15. Mavzu: Qurtxonalarda ishlatiladigan asbob anjomlar.
Ishdan maqsad: Ipak qurtini boqishda qurtxonalarni tayyorlash va jihozlash
Kerakli jihozlar: turli xil qurtxona rasmlari, qurtxonalarni ta’mirlash va jihozlash uchun kerakli asbob-uskunalar.
Bajarish tartibi: Doim qurt boqiladigan qurtxonalar va vaqtincha boqiladigan binolarga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan tanishing.
Qurtxonalarga o’rnatiladigan isitish asboblari, eshik, derazalarning, etajerka, so’kchak hamda so’rilarning joylashish sxemasi bilan tanishing.
Bino hajmiga qarab dezinfektsiya uchun sarflanadigan ish eritmasi va uning tarkibidagi formalin yoki monoxloraminning miqdorini aniqlang.
Qurt boqishda foydalaniladigan asbob-uskunalarning ro’yxati va miqdori bilan tanishib, ularni daftaringizga ko’chirib oling.
Dostları ilə paylaş: |