Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Zamburug‘larning hamma turini aniqlash qiyin, ammo taxminlarga ko‘ra zamburug‘lar 1 milliondan 2,7 milliongacha bo‘lgan xilma-xil turlarga ega bo‘lib, ularning faqat bir qismi ajratilgan (Xoksuort va Rossman (1997) va Myuller va Shmit (2007). Ta’riflangan turlarning ko‘pchiligining asosiy ahamiyati shundaki, ular biologik faol ikkilamchi metobolitlarning serhosil ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Zamburug’larda hosil bo’ladigan ikkilamchi metobolitlarni o’rganishda Butunrossiya o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida professor A.A. Dalinova ilmiy ish olib borgan va Alternaria Sonchi S-102 zamburug‘ida hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitini ajratib olib qushqo‘nmas o‘simligiga ta’sirini o‘rgangan.
Mamlakatimizda o‘simliklarda hosil bo‘ladigan ikkilamchi metobolitlar o’rganilgan bo‘lib bularga fenol birikmalari, terpenlar, flavonoidlar va tanninlar kiradi. Mamlakatimizda fenol birikmalarini o‘rganishni boshlab bergan olim akademik S.Yu. Yunusov hisoblanadi. S.Yu. Yunusov tashabbusi bilan mamlakatimiz va MDH da yagona O‘simlik moddalari kimyosi ilmiy tadqiqot institute tashkil qilingan.
Respublika Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida, professorlar Q.D. Davronovva T.Yu. Yusupovlar rahbarligida Bac. Thuringiensisning mahalliy shtammlari asosida biopreparat ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy asosi yaratilgan. N.A. Xo‘jamshukurov tomonidan kolorado qo‘ng‘izi lichinkalariga qarshi Bac. Thuriengiensis entomopatogen bakteriyasining mutant shtammlari asosida “Biokristall” insektitsid biopreparati yaratildi va preparatning dastlabki nusxalari labaratoriya va dala sharoitida sinovdan o‘tkazilib muvaffaqiyatli deb topildi.
Dostları ilə paylaş: |