Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali agrologistika va biznes fakulteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə83/109
tarix09.02.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#52286
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi

Nazorat savollari:

  1. Ipak qurti urug’ini jonlantirishning nechta usuli mavjud?

  2. Ipak qurti urug’ini jonlantirish muddatlarini ayting.

  3. Inkubatoriyani tuzilishi qanday talablarga javob berishi kerak

14. Amaliy mavzu. Ipak qurti og’irligini aniqlash

Beshinchi yoshdagi qurtlar bargli novdalar bilan boqilganda ularning har 500 tasi uchun 1 kvadrat metr yoki bir quti urug’dan chiqqan qurtlar uchun 70 kvadrat metr sath bo’lishi eng muvofiq hisoblanadi. Bahoviddinovning ko’rsatishicha, bu norma qat’iy emas, chunki birinchi uch yoshdagi qurtlar ma’lum bir qalinlikda joylanib boqilganda yaxshiroq o’sadi, ularni ortiqcha siyraklashtirish o’sishiga yomon ta’sir qiladi, beshinchi yoshdagi qurtlarni siyraklashtirish chegarasi haligacha aniqlangan emas. Bahoviddinov bir quti urug’dan ochirilgan Bag’dod zot qurtlarni beshinchi yoshida 100 kvadrat metr maydonchada boqib juda yaxshi natijaga erishgan. Lekin, uning aytishicha, bu xulosa hali qat’iy emas, chunki bunda biologik tomondan boshqa, iqtisodiy tomondan ham alohida tekshirish talab qilinadi. Endi ayrim yoshlardagi qurtlarni joylash qalinligiga kelsak, bunda qurt tanasining joylangan sathi birinchi yosh davrida 5-6 hissa, undan keyingi yoshlardagi qurtlarniki esa 2,5-3,2 xissa kengayadi. Bir quti urug’dan endigina ochilib chiqqan qurtchalarni boqish uchun 0,5 kvadrat metr, ya’ni bir quti urug’ni ochirish vaqtida joylashtirish uchun talab etilgan maydoncha kifoya qiladi. Bundan tashqari, qurtlarni joylashtirish qalinligiga qarab ularning ovqatlanish sharoiti ham o’zgaradi, chunki bu narsaning profilaktik ahamiyati ham bor. Birinchidan, boqilayotgan qurtlar ortiqcha qalin joylashtirilganida qurt terisining kutikulyar qavati ko’p jarohatlanadi va qurt boqish vaqtida iflosliklar ko’payib, yuqumli mikroblar to’plana boshlaydi. Bu nuqtai nazardan yana shuni aytishimiz kerakki, bunday sharoitda qurtlarda barg uchun kurash zo’rayib, qoloq kategoriyadagi qurtlar paydo bo’la boshlaydi. Bunday qoloq qurtlar yuqumli kasalliklarni ancha tez yuqtiruvchan bo’lishlari sabali, yuqumli kasalliklarning avj olib ketishini qulaylashtiradi.

Qurt boqish maydonining katta kichikligi ipak qurtining joylanishiga va uning rivojlanishiga ta’sir etadi. Qurt boqish maydonining o’lchami qurtning ozuqlanishiga, xolatiga va rivojlanishiga ta’siri katta. Maydon o’lchami kichik bo’lsa, har bir qurtga kam ozuqa tushadi, ozuqa qurt axlati bilan ifloslanadi. Qurt tanasidan va g’anadan namlikni bug’lanishi qiyinlashadi, mikroiqlimiga ta’sir etib, kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar ko’payadi.

Qurtlar zich joylashganda bir-biriga halaqit berib, ustilaridan o’rmalab tirnoqlari bilan terisini jarohatlaydi, qonini zararlaydi. lishi ko’payadi, pillasi kichiklashadi, sifati va hosili keskin kamayadi.

Agarda qurt boqish maydoni juda katta bo’lsa qurtlar siyraklashadi, ishtaxasi yo’qoladi, sekin rivojlanadi. Barg, boqish inventarlar ortiqcha sarflanib iqtisodiy zarar keltiradi. SHuning uchun qurt boqish maydoni yoshlariga qarab me’yorida bo’lishi talab etiladi va ma’lum normativ asosida olib boriladi.

O’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki pilla hosili va sifati qurt boqish maydonining kattaligiga bog’liq. 1 quti qurt 50m2 da boqilganda – 50 kg, 70m2 da boqilganda 80 kg hosil olingan.

Kichik yoshlarida qurt boqish maydonining o’lchami qurtlarning hayotchanligiga, katta yoshlarda – pilla sifatiga ta’sir etadi. Ilg’or pillakorlar qurt boqish maydoni 70-80m2 gacha kengaytirib 80-90 kg gacha pilla hosili olishga erishganlar.

Qurt boqish maydonining kattaligi ipak qurtining o’lchamiga, uning egallagan joyiga va 1g yoki bir qutidagi qurtlarning soniga bog’lik /23 jadvalda/ jadvalda har bir yoshning oxirida bir dona qurtning yoshlari bo’yicha tana ko’rsatkichlari va egallagan maydoni ko’rsatilgan. Bir dona qurtning egallagan joyining hajmi, har bir yoshida 3-3,5 barobar kattalashadi. Natijada bir quti qurt 5 yoshda bir joyga to’plansa tahminan 23m2 joyni egallaydi. Lekin normal ozuqalanishi va rivojlanishi uchun 3 marta katta joyni egallash taqozo etadi.

23-jadval


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin