Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Er uchun ijara haqi
uning hajmi, shartlari va o’tkazish muddatlari 
shartnomaga muvofiq o’rnatiladi. Qishloq xo’jaligi maqsadlariga mo’ljallangan erlar 
ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan er solig’ining 
summasidan oshmasligi kerak.
Yopiq aktsiyadorlik jamiyati
– aktsiyalari faqat o’zining ta’sischilari yoki 
oldindan belgilab qo’yilgan boshqa shaxslar o’rtasida taqsimlanadigan jamiyat. 
Jamg’arish 
– joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish 
orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayon. Jamg’arishning 
asosiy funktsiyasi takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga 
ko’maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o’sib va 
o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat. 
Jamg’arma
– aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi 
ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishi.
Jahon banki
– xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan 
muassasa maqomiga ega bo’lgan 3 ta mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro 
taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Ba’zi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi. 
Jahon bozori
– xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro 


265 
bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar pul munosabatlari tizimi.
Jahon bozori kon’yunkturasi 

 
jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu 
bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o’zgarish tendentsiyalari. 
Zararlar 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin