Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


Tender savdolarini o’tkazishda buyurtmachi quyidagi funksiyalarni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Tender savdolarini o’tkazishda buyurtmachi quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 


152 
1.
Tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, 
uning ishida qatnashadi; 
2.
Miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bog’liq 
bo’ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini 
belgilaydi; 
3.
Tanlov savdolarining tashkilotchisi bo’ladi (ushbu funksiyalarni jalb 
etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin); 
4.
Tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi; 
5.
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga 
qo’yiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predmetiga qo’yiladigan va tanlov 
hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi; 
6.
Belgilangan tartibda ekspertizaning o’tkazilishi va tanlov hujjatlari 
tasdiqlanishini ta’minlaydi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 
qo’mitasi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari to’g’risidagi hisobotni 
tasdiqlaydi; 
7.
Tanlov savdolari g’olibi bilan shartnoma tuzadi; 
8.
Tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq barcha 
xarajatlarni qoplaydi. 
Quyidagilar 
tanlov 
savdolari 
tashkilotchisining 
asosiy 
vazifalari 
hisoblanadi: 
1.
Tanlov savdolari o’tkazish tartib-qoidalarini belgilash; 
2.
Tanlov savdolari predmetiga qo’yiladigan maxsus, texnik va tijorat 
talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov 
savdolarini o’tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish; 
3.
Belgilangan shakl bo’yicha tanlov savdolari o’tkazilishi to’g’risidagi 
e’lonni matbuotda chiqarish va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish; 
4.
Agar tanlov hujjatlarida o’zgacha hol nazarda tutilmagan bo’lsa, arizalar va 
ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash; 
5.
Jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar 
yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish; 


153 
6.
Talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish; 
7.
Ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin