Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Bankrotlik riski 
– tadbirkor tomonidan xususiy kapitalini butkul yo’qotish 
xavfi bilan bog’liq risklar. 


260 
Balans foyda
– mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va 
chiqimlar hamda majburiy to’lovlar chegirilganidan so’nggi korxona yalpi 
daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan yalpi foydadir.
Birja 
– qimmatli qog’ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xom ashyo sotiladigan 
va xarid qilinadigan muassasa. 
Birjaviy risklar 
– birjaviy bitimlardan ko’riladigan zararlar xavfi mavjud 
bo’lgan risklar.
Biznes
– (ingl. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan 
xo’jalik faoliyati; foyda olish maqsadlari ko’zlangan va qonunlarga xilof bo’lmagan 
har qanday tashkiliy faoliyat. 
Biznes-reja
– aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari 
tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan 
tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o’z aksini topadi. 
Boshlang’ich kapital 
– investitsiya qilish uchun to’plangan dastlabki summa 
yoki ish boshlash uchun kerak bo’ladigan sarmoya. 
Bojxona to’lovlari
– mamlakat chegarasi orqali o’tkaziladigan (olib 
kiriladigan va chiqariladigan) tovar-moddiy boyliklar uchun to’lanadigan haq. 
Bozor infratuzilmasi
– bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini 
ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. 
Bozor kon’yunkturasi
muayyan davrdagi bozor holati; bozorda 
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi.
Byudjet
– (ingl. budget – hamyon, mablag’) – belgilangan muddat uchun 
ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan 
daromadlar va xarajatlar yig’indisi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin