zarali yaproq va nina bargli daraxt, buta turlaridan ko‘rkam
kompozitsiyaga ega bo‘lgan yashil hududlar barpo etilmoqda.
Shunday o‘ta manzarali, uzoq yashovchi va chiroyli gullab turuv-
chi yaproq bargli daraxt turlaridan biri jo ‘ka turkumidir.
Bulardan mayda bargli Tilia cordata will va Yevropa Cubo-
paua. Mayda bargli Tilia cordata will - balandligi vatanida 30
metrgacha yetadigan,
shox-shabbasi ixcham, bir-biriga yaqin,
daraxt shaklining ko‘rinishi oval shaklida bo‘lib, diametri bir
yarim metrgacha yetadi.
Barglari, odatda, 3-6 sm gacha
uzunlikda bo‘ladi. Barglarining yuqori qismi to‘q yashil, ayrim
hollarda, zangori, kuzda esa chiroyli och sariq tusga kirib atrof-
muhitga go‘zallik ato etadi.
Gulchalari mayda, sarg‘ish-oq rangda bo‘lib 5 - 7 , ba’zan
15 tagacha boradi, mevasi sharsimon yoki oval shaklida, qobig‘i
bo‘z rangda. Mayda bargli jo ‘kaning mevasida
bir dona, kamdan
kam holatlarda ikki dona urug‘i bo‘ladi. Mayda bargli jo ‘ka
soyaga, sovuqqa chidamli, yorug‘sevar va issiqsevardir. Ammo
ozuqa moddalariga boy bo‘lgan qumoq tuproqlarda о‘sib rivoj-
lanadi. Vaqtinchalik namlik yetishmaydigan tuproqlarda ham
bemalol o‘sa oladi, faqat o‘rtacha sho‘r tuproqlarda o'smaydi.
Ushbu daraxt tuproq tarkibini
boyitadigan yaproq bargli
daraxtlardan biridir. To‘kilgan barglaridagi kul moddalari
tuproqni ozuqa moddasi hisoblangan kaliy bilan boyitadi,
tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: