Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Aylanma vositalar
(mablag’lar) – korxona (xo’jalik)ning faoliyatini 
moliyalash uchun foydalanadigan pul mablag’lari. Aylanma vositalar aylanma ishlab 
chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma ishlab chiqarish 
fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadi, har bir ishlab chiqarish 
davrida butunlay iste’mol qilinadi, o’z natural shaklini o’zgartiradi, uning qiymati 
etishtirilayotgan mahsulotga to’liq o’tadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi 
(xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xarajatlari, arzon baho anjomlar va b.). 
Muomala fondlari – mahsulotning korxonadan chiqib, to sotilishiga qadar muomala 
jarayonida band bo’lgan vositalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati
kassadagi naqd pul mablag’lari va bankdagi hisobvaraqda turgan mablag’lar). 
Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan birikishi iqtisodiy jihatdan asosli 
bo’lib, mablag’larning muomala va ishlab chiqarish sohalarida taqsimlanishini 
nazorat etishga imkon beradi. 
Aktiv
– (lot. activus – faol, ta’sirchan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining 
chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini
ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, 
kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi; 2) korxona yoki 
tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatli qog’ozlar va 
b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktivlar 
(veksellar, qimmatli qog’ozlar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi. 
Aktsiya
– (frants. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aktsiyador 
jamiyat chiqargan qimmatli qog’oz. O’z egasining aktsiyadorlar jamiyati kapitalida 
hissasi borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida 
olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aktsiya kursi
– aktsiyaning bozor narxi. Aktsiya kursi aktsiya keltiradigan 
dividend miqdoriga to’g’ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda 
o’zgaradi. Aktsiya kursi aktsiya nominalidan (aktsiyada ko’rsatilgan summadan) 
yuqori yoki past bo’lib, bu talab va taklifga bog’liq. Aktsiya kursini emitent emas, 


257 
bozor belgilaydi. Aktsiya narxining birjada belgilanishi 
birja kotirovkasi
deyiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin