Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bajardi: Kodirberganov Zafarbek Tekshirdi: Jumanazarov J. Sh


Biznes modelini tayyorlashda qanday qilib o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashingiz mumkin?



Yüklə 294,3 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü294,3 Kb.
#167771
1   2   3
kodirberganov zafarbek At 83

2.Biznes modelini tayyorlashda qanday qilib o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashingiz mumkin?
3.Startapning boshqa tashkilotlar, korxonalar yoki jamoaviy tadbirlar bilan hamkorlik qilishni o'rganishingiz mumkin?
4.Startapning tanitilish va reklama tizimi tuzilishini qanday amalga oshirishingiz mumkin?
5.Startapni shakillantirishda qanday biznes modulni tavsiya etasiz?
6.Startapni boshlashda va rivojlanishda nima muhimligi?
7.Startapning boshlang’ich nuqatsi bilan oxirigi nuqtasidagi farq qanchalik katta?


Mavzuga oid yangiliklar:
1.O‘zbekistondagi startap kompaniyalar Eron bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Batafsil:
Endilikda o‘zbek startap kompaniyalari Eron bozoriga kirishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, startap qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, O‘zbekiston-Eron qo‘shma startaplar loyihalari tanlovining 2-bosqichi o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash, mintaqada ekologik innovatsiyalarni yanada ko‘paytirish borasida ham hamkorlikka erishildi.
O‘zbekistonlik olimlar, ekologlar va tadqiqotchilar Erondagi Urmiya ko‘lining qurishi oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha Eron tajribasini o‘rganishadi. Bu maqsadda eronlik mutaxassislar ham O‘zbekistonga keladi.
Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat yosh olimlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, jumladan, o‘zbekistonlik yosh olimlar uchun Eroning yetakchi ilmiy muassasalari va yuqori texnologik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka dasturlarini davom ettirishlari uchun sharoit yaratiladi.
Hamkorlikning bu qismini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida 2024-yilda O‘zbekiston va Eron rektorlari forumini tashkil qilishga kelishildi. Ilk forumga Eron tomoni mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi”, — deyilgan xabarda.

2.O‘zbekiston startaplar uchun muhitni qanday yaxshilashi mumkin — OTB tahlili
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda startaplar faollashdi, biroq ularning rivojlanishi uchun ko‘proq resurslar kerakligi ta’kidlangan Osiyo taraqqiyot banki hisobotida.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, 2020-yilda mahalliy startaplar hamjamiyati 1200ga yaqin loyihani tashkil etgan va hozirga qadar sezilarli darajada o‘sgan. Ularning aksariyati mahsulot ishlab chiqishning dastlabki bosqichida.
Xususan, 13% startap minimal hayotiy mahsulotni yaratishga erishdi va bozorga kirishga tayyorlanmoqda yoki bu borada birinchi qadamlarini qo‘ymoqda. Kengaytirish bosqichlari hozirgacha joriy startaplarning atigi 2%ini tashkil etgan.
Mualliflar tomonidan o‘rganilgan startaplarning 30%i fintexda ishlagan. Ulardan keyin 27% bilan elektron tijorat va 24% bilan tibbiyot (HealthTech) turadi. Bundan tashqari, katta ulush ta’lim yoki EdTechga to‘g‘ri keladi — 18%.
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimi sekin-asta kengaytirilayotganiga qaramay, hali to‘liq shakllanmagan. OTB o‘zbekistonlik startaplar uchun tashqi moliyalashtirish defitsitini “tanqidiy cheklov” deb hisoblaydi.
Resurslarning asosiy manbai qatorida shaxsiy jamg‘armalar va yaqinlar yordami bilan birga, endilikda davlat ham bor. Masalan, keyingi to‘rt yilda Innovatsiya vazirligi tomonidan 122 ta startapga, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi va IT sohalariga 94 mlrd so‘m ajratildi.
2020-yilda tashkil etilgan UzVC milliy venchur fondi keyingi paytda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda. Venchur investitsiya bozorida bir qancha korporativ o‘yinchilarning bo‘lishiga qaramay, ular hali ham kam sonni tashkil etadi.
Biroq, fintex sohasi bundan mustasno bo‘lib, bunda banklar va to‘lov tashkilotlarining raqamli xizmatlar bo‘yicha stavkalari sabab startaplar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Boshqa sohalardagi loyihalar ko‘pincha bozorda mustahkamlangan kompaniyalar bilan ishlashni afzal ko‘rgan xaridorlarning zaif qiziqishlariga duch keladi. Davlat idoralari ham tavakkal qilishni va o‘z yechimlarini ishlab chiqishni xohlashmaydi yoki ularni chet eldan sotib olishadi.
OTBning qayd etishicha, startaplardan xaridlarni ko‘paytirish ekotizim rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biri bo‘ladi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlar o‘rtasida, Sog‘liqni saqlash vazirligi poliklinika va shifoxonalarda, ta’lim sohalari esa o‘quv muassasalarida mahalliy ishlanmalarni targ‘ib qilishi mumkin.
Shuningdek, startaplarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tartibga solish va ular bilan ishlashning aniq strategiyasini yaratish maslahat qilinadi. Yana bir tavsiya — korporativ akseleratorlar va venchur fondlari orqali tadbirkorlarning startaplarni rivojlantirishdagi ishtirokini rag‘batlantirish.
Bundan tashqari, startap yaratuvchilari uchun mentorlar sonini yetarli darajada oshirish zarurligi ta’kidlanadi. Bu, ayniqsa, ko‘pgina ta’sischilarning nisbatan yoshligi va tajribasi yo‘qligi inobatga olinsa, juda muhim, deyiladi OTB hisobotida.
Yüklə 294,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin