Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 368,33 Kb.
tarix06.04.2023
ölçüsü368,33 Kb.
#94107
11-амалий машғулот Ем-хашак экинлари морфологияси. Беда - умумий морфологик


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XО‘JALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI


О‘SIMLIKSHUNOSLIK KAFEDRASI



О‘simlikshunoslik
fanidan amaliy mashg‘ulot darsi uchun



Assistent, q.x.f.f.d., S.S.Tog‘ayeva

2023 - yil


Amaliy mashg‘ulot
Yem-xashak ekinlari morfologiyasi. Beda - umumiy morfologik
belgilari
Dars maqsadi: talabalarda dukkakli yem-xashak о‘tlarning tavsifi, umumiy morfologik belgilari Beda sistematikasi, turlari tо‘g‘risida kо‘nikmalar hosil qilish.
Kо‘rgazma material: Dukkakli yem-xashak о‘tlarning tavsifi keltirilgan jadval , о‘simliklar bog‘lamlari, mevalari, urug‘lari, gerbariylari.
Yem-xashak о‘tlari erta bahordan kech kuzgacha о‘sib, kо‘p marotaba о‘rim beradi. Bu о‘tlardan eng tо‘yimli va arzon ozuqa tayyorlanadi.
Dala ekinlarining orasida о‘zining biologik va xо‘jalik xususiyatlari bilan yem-xashak о‘tlari, alohida о‘rin egallaydi. Barcha yem-xashak о‘tlari, ikki guruxga bо‘linadi:
1 . Dukkaklilar (Fabaceae) oilasiga kiruvchi yem-xashak о‘tlar.
2 .Qо‘ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga kiruvchi yem-xashak о‘tlar.
Har ikkala guruhning о‘sishi va rivojlanishiga kо‘ra bir va kо‘p yillik turlari uchraydi.
О‘zbekiston hududida dukkakli yem-xashak о‘tlaridan beda, qizil sebarga, qashqar bedasi, bargak , quyon bedasi, bersim, shabdar kabi о‘simliklar keng tarqalgan.
Kо‘p yillik dukkakli о‘tlardan tarkibida oqsil kо‘p bо‘lgan va vitaminlarga boy pichan yoki kо‘k massa hosili olinadi.
Beda о‘t-dalali, yem-xashak va dala almashlab ekishlarda kо‘k massa, pichan, senaj bostirish uchun toza holda va boshqa ekinlarga qо‘shib ekiladi.
Beda sistematikasi

Beda avlodiga (Medicago) 50 ta tur kiradi, bularning orasida bir yillik va kо‘p yillik uchraydi. Eng kо‘p tarqalgan turlari:


1 . Ekma beda, kо‘k beda ─ M.sativa L
2 . Sariq beda ─ M. falcate L
3 .Zangori beda ─ M. coerulal L
4 . Duragay beda ─ M. media L
5 . Xmelsimon beda ─ M.lupulina


Sariq beda- kо‘p yillik о‘tsimon о‘simlik. Poyasi tik о‘sadi, yotib uchraydigan turlari ham k о‘p uchraydi. Bо‘yi 40-170 sm, poyasi tuklangan. Bargi murakkab, uch qо‘shaloq, chо‘zinchoq shaklda, tuklangan.
Tо‘pguli sariq rangli, kо‘p gulli, shingil. Dukkagi о‘roqsimon, kо‘p urug‘li, urug‘i sariq-jigarrang, buyraksimon, mayda, 1000 ta urug‘ning vazni 1-1,5 g.
Zangori beda kо‘p yillik о‘simlik, ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi tik о‘sadi, bо‘yi 50-70 sm, qirrali, ingichka tukli, Bargi murakkab, bargchalari
ingichka, mayda. Tо‘pguli shingil, gullari mayda, oq yoki qizg‘ish rangda.
Dukkagi mayda, sharsimon yoki burma shaklda о‘ralgan (2-4 marta), kо‘p
urug‘li, usti silliq, urug‘i mayda.
Xmelsimon beda Medicago lupulina bir-ikki yillik о‘simlik, poyasi egilib о‘sadi, gullari sariq mayda, rangli, Dukkagi buyraksimon, bir urug‘li.
Kо‘k beda morfologiyasi
Ildizi yaxshi rivojlangan о‘qildiz, sershox, tuproqqa 2 m dan ortiq chuqurlikka kirib boradi. Ildizining yon tamoniga shoxlanishi о‘simlik turining shakliga bog‘liq. Tik о‘sadigan tur xillarida ildizi pastroq shoxlanadi. Ildizining yо‘g‘onlashgan qismi ildiz bо‘yni, uning yuqori qismi ildiz boshchasi deyiladi. Ildiz boshchasida poya chiqaradigan kurtaklar joylashgan.
Poyasi о‘tsimon, yaxshi tuklanadi, usti silliq yoki qirali, tuksiz yoki tukli, ichi kavak, parenxima tо‘qimalari bilan tо‘lgan, rangi yashil, bо‘yi 60-120 sm.
Bir tupda 3-10 ta poya bо‘ladi, siyraklashgan holda 100 tagacha bо‘lishi mumkin. Tupining shakli har xil .
Bargi murakkab, toqpatsimon, uchqо‘shaloq. Bargchalari chо‘zinchoq, tuxumsimon shaklda. Poyaning pastki qismidagi barglar mayda, о‘rta qismidagilari yirik, yuqori qismidagilari о‘rtacha va ingichka bо‘ladi.Bargi yashil rangli, tukli yoki tuksiz. Bargning poyaga qо‘shilgan joyi 2 ta yon barglari bor, ularning kattaligi va shakli har xil.
Tо‘pguli qisqa zich shingil, barg qо‘ltiqlarida joylashgan. Shingilning kattaligi, zichligi, shakli, har xil. Bir shingilda о‘rtacha 10-13 ta gul bо‘ladi.Guli ikki jinsli, kapalaksimon, kо‘k va binafsha rangda.
Dukkagi burama shaklda, tuksiz va tukli, unda 6-12 ta urug‘ bо‘ladi. Dukkagi sariq, jigarrang va qora. Urug‘i mayda, sariq, yashil va jigarrangda, 1000 tasining vazni 1,5-3,5 g. 100 kg beda pichani 48,8, shuncha kо‘k massasi 17,2 ozuqa birligiga teng.


Nazorat uchun savollar

  1. Dukkakli yem-xashak о‘tlarga qaysi о‘simliklar kiradi?

  2. Bedaning nechta turi bor?

  3. Bedaning dukkagi qanaqa shaklda?

Yüklə 368,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin