262
oshiriladigan chora-tadbirlari majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga
erishishga qaratilgan.
Valyuta riski
– bir valyutaning boshqasiga nisbati bo’yicha kursning
o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotilishi xavfi sifatida namoyon bo’ladi.
Veksel
– (nem. wechsel – ayirboshlash) – ko’rsatilgan
muddatda muayyan
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat;
qimmatli qog’oz. U universal to’lov, kredit va hisob vositasi bo’lib, xalqaro savdoda
to’lov majburiyati; qisqa muddatli tijorat-kredit vositasi;
banklararo uzoq muddatli
munosabatlarni shakllantiruvchi vosita; banklardan ssuda olish uchun garov tarzida
keng qo’llaniladi.
Garov huquqi
(fuqarolik huquqida) – bir shaxsning majburiyatlarni ta’minlash
uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov)ni tartibga soluvchi va
mustahkamlovchi huquqiy me’yorlar majmui.
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
– jahonning deyarli barcha mamlakatlarida
moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan
chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi.
Davlat byudjeti
– davlatning muayyan vaqt (odatda, bir yil)
uchun
mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat
ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib,
u davlat moliyasining bosh
bo’g’ini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat byudjeti va mahalliy
byudjetga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: