Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix21.12.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#77127
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnol

 
 


6
I BO’LIM 
1.1 Ko‘p kanalli tovush tizimlari 
Stereofonik eshittirishlar tizimi maishiy xizmat va tovush texnikasi, 
televidenie eshittirishlarida keng qo‗llaniladi. Kinematografiyadagi ko‗pkanalli 
tovush eshittirish tizimlari rivojlanishini alohida ko‗rib chiqamiz. Bunday 
tovush yo‗lakchali kinoplyonkalar kinomatografiyada 30-yillardayoq mavjud 
bo‗lib, plyonkada monofoniktovushlarn iuzatishga mo‗ljallangan bitta yo‗lakcha 
mavjud edi. Stereofonik plyonkalarni monofonik proektorlar bilan moslashtirish 
uchun, ilgari bitta monofonik yo‗lakcha joylashgan hajmda, tovush signalini 
Dolby А protsessori bilan qayta ishlansa, endi ikkita stereofonik yo‗lakcha 
joylashtirilishi kerak edi. Аmmo bu yo‗lakchada ikkitadan ortiq tovush 
yo‗lakchasi joylashtirish mumkin emas edi:, hatto tovush so‗ndiruvchi Dolby 
tizimini qo‗llaganda ham, shovqin sathi belgilanganidan ancha oshib 
ketardi.Аmmo kinozallar ekrani 80-yillarga kelib, juda kattalashib ketdi. Endi 
an‘anaviy chap va o‗ng akustik tizimlardan tashqari yana kinozal markazidan 
chetda o‗tirgan tomoshabinlar uchun, hajmiy eshittirishni ta‘minlash maqsadida, 
markaziy tizim o‗rnatilishi zarurati tug‗ildi. Undan tashqari kinoindustriyada 
«Stereo» va «Surround» terminlari boshidanoq sinonim edi. Demak, kinozal 
uchun stereotovushni ta‘minlash uchun to‗rtinchi kanal- Surround zarur edi. 
Shunday qilib, to‗rt kanalli ananaviy hajmiy tovush sxemasi shakllandi: chap 
(Left, L), o‗ng (Right, R), markaziy (Center, C) va fazoviy (Surround, S). 
Loyihani ishlab chiquvchi mutaxassislar ixtiyorida ikkita jismoniy kanal bo‗lib, 
ular orqali to‗rtta signalni uzatish zarur edi. 
1.2. Dolby Surround texnologiyasi 
 
Shunday 
qilib, Dolby Surround texnologiyasi paydo bo‗ldi. 
Bugungi kunda Dolby Stereo Optical formati to‗la ekranli kino uchun fazoviy 
tovush standarti hisoblanadi. Hatto Dolby Dugital raqamli format paydo bo‗lgan 
bo‗lsa ham, kinoplenkalarda barcha proektorlar bilan moslashuvni ta‘minlash 
uchun ikkita optik yo‗lakcha Dolby Surround qolgan. Dastlab, oddiy dekoderlar 
Dolby Surround paydo bo‗ldi, ular uy sharoitida uchinchi fazoviy kanal – 
Surround kanalini ajratib eshitish imkonini berdi, keyinchalik markaziy kanalni 
ham ajratadigan Dolby Surround Pro Logic dekoderi paydo bo‗ldi. Natijada 


7
yuqori sifatli tasvir va tovushni eshittirish uchun Dolby Pro Log Surround 
Sound dekoderli «uy kinoteatri» apparatura majmuasi paydo bo‗ldi. 
Kvadro apparaturasidan farqli o‗laroq Dolby Surround ommaviy ravishda 
ishlab chiqarilmoqda va takomillashmoqda.Birinchidan, Dolby Pro Logic 
texnologiyasi o‗zida fazoviy kanallar optimal konfiguratsiyasini (L, R, C, S) 
amaldagi maishiy apparaturalarning yozish va uzatish imkoniyatlarini o‗zida 
birlashtiradi.Ikkinchidan, Dolby Pro Logic apparaturasining imkoniyatlari va 
sifati zamonaviy iste‘molchi talabini qondiradi. Uchinchidan, bitta tashkilot 
Dolby Loboratories tomonidan ishlab chiqilgan va qo‗llab-quvvatlangan dastur 
ta‘minoti va apparatura uchun yagona standartdan foydalanilgan. 
Bugungi kunda Dolby Surround da televideniye badiiy filmlarining ovoz 
eshittirishlari kodlanibgina qolmay, musiqa, sport eshittirishlari, hatto 
yangiliklar ham kodlanadi. Dolby Surround video bilan bog‗liq bo‗lmagan 
sohalarda ham qo‗llaniladi-masalan, tovush yozuvchi kompaniyalar Dolby 
yozilgan CD va audio musiqa yozuvlarini jahon bozoriga chiqardilar. Ko‗pchilik 
loyihachilar tomonidan Dolby Surround video o‗yinlarga, multimediyaga 
muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Shunday qilib, Surround Sound fazoviy tovush 
tizimi faqatgina kinoteatrlardagina an‘anaviy bo‗libgina qolmay, uydagi audio-
videoapparaturalarda va hatto kompyuterlarda ham keng qo‗llanilmoqda. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin