Asosiy qism :
4.
.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini kamchiliklari.
Hozirgi davrda hech bir soha mukammal bo’la olmaydi. Har bir sohani
o’ziga yarasha yutuq va kamchilik tomonlari albatta mavjuddir. Shu
jumladan, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tashkil qilishda ham
mamlakatimiz oldida bir qancha muammolar paydo bo’lmoqda. Misol
taraqisida respublikada 2018-yil yakunlari bo’yicha holat o’rganilganda
ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish va ularni rivojlantirish
bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni qoniqarli darajada deb bo’lmaydi.
Mintaqalarda 2018 yilda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish
dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi bugungi kun talabiga javob
bermaydi.
Vazirlar
Mahkamasi
taqdim
etgan
ma’lumotga ko’ra,
mamlakatimizning birorta hududida ham 2018 yilgi Dastur ijrosi to’liq
bajarilmagan.«Mamlakatimiz bo’yicha 2018-yilda jami 18 ming 532 ta
fermer xo’jaligida ko’p tarmoqli faoliyat tashkil etilgan bo’lib, reja 86%ga
bajarilgan xolos. Masalan, Dastur ijrosi Xorazm viloyatida 95% ga,
Qoraqalpog’iston Respublikasida 93% ga, Farg’ona viloyatida 93% ga,
Navoiy
viloyatida
91%
ga,
Surxondaryo
viloyatida
90
foizga,
•
Qashqadaryo viloyatida 90% ga , Andijon viloyatida 89% ga, Namangan
viloyatida 84% ga, Samarqand viloyatida 84% ga, Toshkent viloyatida
83% ga, Buxoro viloyatida 82% ga, Jizzax viloyatida 79% ga, Sirdaryo
viloyatida
77%
ga
bajarilgan.Shuningdek,
hududlarda
fermer
xo’jaliklariga xizmat qiluvchi tuzilmalar va tijorat banklari tomonidan
ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini ham yaxshi deb bo’lmaydi. Xususan,
joriy yilda tijorat banklari tomonidan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini
rivojlantirish uchun 595 mlrd. so’mlik tijorat kreditlari ajratilishi
rejalashtirilgan bo’lib, amalda uning 325 mlrd. so’mi (55 foiz)
ajratilgan.Dasturda belgilangan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha
fermerlar, ayniqsa yosh fermerlar bilan doimiy muloqot olib borish hamda
ularni o’ylantirayotgan masalalar yuzasidan huquqiy, axborot va tashkiliy-
uslubiy jihatdan ko’mak berish tizimli tarzda yo’lga qo’yilmagan. Sohani
rivojlantirish ham hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Buning uchun hozirgi kunlarda qo’llanilayotgan chora-tadbirlar ham
e’tiborga molikdir. Yurtimizda keyingi ikki yilda barcha sohalar qatori
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham muhim dasturlar, “yo‘l xarita”lari ishlab
chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
|