Toshkent axborot texnologiyalari universiteti radiotexnika, radioaloqa va telyeradioeshittirish fakulteti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#186776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanika 1-qism Масала

1-masala.
Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakat qonuni x=A+Bt+Ct2 ko‘rinishga ega, bu yerda, A=4m, В=2m/s, С= -0.5 m/s2. Vaqtning t1 = 2s momenti uchun oniy tezligi υ1 va oniy tezlanish 1 topilsin.
Yechish.
a) Harakat qonunini bilgan holda, koordinata x ning vaqt bo‘yicha differensiallab vaqtni istalgan momenti uchun oniy tezligini aniqlash mumkin:
.
Bu holda vaqtning berilgan momenti t1 da oniy tezlik quyidagicha aniqlanadi:
.
Bu ifodaga B, S, t1 larni qo‘yib hisoblab topamiz:
m/s.
Manfiy ishora vaqtning t1=2 momentida nuqta x o‘qini manfiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayo‘tganini ko‘rsatadi.
b) Vaqtning istalgan momentidagi oniy tezlanishni x koordinatadan vaqt bo‘yicha ikkinchi tartibli hosila olib topish mumkin:
.
Vaqtning t1 momentidagi oniy tezlanish

ga teng. Bu ifodaga C va t1 larni qiymatlarini qo‘yib hisoblaymiz:
m/s2.
Manfiy ishora tezlanish vektorini yo‘nalishi koordinata o‘qining manfiy yonalishi bilan mos kelishini ko‘rsatadi.
2-masala.
Liftda, prujinali tarozida m=10 kg massali jism joylashgan. Lift m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar liftning tezlanishi vertikal yuqori tomon yo‘nalgan bo‘lsa, tarozini ko‘rsatishini aniqlang.
Yechish.
Tarozini ko‘rsatishini topmoq – bu jism og‘irligi ni topish demakdir, ya’ni jismni prujinaga ta’sir etuvchi kuchini aniqlash kerak (1-rasm). Lekin bu kuch Nyutonning uchinchi qonuniga binoan elastiklik kuchi (tayanchni reaksiya kuchi) ga absolut qiymati jihatidan teng va unga qarama-qarshi yo‘nalgan, yani G= -N yoki G = N. Demak, tarozini ko‘rsatishni aniqlash masalasi bu tayanch reaksiyasi kuchi N ni aniqlash demakdir.
J
ismga ikkita kuch ta’sir etadi: og‘irlik kuchi va tayanchining reaksiya kuchi . Nyutonning ikkinchi qonuni tenglamasi quyidagicha yoziladi:
.
x o‘qini vertikal yo‘naltirib, unga jismga ta’sir etayotgan hamma kuchlarni proeksiyalaymiz. Jismga ta’sir etuvchi ikki kuch ham x o‘qiga parallel bo‘lgani sababli, ularni kattaligi bilan ularni proeksiyalari kattaligi bir-biriga tengdir. Proeksiyalarni ishorasini e’tiborga olgan holda skalar tenglama quydagicha yoziladi: , bundan . G=N bo‘lgani uchun, .
Bu ifodaga larni qiymatlarini qo‘yib hisoblaymiz.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin