Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 9
qulay bo‘lib, u elementlar bazasining ikkita (0 va 1) turgun xolatga ega bo‘lishiga
asoslangandir.
Barcha sanoq tizimlarda bajariladigan arifmetik amallar o‘nlik sanoq tizimning
qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ikkilik sanoq tizimida arifmetik amallarni
bajarish qoidalarini ko’rib chiqamiz. Ikkilik sanoq tizimida arifmetik amallarni
bajarilish tartibi aynan o‘nlik sanoq tizimi kabi amalga oshiriladi. Ushbu xususiyati
bilan bu sanoq tizim boshka sanoq tizimlardan ajralib turadi. Ikkilik sanoq tizimda
bajariladigan arifmetik amallarni aloxida ko’rib chiqamiz.
Qo‘shish . Ikkilik sanoq tizimda qo‘shish amali quyidagi qoidalar asosida
amalga oshiriladi:
0+0=0; 0+1=1; 1+0=1; 1+1=10
Agar qo‘shilayotgan razryadda natija ikkita pozitsiyaga ega bo’lsa, (masalan 1
1=10) unda natijaning oxirgi razryadi yozilib, oldingisi esa keyingi katta razryadga
siljiydi.
Masalan:
12
(10)
1100
(2)
+ 6
(10)
+ 110
(2)
18
(10)
10010
(2)
10010
(2)
= 1*2
4
+0*2
3
+0*2
2
+1*2
1
+0*2
0
=16+0+0+2+0=18.
Uch va undan ortiq ikkilik sonlarni qo’shganda razryadlarning siljishiga alohida
e’tiborni qaratish zarur. Chunki, siljish nafaqat keyingi katta razryadga, balki undan
keyingi katta razryadlarga ham o’tishi mumkin.
Ayirish. Ayirish amali qo‘shish amaliga teskaridir. Bu yerda, katta
razryadlardan kichik razryadlarga qarz berish imkoniyatlari mavjud. Ikkilik sanoq
tizimida ayirish amali quyidagi qoidalar bo‘yicha bajariladi:
0 - 0 = 0; 1 - 0 = 1; 1 - 1 = 0; 10 - 1 = 1.
Masalan: 18 10010
- 5
- 101
13
1101
Natijani tekshirib ko’ramiz:
1101
(2)
=1*2
3
+1*2
2
+0*2
1
+1*2
0
= 8+4+0+1 = 13