Asosiy qism :
3. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaligida asosiy tarmoq va uning
samaradorligini oshirish yo`llari.
Asosiy tarmoq deb, korxonaning jami tovar mahsulotida yoki yalpi
mahsulotida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan, uning maqsad va
vazifalarini ifodolovchi hamda ixtisoslashishi – yo‘nalishini belgilovchi
tarmoqqa
aytiladi.
Qo‘shimcha tarmoq yirik qishloq xo‘jaligi
korxonalarida shu korxonani tabiiy, mehnat resurslaridan foydalanishni
yanada to‘laroq ta'minlash maqsadida qo‘shimcha tarmoqlar tashkil
etilishi mumkin. Qo‘shimcha tarmoqlarga sanoat, kapital qurilish
xarakteriga ega bo‘lgan tarmoqlar kirishi mumkin. Masalan, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlari paxtani dastlabki qayta
ishlash, sut va go‘shtni qayta ishlash, terini qayta ishlash, meva va
sabzavotlarni qayta ishlash sexlari, donni qayta ishlash bo‘yicha
tegirmonlar, moyjuvozlar va hokazolar sifatida tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning qulay tarmoq tarkibi deganda, uning mavjud tabiiy,
iqtisodiy resurslaridan to‘g‘ri foydalanish orqali mahsulot birligiga kam
sarf-xarajat
qilgan
holda
maksimal
foyda
olishga
imkon
•
beradigan mahsulotlar turlarini ma'lum bir mutanosiblikda yetishtirish
tushuniladi.
Korxonaning
tashkiliy-xo‘jalik
tuzilishi,
tarmoqlarning
maqsadga muvofiq tarkibini shakllantirish ishlari bir necha bosqichni o‘z
ichiga oladi: Birinchi bosqichda – marketing tadqiqotlarini o‘tkazish
orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini, uni turli segmentlarini
chuqur tahlil qilib, korxonaning bozordagi o‘rni aniqlab olinadi. Korxona
hududining tabiiy-iqlimiy sharoitlari va jug‘rofik joylashuviga mos
keluvchi, yuqori hosildorlik va mahsuldorlikka ega, kasalliklar va
zararkunandalarga chidamli mahsulot turlari tanlab olinadi. Bu jarayonda
tuproq unumdorligi oshirishga va hosildorlikni yuksaltirishga imkon
beruvchi almashlab ekish tizimlarini joriy etishga jiddiy e'tibor qaratish
muhimdir.
Tanlab olingan mahsulot turlari va tarmoqlarning qiyosiy
iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Baholash uchun oldingi 3-5 yilda
erishilgan natijalar bo‘yicha ma'lumotlardan yoki o‘simlikchilikda
texnologik kartalar, chorvachilikda esa bir bosh chorva moliga to‘g‘ri
keladigan xarajatlar asosida hisoblangan normativlardan foydalanish
mumkin.
Qiyosiy baholash natijalari va keltirilgan boshqa omillar
asosida iqtisodiy
•
samaradorligi
yuqori
bo‘lgan
mahsulot
turlarini
yetishtirishga
ixtisoslashgan tarmoqlarning eng qulay nisbatlari, mahsulot ishlab
chiqarish hajmining yuqori chegaralari belgilab olinadi. Tarmoqlar soni
va tovar mahsuloti yetishtirish hajmi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib,
ixtisoslashgan va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi korxonalari tiplari
mavjud. Ixtisoslashgan xo‘jaliklar toifasiga bir yoki ikki, ko‘pi bilan uch
xildan ortiq bo‘lmagan mashsulot ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jaligi
korxonalari kiradi. Agarxo‘jalik faqat bir xil mahsulot yetishtirishga
ixtisoslashsa
uni
tor
doirada
ixtisoslashgan
xo‘jalik deb atash
mumkin.Respublika xo’jaligining muhim tarmoІi bo’lib, u aholini oziq-
ovqat bilan taminlaydi, moddiy farovonligini oshirishda juda katta
ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda O’zbekiston qishloq xo’jaligi ko’p
tarmoqli bo’lib, unga paxtachilik bilan birga g`allachilik, kanopchilik,
mevachilik,
uzumchilik,
sabzavot
va
polizchilik,
qoramolchilik,
qo’ychilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik sohalari
kiradi.
|