Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix21.12.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#77127
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnol

2.3. Dolby Digital ning imkoniyatlari. 
Dolby Digital EX. Dolby Digital EX faqat kinoteatrlar uchun ishlab 
chiqilgan bo‗lib, «6.1» sxemasi bo‗yicha tashkillashtirilgan 7 kanalli tizimdir. 
Dolby Digital EX da 3 ta Surround kanali bor-chap fazoviy LS, o‗ng fazoviy RC 
va markaziy fazoviy SS kanallari. SS kanalining akustik tizimlari kinozalning 
orqa devoriga, RC va LS tizimlari esa yon devorlariga o‗rnatiladi. Bayon etilgan 
Dolby Digital va Dolby Digital EX larda tovushning raqamli kompressiyasi 
qo‗llaniladi va u raqamli oqimning 320 kbits ga teng minimal zaruriy tezligini 
ta‘minlaydi. Bu aloqa kanallari yoki yozuv tashuvchilarning (tasmalarning) 
axborot sig‗imidan, ya‘ni kinoplyonkadagi magnit tasmasidagi bo‗sh joydan, 
efir yoki yo‗lakli kanal chastota polosalaridan samarali foydalanish imkonini 
beradi. Tezligining sekinligi tufayli Dolby Digital formati faqat bir marta 
kodlash-dekodlashga mo‗ljallangan. Undan tashqari АS-3 raqamli oqim vaqt 
bo‗yicha tasvirning kadr tuzilishiga bog‗liq emas, shuning uchun ovozli Dolby 
Digital da video materiallarni tahrir etish qiyin. Аmalda ko‗p marta kodlash-
dekodlashga to‗g‗ri keladi. Masalan, retranslyator stantsiyasiga sun‘iy yo‗ldoshli 
kanal orqali raqamli Surround tovushini olish, uni raqamli tashuvchida saqlash, 
tahrir etish, montaj qilish va keyin taqsimlovchi to‗rga retranslyatsiya etish (yoki 
tirajlash va tarqatish) zarur. Bunday masalalarni hal qilish uchun Dolby 
Loboratories Dolby E- professional raqamli formatni ishlab chiqdi. 


21
Dolby E. Dolby E raqamli oqim sakkiztagacha to‗la chastota polosali 
tovush kanallariga ega bo‗lishi mumkin. Siqilgan tovush ma‘lumotlaridan 
tashqari raqamli oqimga metama‘lumotlar, ya‘ni Dolby E dekoderi uchun 
instruktsiya kiritiladi. Masalan, maxsus instruktsiya dekoderda chiqish signali 
dinamik diapazonining u yoki bu cheklanishini o‗rnatishi mumkin. Dolby E 
signalini qabul qilish, qayta ishlash uchun qo‗llaniladigan uskunalarga qarab, 
metama‘lumotlar to‗laligicha, qisman ishlatilishi yoki umuman ishlatilmasligi 
mumkin. Dolby E oqimi ikki oqimga bo‗linadi va ular ikkita AES-3 standart 
liniyalari orqali uzatiladi yoki siqilmagan tovushning ikkita kanali o‗rniga 
raqamli magnitofonga yoziladi. Oqimning tuzilishi videokadr tuzilishiga mos
shuning uchun tovushli Dolby E materiallari audio va video sinxronligi 
buzilmasdan osongina montajlanadi va tahrirlanadi. Format 10 tagacha ketma-
ket kodlash va dekodlash imkoniyatini beradi.Dolby Surround va Dolby Digital 
sun‘iy yo‗ldoshli televidenieda.Аnalogli yo‗ldoshli televidenieda azaldan ikkita 
tovush kanali bor, shuning uchun Dolby Surround-yo‗ldoshli dasturlar uchun 
oddiy bir hol. Raqamli yo‗ldoshli televidenieda birmuncha murakkabroq. Har 
qanday raqamli yo‗ldoshli resiver CD sifatli stereofonik tovushni nazarda tutadi, 
demak tovushli dasturlarni qabul etishda analogli tizimda kodlangan Dolby 
Surround dan foydalanish mumkin. Birinchi informatsion tovushni siqish DVB 
isoIec-11172-3, standartlaridan shu kungacha foydalanib kelinadi. DVB ETSI 
ning TR-101-154 tasniflari DVB hizmat jadvallarida Dolby Surround 


22
signallarini nazarda tutadi. Tavsiyalarga binoan DVB ning raqamli resiveri ana 
shu signallarni tahlil etadi va tovush kodlangan bo‗lsa, unga mos axborotni 
ekranga chiqaradi. To‗rtta kanalli eshittirish uchun tashqi analogli dekoder kerak 
bo‗ladi. Shunday qilib, foydalanuvchi Surround da va raqamli yo‗ldoshli 
dasturlarda ham, MPEG-2DVB ning qo‗shimcha resiverlaridan foydalanib, 
tovushni eshitishi mumkin, masalan, Dolby Pro Logic resiveri bilan. 
Birinchidan, bu foydalanuvchiga uncha qulay emas. Ikkinchidan, bunga 
unchalik hojat ham yo‗q: DVB yo‗ldoshli raqamli tovush kanallarining o‗tkazish 
qobiliyati tovush kanallari sonini cheklamaydi, ular hohlagancha ko‗p. 
Haqiqatan ham analogli usul bilan 4 tovush kanalini 2 tagacha siqib, keyin 
ularni raqamli oqimda uzatish noqulay. Buning uchun 4 ta kanalni vaqt bo‗yicha 
multipleksorlash kifoya. Аmmo shu kungacha raqamli televidenieda Surround 
tovushi uchun yagona standart yo‗q. Digi Cipher-II yo‗ldoshli televidenie tizimi 
va efirli raqamli ATSC televideniesi azaldan Dolby Digital ni (Dolby Digital 
АS-3 raqamli oqimi) dekodlashni nazarda tutadi, ya‘ni, agarda qabul qilgich 
mos holdagi dekoder bilan jihozlangan bo‗lsa, Surround «5.1» tovushni uzata 
oladi. Biroq Dolby Digital Shimoliy Аmerika (А+Sh, Kanada), Janubiy Koreya 
va Аvstraliya mamlakatlari raqamli televideniesining rasmiy tovush standarti 
hisoblanadi. Evropa va Osiyoda DVB universal standart qabul qilingan bo‗lib, 
bunda MPEG raqamli axborot siqish texnologiyasidan foydalaniladi. Faqat 
yaqindagina ISOIEC 11173-3 hujjatiga qo‗shimcha o‗laroq yangi ISOIEC 
13818-3 hujjat qabul qilindi va unda Surround tovushi uchun DVB-MPEG-2-5-
1 raqamli televidenie tizimlarida siqish algoritmining tavsifi berildi. Bu 
texnologiya o‗zining imkoniyatlariga ko‗ra Dolby Digital ga o‗xshash bo‗lib, 
unda ham 5 ta tovush kanali va 1 ta cheklangan chastotali polosa kanali bor. 
1999 yili Dolby Loboratories va Lucasfilm THX o‗z kuchlarini birlashtirib, 5.1 
formatdagi tovush tizimini takomillashtirdilar va u THX nomini oldi. THX 
an‘anaviy 5.1 formatdan farqli ravishda, yana bitta qo‗shimcha orqa kanalga 
ega. Shuni aytish lozimki, orqadagi uchinchi radiokarnay tinglovchining 
orqasida chap va o‗ng kanal tovushlarini kuchaytirish maqsadida o‗rnatilgan. 
Bu, o‗z navbatida, tovush lentalarini aniqroq belgilash va real tovush 
panoramasini paydo etish (mavhum lentaning siljishi hisobiga) imkonini beradi. 
Masalan, orqada ikkita radiokarnay o‗rnatilganda, tinglovchiga tepasidan uchib 
o‗tayotgan samolyotning shovqini go‗yoki zalning yon devorlari bo‗ylab 
eshitilayotgandek tuyuladi, uchinchi radiokarnay bo‗lganda, esa samolyot 
shundoqqina tepasidan uchib o‗tgandek tuyuladi. THX Surround EX. Аgarda 
DVD 5.1 kanalini yozish imkoniyati bo‗lgan tasma bo‗lsa, THX Surround EX 
fonogrammasini Dolby Digital ning oddiy tovush yo‗lakchasida joylashtirish 
mumkin, chunki EX tizimidagi orqa kanalning uchinchi signali matritsa shaklida 


23
kodlanadi va chap-o‗ng kanallar o‗rtasida taqsimlanadi. Uchinchi orqa kanal 
signali chap va o‗ng kanallar signali bilan kodlanadi, keyinchalik «uy 
kinoteatrida» ajratilib eshittiriladi. Umuman ikkala usul bilan, ya‘ni markaziy 
kanal signalini Dolby Surround da va markaziy kanal atrofi signalini Surround 
EX 
da 
kodlash 
usullari 
va 
dekodlash 
bir 
xil. 
THX Select va THX Ultra. THX tizimini unchalik qimmat bo‗lmagan 
apparaturalarda qo‗llash maqsadida, Lucasfilm kompaniyasi «uy kinoteatr»lari 
uchun ikki turdagi uskunalarni ishlab chiqardi: THX Select va THX Ultra. THX 
Ultra apparaturasi avvalgi THX apparaturasiga o‗xshash. THX Select 
apparaturasi unchalik katta bo‗lmagan talablarga javob beradi va katta 
bo‗lmagan xonalarda, kuchaytirgich va akustik tizimlarga talab katta 
bo‗lmaganda qo‗llanilishi mumkin.
Ko‗p kanalli formatlarni ishlab chiqarishda Dolby Loboratories firmasiga 
Digital Theater Systems (kinoteatrlarga raqamli tizimlar ishlab chiqarish) 
kompaniyasi raqobat ko‗rsata boshladi va bu kompaniya o‗zining ko‗p kanalli 
tovush yo‗lakchalarini ishlab chiqdi. DTS ham Dolby Digital kabi 5.1 tizimi 
bo‗lib signalning kamroq kompressiyasi bilan (4:1, 11:1 nisbatan) farqlanadi. 
Kinohavaskorlar ikki kompaniya o‗rtasidagi raqobat shohidi bo‗lib turibdilar. 
Hozirchalik kim g‗olib chiqadi noma‘lum, ammo ko‗pchilik havaskorlar DVD 
da yozilgan musiqa dasturlarini DTS tizimida eshittirilishini mamnuniyat bilan 
ta‘kidlamoqdalar. Dolby Digital tizimidagidek, DTS ham uy sharoitida atrofdagi 
5.1 kanalli tovushni qabul qiladi. (DTS yana 7.1 kanallar sxemasida ham 
ishlaydi, ya‘ni Dolby Digital dan farqli ravishda orqada ikkita qo‗shimcha 
akustik tizimdan foydalana oladi). DTS formatida raqamli oqim tezligi 1536000 
bit/s ni tashkil etadi, bu yuqori sifatli 6-tovush kanalini ta‘minlaydi. DTS ES – 
qo‗shimcha markaziy orqa kanal formati, DTS ning potentsial imkoniyatlari 
tufayli matritsali bo‗lishi mumkin. DTS EC Matrix 6.1markaziy orqa kanal 
matritsa usuli bilan ikkita orqa kanalga kodlanadi va eshittirish hamda mustaqil 
axborot tashuvchi kanal bilan tiklanadi.DTS EC Discrete 6.1-o‗zining katta 
chastotalar diapazonini markaziy mustaqil orqa kanal tashkil qilish uchun 
ishlatadi. 
DTS NEO 6- Dolby Pro Logic II ga o‗ziga xos «javob», undan farqi 5.1 
formatda yozilgan materiallardan qo‗shimcha markaziy orqa kanalni ajratib 
beraolishi bilan ajralib turadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin