fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs
tomonidan ikkinchi shaxsga etkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli.
Zararsizlik nuqtasi – mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan
mahsulot tannarxiga teng bo’lgandagi grafik nuqtani anglatadi. Bunda eng asosiy
maqsad xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish xajmini aniqlashdan
iborat. Xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus nuqtani
tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Bunda
korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan
tushum mahsulotning to’liq tannarxiga (xarajatlarga) barobardir. «Zararsizlik
nuqtasi»dagi sotishdan tushgan tushum o’zini zararsiz sotish qiymati sifatida namoyon
etadi, mahsulot birligi bu holatda zararsiz sotish bahosi hisoblanadi.
Ijara shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko’ra, ijaraga
beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va
foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijara haqi – ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to’lovning turi. Asosiy
fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun
amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish
tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini
rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar.
Import (ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida
sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o’tkazib yuborish uchun chet
el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog’ozlar va boshqalarni
keltirish.