263
shuningdek, davlatga tegishli bo’lmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotishi.
Davlat qimmatli qog’ozlari
– byudjet kamomadlarini
qoplash maqsadlarida
hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan chiqarilgan va albatta, hukumat
tomonidan kafolatlangan qimmatli qog’ozlar.
Davlat krediti
– kredit munosabatlarida bevosita davlatning ishtiroki bilan
xususiyatlanadi. Davlat krediti davlat byudjetidan ustuvor investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bo’yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi.
Daromad solig’i
– moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan
jismoniy shaxslarning soliq solinadigan
jami daromadlaridan, yuridik shaxslarning
soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan to’g’ri, umumdavlat
solig’i.
Daromadlilik indeksi (
profitobility index, PI
)
–
investitsiya
loyihasining
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya xarajatlariga nisbati
tushuniladi, bu ko’rsatkich investorning 1 so’m sarf qilgan investitsiyalariga necha
so’m daromad kelishini aniqlab beradi.
Dostları ilə paylaş: