Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


XIII bob. Manzarali ko‘chatlarni tashish, saqlash va



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

XIII bob. Manzarali ko‘chatlarni tashish, saqlash va
ekish usullari
Bog-parklar barpo etishning eng muhim omillaridan bin 
ko‘kalamzor hududlar barpo etishdir. Bu ishlar bog-parklar 
barpo qilishda qat’iy nazorat etilgan holda, maxsus tuzilgan 
Bosh va dendroreja asosida olib boriladi.
Daraxt va buta ko‘chatlarini ekishning eng asosiy vaqti ba- 
hor va kuz fasllaridir. Bu vaqtda daraxt ko‘chatlari fiziologik 
o‘sish davridan anchagina to‘xtagan bo‘ladi. Erta bahorda 
ko‘chatlami ekish ba’zi daraxt turlari uchun yaxshi natija beradi. 
Chunki bu vaqtda ko‘chatlar biologik jihatdan o ‘sishga tayyor 
turadi, tezda ildiz oladi. Shuning uchun ham ekilgandan so‘ng 
tez kurtak otib o‘sib boradi. Nina bargli daraxtlar uchun ekish 
muddati kech kuz va erta bahorda.
Yaproq bargli daraxtlami, asosan, erta bahorda ekkan 
ma’qul. Bular: terak, qayin, siren, jo ‘ka, do£lana va boshqalar. 
Ko‘pchilik manzarali daraxtlami, iloji boricha, ildiz komi bilan 
ekish yaxshi natija beradi.
Ekish ishlari navbatma-navbat olib boriladi:
- yorug‘likni sevuvchi manzarali daraxtlar orasidagi masofa
- 3-6m;
- soyasevar manzarali daraxt turlari uchun -
2.5-5m;
- balandligi lm gacha bo‘lgan butasimonlar uchun - 0.4-
0.6m;
- balandligi 2m gacha bo‘lgan butasimonlar uchun - 0.6-
lm;
- balandligi 2m dan yuqori bo‘lgan butasimonlar 1-1.5m 
masofada j oylashtiriladi.


13.1-rasm. Qish faslida ko‘chatlami ko‘chirib ekish.
Ko‘chatxonadan ko‘chatlami talabga muvofiq kovlab 
tiiyyorlash, ulami taxlash, ekish uchun rejalashtirilgan manzilga 
yclkazish kerak bo‘ladi. So‘ng ekish uchun rejalashtirilgan 
mnydonlami tayyorlash, ularda tekislash, tozalash ishlarini o‘t- 
kn/ish, ekish chuqurchalarini, ekish joyidagi tuproqni tayyorlash 
va go‘ng, mineral o‘g‘itlar g‘amlab qo‘yish lozim.
Ko‘chatxonada ko‘chatlar pluglar yordamida kovlab olinadi. 
liutalar 30-40 sm, daraxtli ko‘chatlar 50-60 sm chuqurlikda kov- 
liimidi. Kovlangan ko‘chatlar tartib bilan saralanadi. Yuqoridagi 
ishlami bajarish vaqtida juda ehtiyotkorlik bilan ish olib boriladi. 
I ’hunki shoshma-shosharlik ko‘chat ildizlarini shikastlashi mum- 
kin. Ko‘chatlar ehtiyotkorlik bilan yuk mashina bortiga 15-20 sm 
luproq-go‘ng aralashmasi ustiga qiya holatda ildiz qismi bir to- 
immga qilib taxlanadi. Keyin usti brezent material bilan yopib 
qo'yiladi. Ko‘chat tashishda bortli mashina vositalaridan foyda- 
laniladi. Lekin samosval mashinalarda tashilmaydi. Ko‘chat 
Inshiydigan mashinalarda ko‘chat bilan birga odamlar, ya’ni, 
|«hchilar olinmaydi.
Kuzda qazib olingan ko‘chatlar qish davrida vaqtincha ko'- 
»\ib qo‘yilib, erta bahorgacha saqlanadi. Shu maqsadda yog‘in- 
gjirchilik suvlari to‘planmaydigan qavariq (do'ng), ycngil
185


qumoq, qumoq yoki quyuq tuproqli maydonlardan joy tanlab, 
nihollar uchun 30-45 sm va ko‘chatlar uchun 50-60 sm chuqur- : 
likda asosiy shamol yo‘nalishiga peфendikulyar bo‘lgan holda 
maxsus ariqlar tayyorlanadi.
Tashib keltirilgan ko‘chatlami ekishdan oldin ekish may- 
doni yaxshilab bo‘lib chiqiladi, ya’ni qayerga va necha metrdan 
ko‘chat ekilishi rejalashtiriladi. Ekish vaqtida maxsus shpagat 
iplardan, ko‘chat о‘mini aniq belgilashda qoziqchalardan foyda- ! 
laniladi. 
|
Bog‘-parklarda ko‘chatlami ekishni boshlashdan oldin yer ' 
osti kommunikatsion tizimlarini o'tkazib olish zarur. Chunki ' 
ko‘chatni ekib bo‘lgandan so‘ng bu ishlami bajarish juda qiyin. 
Ushbu ishlar maxsus tuzilgan Bosh reja asosida amalga 
oshiriladi. So‘ng maxsus dalolatnoma asosida ekish ishlarini 
boshlashga ruxsat olinadi. Ekish chuqurchalari ko‘chat ekishdan 
7-10 кип oldin tayyorlab qo‘yilishi kerak, bu vaqtda chuqur ichi 
xoloz bo‘lib, kislorod almashish jarayoni kechadi. Ко‘chat ekish 
chuqurligi 60x60x60 sm yoki 70x70x70 sm dan iborat 
o‘lchamda tayyorlanadi. Ekilgan ko‘chatning ildizi yer betiga 
yaqin bo‘lishi kerak. Agar ko‘chat ildizi ochilgan bo‘lsa, uni 
tezda ekish kerak. Ekiladigan ko‘chatlar ildiz qismida 
yaralangan, singan bo‘laklari bo‘lsa, tezda o‘tkir qaychi bilan 
kesib olib tashlanadi. So‘ng tuproq tortib, yaxshilab tuproq 
qotirib ко‘chat tanasi atrofiga suv yig‘iladigan hovuzchalar 
aylantirib qo‘yiladi. Ekilgan ko‘chat tana qismining yerga yaqin 
joyi atrofiga eski go‘ng sepib qo‘yiladi.
Ко‘chat ekilgandan so‘ng bajariladigan asosiy ishlardan biri 
sug‘orish ishlaridir. Bunda har bir daraxt ko‘chatiga 30-50 1 
me’yorda suv quyilishi zarur. Tezda birinchi suvning quyilishiga 
sabab ekilgan ко‘chat tanasi atrofidagi tuproq bemalol cho‘kadi, 
tuproq ildizi tuproqqa ilashadi, ya’ni ildiz harakatga keladi.
Buta va jonli devorlar Ьафо qiluvchi ko‘chatlami ekishda 
maxsus: eni 1,0 metr, chuqurligi 50 sm gacha bo‘lgan 
transheyalar ekskovator bilan kovlanadi. Tayyor bo‘lgan
186


transheyaning ostki qismiga go‘ng aralashtirilgan tuproq 
to‘ldiriladi. So‘ng to‘g‘ri chiqishi uchun har 3-5 m ga tekshirib 
bora oladigan holda ip tortib ko‘chatlar ekila boshlanadi. Ekib 
boMingan ko‘chatlar atrofiga balandligi 8-10 sm bo‘lgan 
luproqdan devorchalar barpo etiladi. Chunki sug‘orish vaqtida 
suv har tomonga oqib ketmasligi uchun har bir butaga 10-15 1 
gacha suv me’yori beriladi.
Ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududlarda 12 yoshdan yuqori 
boMgan manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish uchun, iloji 
boricha, ulami ildiz komi bilan maxsus texnika vositalari yorda- 
mida ko‘chirib o‘tqaziladi. Bizning sharoitda ildiz komi bilan 
yilning bahor, kuz va qish fasllarida olib kelib ekilgani yaxshi 
nalija beradi. Chunki yosh ko‘chatlarga nisbatan katta yoshdagi 
daraxt ko‘chatlarining tutib ketishi 
ancha mushkulroq. 
Ko‘chatxonadan kovlanayotgan ko‘chatlami ildiz tuprog‘i bilan 
olishda o‘zining maxsus o‘lchami bor. Uning o‘lchami daraxt 
turiga, ildiz tizimining tuzilishiga va ko‘chirish vaqtiga ham 
lwg‘liq. Shuningdek, daraxtning 1,3 metr balandlikdagi 
diametriga ham. Diametri 4,5 sm dan boshlab ulaming komi 
I,Ox 1,0x6 m dan iborat bo‘ladi. Ko‘chatlami ildizi bilan 
ko'chirishda uning ildiz tizimi maxsus qutilarda, selofanli 
qoplarda tezda olib ko‘chirib ekiladi.
Ko‘chatlar ekish joylariga avtomashinalarda, traktor yoki 
pritseplar yordamida olib boriladi. Bunda xo‘jalikda mavjud 
bu'lgan T-40, T-28, MTZ-80 traktorlaridan va GAZ-53, Kamaz 
uvtomashinalaridan foydalaniladi. Buning uchun namli somon 
yoki yog'och qipiqlari avtomashina kuzovlariga yoki traktor 
pritscplariga yupqa ko‘rinishda to‘shaladi.
To‘p-to‘p bog‘langan ko‘chatlar ildizlari bir-biriga qarama- 
qurshi qilib joylashtiriladi va ustidan brezent, bo‘z yoki sintetik 
plyonkalar bilan berkitilib, arqon bilan bog‘lab qo‘yiladi. Agar 
ko'chatlar uzoq masofaga olib boriladigan bo‘lsa, ular qoplarga, 
quti larga joylashtirib jo ‘natiladi.
187


Ushbu ko‘chatlarda qurib qolish alomati bo‘lmasidan oldin 
doimo suv quyib turiladi. Ko‘chatxonada sotiladigan ko‘chatlar 
uchun maxsus dalolatnomalar tuziladi. Bu hujjatda ko‘chatlar 
soni, turi, ulaming ekishga yaroqliligi, kovlangan vaqti va 
jo ‘natilgunga qadar ko‘mib qo‘yish usullari ko‘rsatilishi shart.
Ko‘chatlar ekish joyiga olib borilgan zahotiyoq vaqtincha 
ko‘mib qo‘yilib, albatta, yana sug‘orilishi zarur. Ko‘chatlarni 
ekishdan oldin yana bir bor ildiz qismi va shox-shabbalari 
ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Yaproq va nina bargli daraxt ko‘chatlarini tuproqda saqla- 
masdan, rasta ko‘rinishida terib qo‘yish juda katta xato hisobla- 
nadi. Ко‘chat to ekilguncha uning ildiz qismi tuproq ostida, nam 
sharoitda bo‘lishi kerak.
Chunki ozgina e’tiborsizlik ko‘chat va nihollaming ildiz 
tizimida mavjud bo‘lgan soch ildizchalarining qurib qolishiga 
olib keladi. Natijada ko‘p miqdorda qurib qolgan ko‘chat 
chiqadi. Yoki bunday ko‘chatlardan ko‘kalamzorlashtirish 
sohasida foydalanib bo‘lmaydi.
188



Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin