157
boshqalar) ni tugatish muddatlari, mahsulotni
yetkazib berish muddatlari, ish joyini
tayyorlash muddatlari bilan xarakterlanadigan loyiha jarayonlarini bajaruvchi
tashkilotlarining kooperatsiyalashuvi, yil, kvartal bo’yicha
taqsimot bilan material,
texnika va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni. Bu darajada rejaning asosiy
maqsadi (vazifasi) ni amalga oshirishning oraliq bosqichlari qay tarzda loyihaning
so’nggi maqsadi yo’nalishi bo’yicha bajarilishini ko’rsatishdan iborat, Strategik reja
ichki
va tashqi muhitni, loyiha komandasi uchun maqsadlarni belgilab beradi va
loyihaning umumiy ko’rinishining ta’minlaydi.
Loyiha menejeri alohida bosqichlarni investor bilan loyihaning yagona bir
strategiyasida birlashtiradi.
Shuningdek bu darajada komandaning bo’limlari bo’yicha
ishlarni
taqsimlashga yordam beradigan oraliq bosqichlarga e’tibor jamlanadi, bo’limlari
bosqichlarni bajarish bo’yicha vazifalar oladi va loyiha komandasining boshqa
a’zolariga qaramay o’z ishini rejalashtiradi. Ular loyihaning bosqichlarini ma’lum bir
muddatda bajarishlari lozimligini bilishadi.
Taktik darajada:
-
joriy reja - ishlar majmuasining bajarilish muddatlarini resurslarga bo’lgan
ehtiyojni
aniqlaydi, bajaruvchi tashkilotlar javob beradigan ishlar o’rtasidagi
chegaralarni yil va kvartallar bo’yicha aniq belgilaydi.
operativ reja - ishlar majmuasi bo’yicha ishtirokchilarga vazifalarni oy,
xafta, sutkaga detallashtirib beradi.
Rejalar boshqarish funksiyalari bo’yicha detallashtirilishi mumkin. Funksional
reja (tayyorlov ishlari. Material va uskunalarni keltirish, qurilish boshlanish davri va
ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish) har bir yoki bir tashkilot tomonidan
bajariladigan ishlarni majmuasiga ishlab chiqariladi.
Shuningdek loyiha ishlarini qamrab olish darajasi bo’yicha
rejalarni farqlash
lozim:
1.
jamlama, majmuaviy, asosiy (loyiha barcha ishlariga);
2.
ishtirokchilar tashkilotlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy);
3.
ishlar turlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy).
158
Kalendar rejalarning turlari rejalashtirishdan ko’zlangan maqsadlar loyihaning
xususiyatlari va boshqarishni tashkillashtirishga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: