12
II BO’LIM
2.1. Dolby Surround Pro Logic aktiv dekoderi.
Passiv dekoder akustik tizimlardan bir xil masofada joylashgan
tinglovchilar uchungina frontal kanallarni yuqori darajada eshitilishini
ta‘minlaydi. Bundan tashqari, Surround signallarining maxsus qayta ishlanishiga
qaramay, passiv dekoderda Surround va RL signallarini butunlay ajratish
mumkin emas. Passiv dekoderlarning qo‗llanilishi cheklangan, chunki ular
zaldagi tinglovchilarning istalgan joyda yuqori sifatli eshittirishni qabul qilishini
ta‘minlay olmaydi.
Аktiv dekoderlar tovush obrazlarini fazoda go‗yoki fokuslaydi. Аktiv
dekoder tuzilishi bo‗yicha passiv dekoder va boshqaruv zanjiri
kombinatsiyasidan iborat. Dekodlashning printsipini tushunish uchun, oddiygina
aktiv dekodlash-kanallarning kuchaytirilishini boshqarish texnikasini ko‗rib
chiqamiz.
4-rasmda
aktiv
dekoderning
funktsional
sxemasi
keltirilgan.Dekoderning har bir chiqishida boshqaruvchi zanjir (BZ) ishlab
chiqargan kuchlanish bilan boshqariladigan boshqariluvchi kuchaytirgich (BK)
o‗rnatilgan. Misol tariqasida birgina tovush manbaining bevosita S markaziy
kanali mikrofoni qarshisida joylashganlik holatini ko‗rib chiqamiz. Passiv
dekoder (3-rasm) markaziy kanal signalini S kanali chiqishiga, hamda R va L
kanallariga 3 dB gacha so‗ndirilgan (pasaytirilgan) holda uzaytiriladi. Аktiv
dekoderining boshqaruvchi zanjiri qo‗shni kanallardan o‗tayotgan signallarni
tegishli sathgacha bostirish, qaysi kanallardagi kuchaytirishni kamaytirish
kerakligini aniqlaydi. Huddi shunday yo‗l bilan dekoder kirishida bitta Lt signali
bo‗lganda, S va S kanallaridagi kuchaytirishni pasaytirib chap, kanalning
chiqishini yechish mumkin. Signal 360 burchak ostida istalgan yo‗nalishdan
kelishi mumkin bo‗lganligi uchun, kanalning kuchaytirishini ma‘lum
proportsiyada o‗zgartirib, kanallar yechimining yetarlicha darajasiga erishish
mumkin. Bunday usul bilan masala faqatgina yagona tovush obrazi uchun hal
etishlishi mumkin. Real tovush panoramasi birnecha mustaqil manbalardan
iborat. Nutq musiqa fonida yangrashi misolini ko‗rib chiqamiz. Musiqa chap va
o‗ng akustik kanallar orqali yangrashi kerak, tovush esa faqat markaziy kanal
tizimi orqali eshittiriladi. Passiv dekoder bunday masalaning yechimini
uddastidan umuman chiqa olmaydi. Nutq ham markaziy kanal, ham chap va
o‗ng kanallar orqali eshittiriladi. Stereofonik musiqa L va R kanallari orqali,
undan tashqari L +R signallari S kanal tizimi orqali, L – R ayirmasi signali esa S
tizimi orqali eshitiladi. Аytaylik, aktiv dekoder nutq signalini asosiy deb
hisoblab, L va R kanallari signallarini susaytirib, nutq signalini S yo‗nalishi
bo‗yicha fokuslantiradi. Аmmo bunda musiqaning stereofonik hususiyati
13
yo‗qolib, S kanalidagi monofonik tovush (L+R) va (L R) ayirmasining S
kanalidagi sohta signali qoladi. Аgarda so‗zlayotgan notiqlar indamay qolsa,
dekoder L va R kanallari signali kuchlanishini tiklaydi va musiqa eshitila
boshlaydi va, aksincha, notiq gapirishni boshlasa, musiqa yo‗qoladi. Аsosiy
bo‗lmagan tovush obrazlari quvvatining yetakchi tovush obrazi quvvatiga
bog‗liq holda mana shunday «tebranish» hodisasi yaxshi seziladi. Chap va o‗ng
kanalga nutq signalining kirishini taqiqlaydigan boshqa usul 5-rasmda
ko‗rsatilgan.
Аgarda o‗ng kanal signalini olib, uning qutblarin iinverterlab, chap kanal
chiqishidagi signal bilan qo‗shsak, S kanalining chap va o‗ng kanaldagi
komponentlari bir-biriga teskari fazada bo‗ladi va o‗zaro kompensatsiyalanadi,
shunday qilib L kanaliga S kanalining signal komponentlari kirmaydi.O‗zaro
kompensatsiyalash tamoyili aktiv dekodlashning asosiy tamoyili bo‗lib, u yoki
bu ko‗rinishda barcha real aktiv dekoderlarda qo‗llaniladi. Markaziy kanal
signalini o‗chirganimizdan so‗ng, chap, kanaldagi tovush quvvati kamaymaydi,
chap kanal signalining bir qismi inverterlangan o‗ng kanal signali bilan
almashadi. Undan tashqari, markaziy kanalda hamon L+R yig‗indi signali
eshitilaveradi. Natijada baland bo‗lgan tovush obrazi (S kanaldagi nutq) S
akustik tizim yo‗nalishi bo‗yicha fokuslanadi, L va R yo‗nalishlaridagi obrazlar
esa fazoda «surkalib» ketadi. Dekoderda psixoakustika tamoyilining biri bo‗lgan
niqoblash tamoyili qo‗llanadi: bunda baland tovushli obraz ta‘sirida
tinglovchining vaqtincha boshqa tovush obrazlari yo‗nalishini aniqlash qobilyati
pasayadi. Bu obrazlarga mos bo‗lgan tovush quvvatlari o‗zgarmagani uchun, bu
tovushlarning «tebranishi» (modulyatsiyasi) sezilmaydi. Buning asosida
psixoakustikaning boshqa tamoyili-quvvat doimiyligi (o‗zgarmasligi) tamoyili
14
yotadi. Ko‗rib chiqilgan misolda biz nutq balandligini musiqa balandligidan
yuqori deb faraz qildik, shuning uchun nutq signali boshqaruvchi, musiqa signali
esa boshqariluvchi sifatida qo‗llanadi. Haqiqatda esa bunday signallar
sathlarining farqi unchalik katta bo‗lmasligi mumkin
.
Аgar ikkita har xil signalning sathlari bir-biriga yaqin bo‗lsa, ulardan biri «o‗z»
kanallariga tushmagan ikkinchi signalning komponentlari uchun niqoblovchi
bo‗ladi va aksincha. Natijada yechish darajasiga bo‗lgan talab pasayadi. Bunday
xollarda kam miqdorda aktiv kompensatsiyalashning kamroq miqdori talab
qilinadi va shunga mos holda balandligi katta bo‗lmagan signallarni yo‗nalish
bo‗yicha kamroq qayta taqsimlash kerak bo‗ladi.Аyrim hollarda dekoderlarni
«passiv» qilib kuchaytirishni boshqarishni umuman yo‗q qilish maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Masalan, yomg‗ir yoki shamol tovushlari tinglovchilar
tomonidan ongli ravishda emas, balki hissiyot orqali qabul qilinadi. Ular ma‘lum
bir manba bilan bog‗lanmaydi va barcha radiokarnaylar bilan bir vaqtda
eshittirilishi mumkin. Bunday hollarda tovushni fazoviy fokuslash, demak aktiv
dekodlash ham talab etilmaydi.
Signal balandligining yomon oqibatlaridan biri tovush panoramasida ishtirok
etuvchi barcha tovushlarning bir yo‗nalish bilan bog‗liqligidir. Аgar signal
passiv dekoder bilan qayta ishlansa, signalning bir qismi qo‗shni kanallarga oqib
o‗tishi natijasida yo‗nalishda hato sodir bo‗lishi mumkin. Tovush obrazi bitta
bo‗lgani sababli, signalda bu hatolarni niqoblaydigan boshqa tovushlar yo‗q.
Shunday qilib, agarda baland tovush obrazi-yagona tovush obrazi bo‗lsa, signal
quvvatlarini yo‗nalish bo‗yicha qayta taqsimlash sezilarli bo‗ladi. Аyni shunday
hollarda kompensatsiyalash texnikasini qo‗llab, signallarni boshqa kanallarga
o‗tishini kompensatsiyalash ancha oson. Boshqa yo‗nalishlardan signallar
bo‗lmagani uchun, ularning quvvatini modulyatsiyalash effekti ham yo‗q.
Boshqa bir holat: ikkita yoki undan ko‗p tovush obrazi turli yo‗nalishlarda bir
vaqtda qatnashayapti va tahminan bir xil quvvatga ega. Bunday hollarda
tinglovchining signal obrazlari yo‗nalishini aniqlash qobilyati o‗tmaslashadi,
shuning uchun kompensatsiya texnikasi ishlatilmaydi yoki to‗laqonli
ishlatilmaydi. Ikkala holat uchun samarali dekodlashni ta‘minlash uchun, Pro
Logic dekoderi avtomatik ravishda ikki dekodlash rejimi («tez» yoki «sekin»)
dan birini tanlaydi.
15
Baland tovushli obraz (signal) boshqalaridan quvvatliroq bo‗lganda, «tez»
rejimi qo‗llanadi. Аgarda shunday obrazlar turli yo‗nalishlarda turli vaqtlarda
izchil paydo bo‗lsa, dekoder bu yo‗nalishlarga ularni ketma-ket eshittirishi
lozim. Dekoder istalgan vaqtda bitta baland tovush manbaili chiqish
kuchayishini boshqarishi mumkin, ammo qandaydir vaqt davomida barcha
manbalar izchil ravishda alohida bo‗lib eshitiladi. Buning uchun dekoder
boshqaruv zanjirining kirish signallari o‗zgarishiga bo‗lgan reaktsiyasi minimal
bo‗lishi kerak. Dekoderning ikkinchi «sekin» rejimi signal obrazlarining quvvati
turlicha bo‗lganda ulanadi. Bu rejimda dekoder kirish signallari o‗zgarishini
katta kechikish bilan kuzatib boradi. Bunday sharoitlarda niqoblash past
darajada bo‗ladi, shuning uchun, agarda dekoder «tez» rejimida ishlashni davom
ettirsa,
tovush
balandligi
katta bo‗lmagan obrazlarning quvvatlari
modulyatsiyasi sezilarli bo‗ladi. Аniqlanishicha, har bir daqiqada faqat birgina
katta signal (obraz) mavjud bo‗lishi mumkin va unga birgina yo‗nalish mos
keladi. Fazoviy tovush tasviri qanday tezlikda o‗zgarishidan qat‘i nazar, dekoder
katta signalning o‗zgarish yo‗nalishi haqida doimo aniq ma‘lumot olib turishi
kerak. Dekoderning ortogonal o‗qlariga mos bo‗lgan ikki juft elektr signalini
tahlil etib (chap-o‗ng kanallar, markaziy kanal- Surround), har qanday fazoviy
yo‗nalishdagi signallarni aynan tenglashtirish mumkin. 6-rasmda koordinatalar
tizimi ko‗rsatilgan. «Chap-o‗ng kanal» o‗qiga X o‗qi to‗g‗ri keladi, «markaz-
Surround» o‗qiga Y o‗qi to‗g‗ri keladi. Аgarda o‗qlar bo‗yicha mos kanallardagi
bitta signalning amplituda nisbatlarini qo‗yib chiqsak, ikkita proektsiya bo‗yicha
ayni vaqtdagi baland signalli tovush obrazini to‗liq aniqlab bera oladigan
vektorni tuzish mumkin. Vektorning X o‗qiga nisbatan burchagi tovush
manbaiga bo‗lgan yo‗nalishni vektorning uzunligi esa tovush quvvatini
aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |