259
jumladan, veksellarni hisobga olish, ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlarni garovga
olish yo’li bilan, bank resurslarini davlat obligatsiya
zayomlarini va korxona
aktsiyalarini sotib olish yo’li bilan investitsiyaga qo’yish.
Bankning passiv operatsiyalari
– resurslarni bank schetiga tushirish:
jamg’armalarni
qamrab olish, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish,
Markaziy bank pul emissiyasi, banklarning xususiy jamg’armalarining tashkil etilishi
va h.k.
Bank ssudasi
– bankning foiz to’lovi sharti
bilan kreditga berilgan pul
mablag’i. Qisqa va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.
Bank foiz stavkasi
– bank ssudasidan foydalanganlik
uchun belgilangan haq
miqdori. Qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kreditning
turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq.
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning
bank muassasalariga
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari.
Bank tizimining likvidligi
– banklarning o’z majburiyatlarini o’z
vaqtida va
to’liq hajmda bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat
ichida pulga aylanish
qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini moliyalash bilan
birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini samarali boshqarish.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablari
– bank tizimining barqaror
amal qilishi hamda o’z majburiyatlarini bajara olishini ta’minlash uchun o’rnatilgan
xalqaro me’yorlar majmui bo’lib, u kapitalning etarlilik darajasini, banklarni nazorat
qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo’yilgan talablarni ifodalaydi.
Bankrot
– 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o’z
qarz majburiyatlari
bo’yicha mablag’i bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi; 2) xo’jalik sudi
tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar
talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z
majburiyatini bajarishga qodir emasligi.
Dostları ilə paylaş: