Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov
7
1-amaliy mashg’ulot. Ma’lumotlarni kodlashtirish.
Sanoq sistemalari bilan ishlash.
Ishdan maqsad:
Shaxsiy kompyuterlar tarkibidagi
ichki simvollarni
tavsiflashni o‘rganish. Aniq kodlashtirish tizimini tanlashda qo‘yiladigan talablarni
o‘rganish. Sanoq tizimlar haqida to‘la bilimga ega bo‘lish, asos, bazis raqamlar,
pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlar haqida ma’lumot berish, hamda sonlarni bir
sanoq tizimidan boshqa sanoq tizimiga o‘tkazish qoidalarini o‘rganish.
I. Uslubiy ko’rsatmalar
Zamonaviy kompyuterlar nafaqat raqamli, balki alfavit-raqamli ma’lumotlarni
ham qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bunday alfavit-raqamli ma’lumotlar o‘z
tarkibida sonlardan tashqari sintaksis harflarni va matematik simvolllarni,
boshqa
belgilarni ham o‘z ichiga oladi.
Barcha simvollarning majmuasi - mashinaning kirish alfavitini tashkil etadi.
Alfavit-sonli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va chiqarish jarayonlari aniq
kodlashtirish tizimini tanlashni taqozo etadi.
Alfavit-sonli simvollarni kodlashtirishda 8 razryadli baytlardan keng
foydalaniladi. Chunki 8-razryadli baytdan foydalanib 2
8
=256ta turli simvollarni
kodlashtirish mumkin. Bunday imkoniyat zamonaviy kompyuterlarning to‘la
alfavitini tavsiflash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy kompyuterlarda simvollarni kodlashtirishda ASSII (Amerikada
1963 yilda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni ayirboshlovchi standartkod)
kodlari
qo‘llaniladi.
Shaxsiy kompyuterlarda ichki simvollarni ASCII kodlari orqali tavsiflashda
ularni kodli jadval ko‘rinishida ifodalash qulaydir. Kodli jadval simvollarining Shartli
belgilanishi, ichki kodli bog‘lanish orasidagi moslikni ifodalaydi. Odatda kodlar o‘n
oltilik yoki o‘nlik sonlar orqali tasvirlanadi.
Kodli jadval-quyidagi simvollar guruhini tasvirlashi lozim:
- boshqaruvchi simvollar;
- arifmetik amallarning belgilari;
- raqamlar va yozuv belgilari;
- lotin alifbosining xarflari;
- psevdografik simvollar;
- matematik simvollar.
Bosmaga chiqaruvchi qurilmani boshqarish uchun maxsus maqsadlarda
foydalaniladigan boshqaruv simvollari qo‘llaniladi. Arifmetik amallarning yozuvli
belgilari - ba’zi bir maxsus
simvollar hamda raqamlar, Shuningdek matnli va sonli
ma’lumotlarni tasvirlash uchun zarurdir.
Lotin alifbosining xarflari unga moslashgan algoritmik tillarning matnli
ma’lumotlarini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ulardan mashinaga
bog‘lik bo‘lgan va mashinaga bog‘lik bo‘lmagan algoritmik
tillarning matnlarini
ifodalash uchun foydalanish mumkin. Milliy alifbo harflari esa turli tillarda matnli
ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun xizmat kiladi.
8
Psevdografikli simvollar o‘z navbatida matnli rejimda oddiy grafikli tasvirlarni
ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Bunday simvollar yordamida monitor ekranida va bosmaga
chiqaruvchi qurilmalarda oddiy figuralar, shtrixlar va to‘rtburchaklarni chizish
mumkin.
Matematik va boshka maxsus simvollar (yig‘indi, tenglik, katta va teng, kichik
yoki teng va hokazo) matematik formulalar hamda amallarni tasvirlashda xizmat
qiladi.
1-jadvalda simvollarning kodlari (ASCII kodlari) keltirilgan.
Boshqaruv
signallari va o‘nli kod simvollari "0"-dan "127"- gacha bo‘lgan boshqaruv signallari
va unli sonli simvollar ASCII kodlashtirish standartiga mos keladi. ASCII
kodlashtirish standarti ASCII-ning asosiy jadvali hisoblanib, simvollarni kodlashda
atiga 7-ta bit ishlatiladi.
Jadvalda boshqaruvchi deb nomlanadigan boshlang‘ich 32 ta (0-31) kod
keltirilmagan. Bu kodlar ma’lumotlarni printerlarga chiqaruvchi maxsus vazifalarni
bajaruvchi
signallarni tasvirlashda, Shuningdek signallarni modemlar orqali aloqa
tarmoqlariga uzatishda ishlatiladi.
ASCII kodlarining asosiy jadvalidan ko‘rinib turibdiki, 32 dan 127 gacha
bo‘lgan o‘nli kodlar - belgilar to‘plamini, arifmetik amallarni, raqamlarni hamda lotin
alifbosining harflarini kodlashtirish uchun xizmat qiladi. Jadvalning qolgan qismi
(128 dan 255 gacha bo‘lgan o‘nli kodlar) ASCII standartining
imkoniyatlarini
oshiradi. Ular kompyuterni turli modellari uchun o‘zgarishi mumkin. Jadvalning bu
ikkinchi qismida simvollarni kodlashtirish uchun 8 bitdan foydalaniladi. U asosan
milliy alifbolar, psevdografikli, matematik va boshqa ko‘rinishli simvollarni
kodlashtirish imkonini beradi.
Quyidagi jadvalda 1 dan 16 gacha bo’lgan sonlarning ikkilik, sakkizlik, o’nlik
va o’n woltilik sanoq tizimlarda yozilishi keltirilgan.
1.1-jadval
O’nlik
q=10
Ikkilik
q=2
Sakkizlik
q=8
O'n
oltilik
q=18
O'nlik
q=10
Ikkilik
q=2
Sakkizli
k
q=8
O'n
oltilik
q=16
0
1
2
3
4
5
6
7
0
1
10
11
100
101
110
111
0
1
2
3
4
5
6
7
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
1000
1001
1010
1011
1100
1101
1110
1111
10
11
12
13
14
15
16
17
8
9
A
B
C
D
E
F
Pozitsion ko‘rinishli sanoq tizimning afzalligi shundaki, unda arifmetik
amallarni bajarish ancha oson kechadi. Belgilar chegaralangan miqdorda xar
qanday yozuvlarni ifodalay oladi. EHM larda ikkilik sanoq tizimni qo‘llash
ancha