151
pudratchilar (yetkazib beruvchilar) umumiy sonidan
oldindan yetarlicha malaka
ma’lumotlariga ega bo’lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga
tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.
Agar pudratchilar (yetkazib beruvchilar)ning umumiy soni ikkitadan ortiq
bo’lmasa, u holda taklifnoma ularning har ikkalasiga yuboriladi va tanlov savdolari
ularning ishtirokida o’tkaziladi.
Yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet
qatnashchini taklif qilishi shart.
Yopiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda e’lon berilmaydi, tanlov
savdolari taklif etilgan talabgorlar o’rtasida o’tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq
tavsifini va o’ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lmaganda va
buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar o’tkazishga, qidiruvlar yoki
ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo’lgan hollarda o’tkaziladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o’tkaziladi:
-
birinchi bosqichda kontseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi
va tuzatilishi kerak bo’lgan, tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan shartlar asosida ishlab
chiqilgan oferta bahosi ko’rsatilmagan holda taqdim etiladi.
Tanlov savdolari
predmeti parametrlari bo’yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo’l
qo’yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida
qatnashishga yo’l qo’yiladigan ofertalar tanlab olinadi;
-
ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan
parametrlari
hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko’rsatilgan holda ofertalari
tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o’tgan qatnashchilarning takliflari va
buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Ikki bosqichli tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish qonun hujjatlariga
muvofiq "Davarxitektqurilish" qo’mitasi tomonidan
ishlab chiqiladigan va
tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: