab VIEW va signal express bilan o‘zaro moslashtirilgan.