21
Dolby E. Dolby E raqamli oqim sakkiztagacha to‗la
chastota polosali
tovush kanallariga ega bo‗lishi mumkin. Siqilgan tovush ma‘lumotlaridan
tashqari raqamli oqimga metama‘lumotlar, ya‘ni Dolby E dekoderi uchun
instruktsiya kiritiladi. Masalan, maxsus instruktsiya dekoderda chiqish signali
dinamik diapazonining u yoki bu cheklanishini o‗rnatishi mumkin. Dolby E
signalini qabul qilish, qayta ishlash uchun qo‗llaniladigan uskunalarga qarab,
metama‘lumotlar to‗laligicha, qisman ishlatilishi yoki umuman ishlatilmasligi
mumkin. Dolby E oqimi ikki oqimga bo‗linadi va ular ikkita AES-3 standart
liniyalari orqali uzatiladi yoki siqilmagan tovushning ikkita kanali o‗rniga
raqamli magnitofonga yoziladi. Oqimning tuzilishi
videokadr tuzilishiga mos,
shuning uchun tovushli Dolby E materiallari audio va video sinxronligi
buzilmasdan osongina montajlanadi va tahrirlanadi. Format 10 tagacha ketma-
ket kodlash va dekodlash imkoniyatini beradi.Dolby Surround va Dolby Digital
sun‘iy yo‗ldoshli televidenieda.Аnalogli yo‗ldoshli televidenieda azaldan ikkita
tovush kanali bor, shuning uchun Dolby Surround-yo‗ldoshli dasturlar uchun
oddiy bir hol. Raqamli yo‗ldoshli televidenieda birmuncha murakkabroq. Har
qanday raqamli yo‗ldoshli resiver CD sifatli stereofonik tovushni nazarda tutadi,
demak tovushli dasturlarni qabul etishda analogli tizimda kodlangan Dolby
Surround dan foydalanish mumkin. Birinchi informatsion tovushni siqish DVB
isoIec-11172-3, standartlaridan shu kungacha foydalanib kelinadi. DVB ETSI
ning TR-101-154 tasniflari DVB hizmat jadvallarida Dolby Surround
22
signallarini nazarda tutadi. Tavsiyalarga binoan DVB ning raqamli
resiveri ana
shu signallarni tahlil etadi va tovush kodlangan bo‗lsa, unga mos axborotni
ekranga chiqaradi. To‗rtta kanalli eshittirish uchun tashqi analogli dekoder kerak
bo‗ladi. Shunday qilib, foydalanuvchi Surround da va raqamli yo‗ldoshli
dasturlarda ham, MPEG-2DVB ning qo‗shimcha resiverlaridan foydalanib,
tovushni eshitishi mumkin, masalan, Dolby Pro Logic resiveri bilan.
Birinchidan, bu foydalanuvchiga uncha qulay emas. Ikkinchidan, bunga
unchalik hojat ham yo‗q: DVB yo‗ldoshli raqamli tovush kanallarining o‗tkazish
qobiliyati tovush kanallari sonini cheklamaydi, ular hohlagancha ko‗p.
Haqiqatan ham analogli usul bilan 4 tovush kanalini 2
tagacha siqib, keyin
ularni raqamli oqimda uzatish noqulay. Buning uchun 4 ta kanalni vaqt bo‗yicha
multipleksorlash kifoya. Аmmo shu kungacha raqamli televidenieda Surround
tovushi uchun yagona standart yo‗q. Digi Cipher-II yo‗ldoshli televidenie tizimi
va efirli raqamli ATSC televideniesi azaldan Dolby Digital ni (Dolby Digital
АS-3 raqamli oqimi) dekodlashni nazarda tutadi, ya‘ni, agarda qabul qilgich
mos holdagi dekoder bilan jihozlangan bo‗lsa, Surround «5.1» tovushni uzata
oladi. Biroq Dolby Digital Shimoliy Аmerika (А+Sh, Kanada), Janubiy Koreya
va Аvstraliya mamlakatlari raqamli televideniesining rasmiy tovush standarti
hisoblanadi. Evropa va Osiyoda DVB universal standart qabul qilingan bo‗lib,
bunda MPEG raqamli axborot siqish texnologiyasidan foydalaniladi.
Faqat
yaqindagina ISOIEC 11173-3 hujjatiga qo‗shimcha o‗laroq yangi ISOIEC
13818-3 hujjat qabul qilindi va unda Surround tovushi uchun DVB-MPEG-2-5-
1 raqamli televidenie tizimlarida siqish algoritmining tavsifi berildi. Bu
texnologiya o‗zining imkoniyatlariga ko‗ra Dolby Digital ga o‗xshash bo‗lib,
unda ham 5 ta tovush kanali va 1 ta cheklangan chastotali polosa kanali bor.
1999 yili Dolby Loboratories va Lucasfilm THX o‗z kuchlarini birlashtirib, 5.1
formatdagi tovush tizimini takomillashtirdilar va u THX nomini oldi. THX
an‘anaviy 5.1 formatdan farqli ravishda, yana bitta qo‗shimcha orqa kanalga
ega. Shuni aytish lozimki, orqadagi uchinchi radiokarnay tinglovchining
orqasida chap va o‗ng kanal tovushlarini kuchaytirish maqsadida o‗rnatilgan.
Bu, o‗z navbatida, tovush lentalarini aniqroq belgilash va real tovush
panoramasini paydo etish (mavhum lentaning siljishi hisobiga) imkonini beradi.
Masalan, orqada ikkita radiokarnay o‗rnatilganda, tinglovchiga tepasidan uchib
o‗tayotgan samolyotning shovqini go‗yoki zalning yon devorlari bo‗ylab
eshitilayotgandek
tuyuladi, uchinchi radiokarnay bo‗lganda, esa samolyot
shundoqqina tepasidan uchib o‗tgandek tuyuladi. THX Surround EX. Аgarda
DVD 5.1 kanalini yozish imkoniyati bo‗lgan tasma bo‗lsa, THX Surround EX
fonogrammasini Dolby Digital ning oddiy tovush yo‗lakchasida joylashtirish
mumkin, chunki EX tizimidagi orqa kanalning uchinchi signali matritsa shaklida
23
kodlanadi va chap-o‗ng kanallar o‗rtasida taqsimlanadi. Uchinchi orqa kanal
signali chap va o‗ng kanallar signali bilan kodlanadi, keyinchalik «uy
kinoteatrida» ajratilib eshittiriladi. Umuman ikkala usul bilan, ya‘ni
markaziy
kanal signalini Dolby Surround da va markaziy kanal atrofi signalini Surround
EX
da
kodlash
usullari
va
dekodlash
bir
xil.
THX Select va THX Ultra. THX tizimini unchalik qimmat bo‗lmagan
apparaturalarda qo‗llash maqsadida, Lucasfilm kompaniyasi «uy kinoteatr»lari
uchun ikki turdagi uskunalarni ishlab chiqardi: THX Select va THX Ultra. THX
Ultra apparaturasi avvalgi THX apparaturasiga o‗xshash. THX Select
apparaturasi unchalik katta bo‗lmagan talablarga javob beradi va
katta
bo‗lmagan xonalarda, kuchaytirgich va akustik tizimlarga talab katta
bo‗lmaganda qo‗llanilishi mumkin.
Ko‗p kanalli formatlarni ishlab chiqarishda Dolby Loboratories firmasiga
Digital Theater Systems (kinoteatrlarga raqamli tizimlar ishlab chiqarish)
kompaniyasi raqobat ko‗rsata boshladi va bu kompaniya o‗zining ko‗p
kanalli
tovush yo‗lakchalarini ishlab chiqdi. DTS ham Dolby Digital kabi 5.1 tizimi
bo‗lib signalning kamroq kompressiyasi bilan (4:1, 11:1 nisbatan) farqlanadi.
Kinohavaskorlar ikki kompaniya o‗rtasidagi raqobat shohidi bo‗lib turibdilar.
Hozirchalik kim g‗olib chiqadi noma‘lum, ammo ko‗pchilik havaskorlar DVD
da yozilgan musiqa dasturlarini DTS tizimida eshittirilishini mamnuniyat bilan
ta‘kidlamoqdalar. Dolby Digital tizimidagidek, DTS ham uy sharoitida atrofdagi
5.1 kanalli tovushni qabul qiladi. (DTS yana 7.1 kanallar sxemasida ham
ishlaydi, ya‘ni Dolby Digital dan farqli ravishda orqada ikkita qo‗shimcha
akustik tizimdan foydalana oladi). DTS formatida raqamli oqim tezligi 1536000
bit/s ni tashkil etadi, bu yuqori sifatli 6-tovush kanalini ta‘minlaydi. DTS ES –
qo‗shimcha markaziy orqa kanal formati, DTS ning potentsial imkoniyatlari
tufayli matritsali bo‗lishi mumkin. DTS EC Matrix 6.1markaziy orqa kanal
matritsa usuli bilan ikkita orqa kanalga kodlanadi va eshittirish hamda mustaqil
axborot tashuvchi kanal bilan tiklanadi.DTS EC Discrete 6.1-o‗zining katta
chastotalar diapazonini markaziy mustaqil orqa kanal tashkil qilish uchun
ishlatadi.
DTS NEO 6- Dolby Pro Logic II ga o‗ziga xos «javob», undan farqi 5.1
formatda yozilgan materiallardan qo‗shimcha markaziy orqa kanalni ajratib
beraolishi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: