Xulosa va takliflar.
•
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bugungi
kunda ayrim fermer
xo'jaliklari yetarlicha aylanma mablag'lar, zarur texnika va boshqa
moddiy-texnik resurslarga ega emas. Bu qishloq xo'jaligi ekinlarining
hosildorligiga,
shartnoma
majburiyatlari
bajarilishiga
va
fermer
xo'jaliklarining rentabelligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Chorvachilikda
soha faoliyatini yuritishdagi iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitobi, 2 yil
muddatda zamonaviy chorvachilik binosini qurish, 5 yil muddatda
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni yo’lga qo’yish, uzog’i bilan 2
yilda barcha zarur qishloq xo’jaligi texnikalari va ozuqa tayyorlash
uskunalari bilan jihozlash majburiyatini olishi, qoramollar bosh sonining
kamida 40 foizini sigirlar tashkil etishi nazarda tutilishi shartligi belgilab
qo’yildi.Shuningdek, fermer xo’jaliklari huquqlari hamda har bir yo’nalish
bo’yicha faoliyatiga alohida talablar va majburiyatlar belgilanmoqda.
Bundan
tashqari,
zamonaviy
texnologiyalar
asosida
sovutgichli
omborxona va mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari mavjud yoki
tashkil etgan fermer xo’jaliklari va jismoniy shaxsga rag’batlantirish
maqsadida maqsadida ularga bog’dorchilik, uzumchilik fermer xo’jaligini
tashkil etish uchun yer uchastkasi berish tanlovida imtiyoz berilishi qayd
etilmoqda.
•
Fermer xo`jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning
mehnatiga haq to`lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish
haqidan oz bo`lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham
pul tarzida, ham natura tariqasida to`lanadi. Fermer xo`jaligida ishlangan
vaqt mehnat stajiga qo`shiladi. Ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalar va
pensiyalar tayinlash hamda to`lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
va shartlarda amalga oshiriladi. Fermer xo`jaligining ishlab chiqarish va
boshqa faoliyati natijasida olingan daromad soliqlar, yig`imlar hamda
boshqa
majburiy
to`lovlar
to`langandan
keyin
butunlay
fermer
xo`jaligining ixtiyoriga o`tadi. Fermer xo`jaliklari ixtiyoriylik asosida
birlashish, shu jumladan, ulush asosida birlashish, mahsulot yetishtirish,
xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti,
qurilish, texnikaviy, suv xo`jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat
berish yo`sinidagi va boshqa xil xizmat ko`rsatish bo`yicha jamiyatlarga,
ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga
ega.
|