Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti


Inkubatsiya davrida embrion rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə77/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

11.2 Inkubatsiya davrida embrion rivojlanish bosqichlari

Embrionning tuxum ichidagi rivojlanish bosqichlari



10-rasm. Embrionning rivojlanish bosqichlari

URUG’DA EMBRIONNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

1- tinim bosqichi. Embrionning uchi birmuncha kengroq, oq rangli plastinka shaklida bo’ladi. Embrion butun diapauza davrida ana shunday holatda bo’ladi.



2-o’sa boshlash bosqichi. Urug’ embrionida jonlanish va rivojlanish davri boshlanadi



3- metamerlar paydo bo’lish bosqichi. Embrionning tanasi cho’zila boradi, ko’ndalang chiziqlar yaxshi ko’rinadi.



4- cho’zila boshlash bosqichi. Embrion ingichka va uzun bo’lib qoladi.



5-batamom cho’zilib bo’lish bosqichi. Bosh qismining chetlari qalinlasha boshlaydi.



6- o’rta chiziq paydo bo’lish bosqichi. Embrion birmuncha qisqaradi va yo’g’onlashadi. Tanasining o’rta chizig’ida bo’ylama egatcha paydo bo’ladi.



7 – ko’krak oyoqlarining boshlang’ichlari paydo bo’lish bosqichi.



8- qisqara boshlash bosqichi.embrion anchagina qisqarib yo’g’onlashadi. Ko’krak oyoqlari anchagina bilinib, juft mo’ylovchalar paydo bo’ladi.



9- qisqarish bosqichi. Embrion yana xam qisqarib, yo’g’onlashadi. Yolg’on oyoqlar paydo bo’la boshlaydi.



10- batamom qisqarib bo’lish bosqichi. Bosh qismi paydo bo’ladi, besh juft soxta oyoqchalar – o’sib chiqadigan boshlang’ich o’simtalar aniq bilinib turadi.



11 – blastokinez bosqichi. Embrion tuxumning o’rta qismiga qorin bilan o’g’irilib oladi. Ko’krak va qorin oyoqlari yaxshigina ko’rinib qoladi.



12-oq rangli qurtning shakllanish bosqichi



13-ipak qurti boshining qorayish bosqichi.



14- qora rangli ipak qurtining tiklanish bosqichi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin