2.2. Dolby Surround Pro Logic II dekoderi.
Pro Logic II aktiv dekoder bo‗lib, Dolby Surround ning keyingi avlodidir.
Bunda ham fazoviy fokuslashdan foydalaniladi, ammo printsipial boshqacha
16
usullarda qo‗llanadi. Yangi dekoder anchagina sodda va samaraliroqdir.
Yana bir marta eslaymiz: dekoderlarning vazifasi L va R kanal signallarining
tovush manbalari qaerda bo‗lishidan qat‘iy nazar S kanaliga o‗tishiga yo‗l
qo‗ymaslik. Masalan, eshittirish ishtirokchilarining suhbati R va S kanallarining
mikrofonlari o‗rtasida olib borilayotgan bo‗lsa (markazdan o‗ngda), unda S va R
kanallaridagi signal sathlari bir xil bo‗ladi. Bu holda signalning bir qismi passiv
dekoderning S chiqishiga o‗tadi, chunki signal sathi L kanalida R kanalidagidan
pastroq va signallar ayirmasi nolga teng bo‗lmaydi. Surround dekoderi kirishida
L va R signallarini butunlay kompensatsiyalash uchun, ularni jamlagichga
(summatorga) uzatishdan oldin sathlarini tenglashtirish zarur. Buning uchun Lt
va Rt kanallari kirishi va jamlagichning kirishi oralarida ikkita boshqariluvchi
kuchaytirgichlar
(BK)
o‗rnatiladi.
Ikkala
kanaldagi
boshqariluvchi
kuchaytirgichlarning kuchayishi turli qutbli bitta boshqaruvchi signal bilan
boshqariladi. Аgarda bitta BK ning kuchayishi oshsa, ikkinchisiniki kamayadi.
Аgarda shunday boshqarish aniq va signalning o‗zgarishiga sinxron ravishda
olib borilsa, S kanalidagi Lt va Rt kanallarining ayirma signallarini to‗la
bostirish mumkin. Kirish signallarini avtomatik ravishda kuzatish uchun,
maxsus manfiy teskari aloqa zanjiri qo‗llaniladi. Ikkala boshqariluvchi
kuchaytirgichning chiqish signallari tovush signallari aylanmasini ajratuvchi
amplituda detektoriga keladi. L va R kanal signallari amplitudalariga
proportsional bo‗lgan o‗zgarmas tok signallari differentsial kuchaytirgichda
solishtiriladi.
Kuchaytirgich
chiqishidagi
ayirma
signal
amplitudasiga
proportsional bo‗lgan signaldan boshqariluvchi kuchaytirgichni boshqarish
uchun foydalaniladi. 21-rasmda dekoderning faqat bitta o‗qi («chap-o‗ng» o‗qi)
ko‗rsatilgan. Huddi shunday boshqariluvchi zanjirli BK ning ikkinchi jufti L+R
yig‗indi (frontal) va L-R ayirma (orqa tomon) signal sathlarini R va L («markaz-
Surround» o‗qi) kanalidagi S va S signallarini bostirish uchun tenglashtiradi.
Markaziy S kanali signali boshqariluvchi kuchaytirgichlar bilan sathlari
tenglashtirilgan ikkita kanal Lt va Rt sathlarining qo‗shilishi (ayirish o‗rniga)
natijasida olinadi. Teskari aloqali boshqaruvchi zanjirlarning qo‗llanilishi tufayli
Pro Logic II dekoderi qator afzalliklarga ega bo‗ldi. Hususan, bunda sodda va
arzon apparat uskunalari yordamida chiqish matritsasidagi teskari fazali
signallarni samarali kompensatsiyalashga va natijada turli o‗qdagi kanallar
orasida
yuqori
darajali
yechimga
erishiladi.
Pro Logic dekoderida ikkala o‗q bitta «tezsekin» uzib-ulagichi bilan nazorat
etiladi. Hatto bitta o‗q bo‗yicha sezilarli darajada signal oshsa, uzib-ulagich
zanjiri ikkala o‗qni «tez» rejimiga o‗tkazib, boshqariluvchi kuchaytirgich
zanjirining vaqti doimiyligini majburan o‗zgartiradi. Faqat ikkala o‗qda signallar
amplitudasi tahminan bir xil bo‗lishi sharti bilan ikkalasi ham «sekin» rejimiga
17
o‗tadi. Pro Logic II dekoderida ikkala o‗q bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda
mustaqil faoliyat ko‗rsatadi, shuning uchun boshqariluvchi kuchaytirgichlarning
kuchayishi qanchalik tez o‗zgarishi kerakligini boshqaruvchi zanjirlarning
«o‗zlari» signallarni tahlil etib hal etadi. Undan tashqari Pro Logic II
dekoderlarida boshqaruvchi zanjirning vaqt doimiyligi uzluksiz o‗zgarib turadi,
Pro Logic dekoderida esa ikki qat‘iy belgilangan qiymat ko‗zlangan edi.
Pro Logic II universal dekoderi faqat filmlar uchungina emas, balki Dolby
Surround da boshqa tovush yozishlarda ham ishlatiladi. U maishiy
apparaturalariga ham juda qo‗l keladi. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida,
Movie rejimidan tashqari, Music rejimi kiritilgan. 2 jadvalda Pro Logic II va Pro
Logic ni taqqoslovchi tavsiflari keltirilgan
Ma‘lumki, film tasmalaridagi tovush tavsifi musiqali yozuvlardan farq qiladi.
Аsosiy farqi shundaki, film tasmalaridagi yozuv kalibrlangan Dolby
apparaturasida yoziladi, shuning uchun kalibrlangan dekoder orqali eshitganda,
uning aniqligi kafolatlanadi. Musiqa yozuvida Dolby Surround apparaturasi
qo‗llanilmaydi, shuning uchun yozilgan musiqa asari dekoder orqali qanday
eshittirilishini oldindan bilish qiyin. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida
Movie rejimi belgilab qo‗yilgan parametrlarga ega, Music rejimi esa, aksincha,
foydalanuvchining bir necha bor sozlashini talab qiladi. Bunday sozlashlar Pro
Logic II dekoderli har qanday apparaturada qo‗llanilishi mumkin, ayniqsa, ular
avtomobil akustikasida juda qo‗l keladi, chunki bunda akustik tizim
mahkamlangan bo‗lib, «asosiy» tinglovchining holati (joyi) esa o‗zgarib turishi
mumkin. Chuqurligini boshqarish. Pro Logic II tinglovchining holatini
signalning old-orqa tomon yo‗nalishlariga virtual ko‗chirish imkonini beradi.
Bunday sozlash yordamida har bir musiqa yozuvi uchun frontal va Surround
kanallari o‗rtasida optimal balans bo‗lishiga erishish mumkin. Stereobaza
18
kengligi va markaz holatini boshqarish. Pro Logic II ning dekoder sozlash tizimi
bilan signalni shunday shakllantirishi mumkinki, tovush obrazini markaziy
holatiga talluqli bo‗lgan signal faqat markaziy kanal akustik tizimi orqali, faqat
chap yoki o‗ng kanallar (markaziy virtual kanal) orqali yoki uchchala kanallar
tizimida sathlarning istalgan kombinatsiyasida eshittirilishi mumkin. Shunday
qilib, tinglovchi masalan, avtomobil haydovchisi yoki passajir, optimal eshitish
uchun uchchala frontal kanal balansini o‗zgartirishi mumkin. Uy sharoitida
shunday usul bilan stereobaza kengligini-frontal kanallar akustik tizimlari
oralig‗idagi masofani, tizimlarning o‗zini qo‗zg‗otmasdan turib, o‗zgartirishi
mumkin. Panoramalar rejimi. Bu rejimda, tovush bir vaqtda barcha tomondan
eshitilayotgandek, tuyuladi. Bunday effekt Surround tizimida xonaning barcha
devorlaridan qaytgan akustik energiyadan foydalanish hisobiga erishiladi.
Surround kanalidagi Music rejimida pog‗onali yuqori chastotalar filtri
qo‗llanilgan. U real va aniqroq tovush eshittirishni ta‘minlab beradi.
Devorlardan ko‗p marotaba qaytishlar va intererlardagi so‗nishlar hisobiga
bo‗ladigan
buzilishlarni
yuqori
chastotali
filtrlar
yo‗qotadi.
Music rejimida Surround kanalining vaqtda kechiktirilishi kerak emas, chunki
tovush eshittirishlari tinglovchilarga aksariyat frontal yo‗nalishlarda eshitilishi
shart emas. Nihoyat Music rejimida avtomatik balans rejimi o‗chiriladi, chunki
musiqachilar va ijrochilar ayrim hollarda kanallarga atayin disbalans kiritadilar.
Dolby Digital, Dolby Digital EX va Dolby E raqamli tizimlari. 1980 yillarning
oxirlarida kinoga bo‗lgan qiziqishning o‗sishi natijasida Dolby Loboratories 35
mm.liFalseelluloidli ko‗p kanalli tovush yozish va eshittirishning tasma uchun
raqamli texnologiyasini ishlab chiqdi.
Dolby Digital. Bir necha analogli tovush signallari raqamli oqimga o‗zgartirilib,
keyinchalik Dolby АS-3 algoritmi bo‗yicha siqiladi. Bu vaqtga kelib mavjud
proektorlarning asosiy qismi ikki kanalli stereo yoki Dolby Pro Logic analogli
tizimidan foydalanilar edi, shunday ekan, unda tasmadagi ikkita analogli optik
yo‗lakchalarni saqlab qolish kerak edi. Raqamli axborot tasmaning perforatsiya
darchalari orasidagi «ishchi bo‗lmagan» qismiga joylashtirilgan. Tizim 6 ta
tovush kanalidan foydalangan, shuning uchun «Dolby Digital 5.1» nomini
olgan.
19
Butizimchap (L), o‗ng (R), markaziy (S), o‗ngfazoviy (RS), chapfazoviy
(LS)
kabivaqo‗shimchachastotalarpolosasicheklanganoltinchikanaldaishlaydi.
Bu kanal past chastotali tovushlar effekti kanali (Low Freguency Effects, LFE)
nomini olgan. LFE kanalining (Subwoofer nomi bilan ham ataladi) akustik
tizimi kinozali ekrani oldida, L va S kanallari o‗rtasida joylashtiriladi. LFE
kanali uchun 5 asosiy kanaldagidan tahminan 10 barobar kam chastotalar
polosasi talab etilgan. Oltinchi kanalning belgilanishi ham shundan: «.1»
(o‗ndan biri). Dolby Digital ning kinoteatrlarda birinchi kommertsiyali
foydalanilishi 1992 yilga to‗g‗ri keladi va bugungi kunda bu formatdan nafaqat
kinoda, balki raqamli televidenie eshittirishlarida (sun‘iy yo‗ldoshli, kabelli),
DVD da va ko‗pgina multimediali ilovalarda foydalaniladi. Dolby Digital ning
paydo bo‗lishi kinozal va «uy kinoteatri» imkoniyatlarini tenglashtirib yubordi.
Dolby Digital yordamida haqiqiy kinoteatrda bo‗lganidek, «uy kinoteatr»larida
yuqorida ko‗rsatilgan oltita (L, C, R, LS, RC va LFE) kanaldan signal uzatish
amalga oshiriladi. Yuqori darajali dekoderlarda Dolby Digital ning
imkoniyatlari to‗la ishga tushirilgan: dekoderning chiqishida «5» yoki «5.1»
sxemasi bo‗yicha oltita tovush kanali L, C, R, LS, RC, (LFE-agarda Subwoofer-
tizim bo‗lsa). Darajasi bir pog‗ona past dekoderlar Dolby АS-3 raqamli oqimdan
Dolby Pro Logic da ikkita Lt va Rt analogli kanallarni shakllantiradi, ulardan
esa Pro Logic dekoderi 4 ta Dolby Surround – L, C, R, S kanallarini ajratadi.
Oddiyroq dekoderlar chiqishda an‘anaviy ikki kanalli stereo-R va L kanallariga
ega. Nihoyat, eng sodda dekoderning chiqishida bitta monofonik kanal mavjud.
Yuqori darajali dekoderlar past darajali dekoderlar ishlagan rejimda ishlay
oladilar, albatta. Bir tomondan bu iste‘molchiga o‗z moddiy imkoniyatlari va
talablariga qarab apparaturani tanlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan
iste‘molchi murakkab dekoderli apparatura sotib olib, sekin-asta o‗zining audio-
video apparatura kompleksi imkoniyatlarini monofonik tovushdan, to «uy
kinoteatri» «5.1» darajasigacha yetkazishi mumkin. Dolby Digital
texnologiyasining boshqa bir afzalligi uning ko‗lamliligidir. Bitta texnologiya
20
doirasida bir qator apparatura va dasturiy jihatdan moslashtiriladigan
dekoderlarni ishlab chiqarish mumkin
Dostları ilə paylaş: |