7-modul. Prizmatik detallarga ishlov berish stanoklari mavzu. Frezalash stanoklari strukturasi va kinematikasi
Frezalash stanoklarining texnologik vazifasi bo‘yicha turlari. Frezalash stanoklari strukturasi va kinematikasi. Bulish kallaklari. RDB frezalash stanoklari va ulaming xususiyatlari.
mavzu. Jilvirlash stanoklari
Jilvirlash stanoklarining o'ziga xos xususiyatlari. Doiraviy jilvirlash stanoklari. Ichki jilvirlash avtomatlari. Tekis yuzalami jilvirlash stanoklari. RDB jilvirlash stanoklari va ularning xususiyatlari.
mavzu. Tokarlik avtomatlar va yarimavtomatlar
Taqsimlash valli tokarlik avtomatlari va yarimavtomatlarining tasnifi. Bir shpindelli tokarlik avtomatlari va yarimavtomatlari. Ko‘p shpindelli tokarlik avtomatlari va yarimavtomatlari.
9-modul. Agrégat stanoklari mavzu. Agrégat stanoklari
Agrégat stanoklari tasnifi. Agrégat stanoklarining normallangan uzellari. Agrégat stanoklarining bazaviy kompanovkasi. RDB agrégat stanoklari.
23 - mavzu. Avtomat liniyalar Avtomtik liniyalar ta’rifi, tasnifi, turlari. Agrégat stanoklar avtomat liniyalari. Ko‘p operatsiyali stanoklar va MICHM avtomat liniyalari. Avtomat liniyalarining yordamchi qurilmalari.
24- mavzu. Stanoklar uchun sanoat robotlari Sanoat robatlarining tasnifi. Asosiy tipdagi stanoklarga xizmat ko‘rsatish uchun sanoat robotlari va manipulyatorlar. Sanoat robatlarining asosiy xarakteristikalari.
Amaliy mashg‘ulotlar bo'yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg'ulotlarda talabalar oigan nazariy bilimlarini mustahkamlash, hamda stanoklarni sozlashga hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qiladilar.
Amaliy mashg‘ulotlami tashkil etish bo'yicha kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar ma’ruza mavzulari bo‘yicha oigan bilimlarini amaliy masalalar echish orqali ko'nikmalarga aylantiradilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni
o‘zlashtirish asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar vatezislami chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalami kompyuterda echish va grafiklami kompyuterda qurish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Tavsiya etilayotgan amaliy mashg'ulotlaming mavzulari:
Tokarlik-vintqirqish stanoklarini har xil yuzalarga va rezbalarga ishlov berish uchun kinematik sozlashga hisoblash.
Frezalash stanoklarini har yuzalarga ishlov berish uchun kinematik sozlashga hisoblash.
Bulish kallaklari yordamida vintsimon ariqchalarga ishlov berish uchun frezerlash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash.
To‘g‘ri va egri tishli silindrik g‘ildiraklarga ishlov berish uchun tish kertish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash.
To‘g‘ri va egri tishli silindrik g‘ildiraklarga ishlov berish uchun tish frezerlash stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash.
Konussimon tishli g‘ildiraklarga ishlov berish stanoklarini kinematik sozlashga hisoblash.
Taqsimlash valli boshqarish kulachoklari bo'lgan tokarlik avtomatlarini sozlashga hisoblash.
Agrégat stanoklarining kuch agregatlarini rostlashga hisoblash.
Laboratoriya ishlari bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya ishlarida talabalar stanoklar konstruksiyasi bilan tanishadilar, konstruksiyalarni tahlil qiladilar, ishlash prinsipini, kinematik sxemasini va kinematik zanjirlarini o‘rganadilar, stanokning kinematik zanjirlarini rostlash va sozlash bo'yicha laboratoriya ishlarini o'tkazib amaliy ko‘nikmalar oladilar. Stanokning strukturaviy sxemasini va asosiy qismlari va mexanizmlarining eskizlarini chizadilar.
Laboratoriya ishlarining mavzulari mavjud stanoklar parki va o‘lchash apparaturalarining turiga va ularning yangilanib turishiga bog'liq ravishda sistematik o‘zgarishi mumkin.
Laboratoriya ishlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Tokarlik, parmalash, frezalash, tish ishlash, jilvirlash stanoklarini, tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlarini, agrégat stanoklarini hamda RDB stanoklarini berilgan detalga ishlov berishga rostlash va sozlash.
V. Fan bo‘yicha kurs ishi Kurs ishining maqsadi talabalami mustoqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, oigan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosi) qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlariga mos texnik echimlar qabul qilishga ijodiy
yondoshish ko‘nikmalar hosil qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo'llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnoiogik jarayonlariga bog‘liq holda, aniq bir ishlab chiqarish sharoiti uchun bclgilanadi.
Kurs ¡shining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30% ko'proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq bcriladi.
Kurs ishi ob’ekti sifatida berilgan detal yuzalariga ishlov bcrish sxemalarini va stanokning strukturaviy sxemalarini ishlab chiqish, stanoklarning tipaviy detallarga ishlov berish marshrutini va qirqish rcjimlarini lanlash, ishlov bcrishdagi asosiy texnik xarakteristikalarini aniqlash, stanokning asosiy uzellarini va stanoklarning kompanovkasini tanlash hamda stanokning umumiy ko'rinishini ishlab chiqish masalalari xizmat qiladi. Aniq bir ishlab chiqarish sharoiti uchun mos keluvchi stanok turi texnik va texnoiogik asoslangan holda tanlanadi, hisoblanadi va texnik iqtisodiy baholanadi.
Kurs ¡shining hisobiy - grafik ishlari zamonaviy kompyuter dasturlarida bajariladi. Kurs ¡shining grafik qismi 2 ta AI formatdagi chizmadan iborat bo'lib, 1-chizma stanokda detallarga ishlov berish sxemalari, texnoiogik eskizlari va stanokning strukturaviy sxemasi, 2-chizma qabu) qilingan stanokning umumiy ko‘rinishi, surish va tezliklar grafigi yoki ma’lum uzellar va detallarning ishchi chizmalaridan tashkil topadi. Hisobiy- tushuntirish yozuvi A4 formatidagi 25-30 betdan iborat bo‘lishi mumkin.
Kurs ishi topshiriqlari kafedrada ko‘rib chiqiladi vatasdiqlanadi.
Kurs ¡shining namunaviy mavzulari
Aylana, prizmatik detallarga ishlov berish va teshik ochish stanoklarining kompanovkasini ishilash;
Har xil turdagi detallarga ishlov berish uchun agregat stanoklarining unifikatsiyalashtirilgan uzellarini ishilash;
Aylana shaklidagi, prizmatik va boshqa turdagi detallarga ishlov berish uchun RDB stanoklari kompanovkasini modullash qoidalari asosida ishilash.
VII. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
Stanoklarning kinematik zanjirlarini eng xarakterli elementlari va mexanizmlari.