Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Qishlovchi urug’ning rivojlanishi 3 davrdan iborat



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə76/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Qishlovchi urug’ning rivojlanishi 3 davrdan iborat:

  1. Embrion rivojlanishining birinchi bosqichi kechadi. Bu davr kapalak tuxum qo’ygan vaqtdan boshlab 3 kun davom etadi va seroz pardada qoramtir pigment hosil bo’lishi bilan tugallanadi.

  2. Urug’ qoraya boshlab keyingi yil bahorida tugallanadi.

  3. Urug’ning bahorgi uyg’onish vaqtidan boshlanib, tuxumdan qurt chiqishi bilan tugallanadi.

Inkubatoriyada qurt chiqishidan bir necha kun oldin xo’jalikning pillachilik agronomi yoki brigadiri qurt boquvchi zvenolarning ro’yxatini va ularning har biri necha quti yoki necha gramm qurt olishligini ko’rsatuvchi ma’lumotni bosh inkubistga berishi lozim. Bundan tashqari, xabarchi qurtlar chiqqan kuni esa ro’yxatdagi zvenolarning qaysi birlari birinchi kuni, kimlar ikkinchi va uchinchi kunlari qurt olishini inkubistga ham, qurt oluvchi zvenoga ham aytib qo’yishi kerak. SHunday qilinmasa, birinchi kuni mo’ljaldan ortiqcha qurt oluvchilar kelib inkubatoriyadan qurt ololmasa inkubistlardan norozi bo’lib ketishlari mumkin.

Inkubistlar ro’yxatda ko’rsatilgan zaruriy massalarga qarab birinchi kuni jonlangan qurtlardan mavjud guruhlarni qo’shib, talab qilingan massadagi guruhlarni tashkil etadi. Masalan, birinchi kuni jonlangan qurtlarning guruhlari quyidagi massalarni (g xisobida) 9, 5, 10, 25, 13,4, 16, 16,25, 17, 18, 19, 19, 25, 20, 21 g ni tashkil etgan bo’lsa, pillachilarni talabiga binoan yarim quti – 9,5 g, bir quti – 19 g, bitta chorak – 23,75 g, bir yarim –quti –28,5 g, chorak kam ikkita – 33,25g, ikki quti – 38 g va xokazo tayyorlash kerak. Buning uchun mavjud massadagi qurtlarni massasiga qarab avvalo talabga to’g’ri keladiganlari ajratib olinadi (masalan 9,5, 19 va hokazo), so’ngra qolganlarini bir-biriga qo’shish yo’li bilan zaruriy massalar hosil qilinadi. Masalan, bitta chorak uchun 13,5 g bilan 10,25 g ni, bir yarimta quti uchun 16 g bilan 12,5 g ni, chorak kam ikki quti uchun 17 g bilan 16,25 g ni, ikki quti uchun 20 g bilan 18 g ni bir-biriga qo’shiladi.

Qurtlarning guruhlarini birlashtirish vaqtida belgilab qo’yilgan ikki yoki uchta qutining qurtlari bitta qutiga bo’shatiladi, so’ngra qutining chetiga birlashtirilgan guruhlarning yangi xosil bo’lgan massasi yozib qo’yiladi. Ba’zan shunday bo’lishi ham mumkinki, guruhlar birlashtirilgandan keyin qolgan qurtlardan talab qilinayotgan masadagi guruhni hosil qilib bo’lmaydi. Bunday xollarda xo’jalikning pillachi zvenolariga massasi rejada ko’rsatilgan massaga yaqinroq bo’lgan qurtlar guruhi berilgani ma’qul. Masalan, qurt boquvchiga bitta chorak quti qurt berilishi lozim edi, biroq guruh tashkil qilingandan qolgan qurtlarning massasi 12,5 g, 14,5 g. 11 g, 16 g, 13 g ga teng ekan. SHunda rejadagi massani hosil qilish uchun 12,5 g bilan 11 g ni qo’shilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yangi hosil qilingan barcha guruhlardagi qurtlar inkubatoriyaning ikkinchi xonasida, ya’ni jonlangan qurtlar turadigan (qurtlarni bir-biriga qo’shgunga qadar saqlangan) xonadagi so’kchaklarga tartibli qilib, massasini bildiruvchi raqamlarni ko’rinadigan qilib joylashtiriladi, so’ngra ularni maydalab, qirqilgan barg bilan oz-ozdan boqib turiladi.(18-rasm). Bu xonadagi havoning harorati 260 daraja, namligi esa 65-75% foiz bo’lishi kerak.

Ikubatoriyada jolaga qurtlari tortib, ularda zaruriy guruhlar tashkil etilib bo’lish vaqtida mo’ljallaga miqdordagi qurt oluvchi zveolar kelib turishlari kerak.Pillachilarga qurt faqat ertalab yoki kechqurun tarqatiladi. Ularga bir vaqtda jonlangan qurtlar beriladi. Ertalab jonlangan qurtlarni kunning ikkinchi yarmida jonlangan qurt bilan, birinchi kun jonlangan qurtni ikkinchi kuni jonlangani bilan qo’shish kat’iyan man etiladi. Bundan tashqari, jonlangan qurtlarni inkubatoriyada uzoq vaqt qolib ketishiga aslo yo’l qo’ymaslik kerak.

Qurt boquvchi zvenolarga beriladigan qurtlarning massasi, zoti yoki duragayi va qurt berilgan vaqti (yili, oyi va kunlari) hamda pillakorni yashash joyi va qurt bilan birga olgan narsalarini mahsus qurt tarqatish vedomostiga yozmb qo’yiladi.

Inkubatoriyada jonlangan qurtlarni ko’tarib olishda vaqtinchalik s’yomnik o’rniga oddiy oq qog’ozdan ham foydalansa bo’ladi. Buning uchun oq qog’ozni quticha ichining kattaligida qirqib uni bir tomoniga tut bargi surtiladi(ishqalanadi), so’ngra qog’ozni shu tomoni bilan qutichadagi doimiy s’yomnik ustiga qo’yiladi. Barg xidini sezgan qurtlar doimiy sqyomnikdan qog’ozni ostki tomoniga yopishib oladi, keyin qog’oz qurti bilan ko’tarib olnadi. Jolaga qurtlarig massasii aiqlashda yuqorida bayo etilgan birinchi usulda tortish o’tkazish mumkin yoki qog’ozga barg surtlganda keyin tarozida tortiladi va massasi aniqlanadi. So’ngra qog’oz qutichaga qo’yilib, unga qurt yopishgach ko’tarib olinib tarozida yana tortiladi. SHundan keyin ikkinchi massadan birinchi massa ayirib tashlansa, jonlangan qurtning massasi chiqadi. Bu usulni kam chiligi shundan iboratki, qog’oz doimiy s’yomnik ustiga yopib qo’yilib, toki unga jonlangan qurtlar yopishguncha bir oz vaqt yotadi, natijada shu vaqt davomida quticha usti yopilib turadi va undagi jonlanmagan urug’lar hamda jonlangan qurtlarni nafas olishi biroz qiyinlashadi.

Qurtlarni inkubatoriyadan pillachilik zvenolarining qurt boqish xonalariga oldindan solib qo’yilgan qog’oz qutichalarda olib boradilar. Tashigan vaqtda qutichalarni yassi savatlar yoki past devorchali qutichalarga joylab, quyosh tushmasligi uchun ustiga yupqa mato yopiladi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin