Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 


155 
8-BOB. 
INVESTITSIYA 
FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISHDA 
INVESTITSIYA MUHITINING O‘RNI 
 
8.1. Loyihani rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish usullari va 
ularning mazmuni. Loyihani boshqarishni tashkil qilishning maqsadi 
Rejalashtirishdan asosiy maqsad – loyihaning pirovard natijalariga erishishni 
ta’minlaydigan ishlar majmuasini bajarish uchun loyihaning barcha ishtirokchilarning 
integratsiyasini (yig’ilishi) ta’minlash. 
Rejalashtirish – bu ishtirokchi-tashkilotlar hamda ishlar o’rtasidagi 
munosabatning maqsad va parametrlarini aniqlashni, loyiha oldiga qo’yilgan 
maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan boshqa tashkiliy texnologik va iqtisodiy 
yechimlarni tanlash va resurlarni taqsimlashni ko’zda tutuvchi harakatlar majmui. 
An’anaviy ravishda quyidagi rejalar tizimi vujudga keldi. Investitsiyalashdan
oldingi bosqichda TIA va investitsiyalarning tarkib topishida - birlashtirilgan loyihani 
amalga oshirish rejasi, resurslarning asosiy ko’rinishlariga bo’lgan ehtiyojni hisobga 
olgan holda loyihani hujjatlashtirishni ishlab chiqish bosqichida 
qurilishni 
tashkillashtirish loyihasi
ning tarkibida (QTL): 
• loyihaning aniq rejasi butunligicha; 
• qurilish sohasidagi loyihaning kalendar rejasi; 
• tayyorlanish davrining kalendar rejasi; 
• yiriklashtirilgan grafigi (mukammal loyiha uchun); 
qurilishning asosiy rejasi
• ob’ektlarni joylashtirish va qurishning tashkiliy-texnologik sxemalari; 
• asosiy ishlarning qaydnomasi; 
• material-texnik resurslarga ehtiyoj; 
• qurilish mashinalariga ehtiyoj. 
Tashkiliy-texnologik tadbirlar hamda ishlarni ishlab chiqish loyihasining 
tarkibi yaratilishi bosqichida: 
• ishlar majmuasi yoki ob’ekt bo’yicha bajariladigan ishlarni ishlab chiqishning 


156 
kalendar rejasi; 
• majmuaviy grafigi; 
• qurilish ob’ektining asosiy rejasi; 
• qurilish ob’ektiga kiritilgan materiallar grafigi; 
• ishchi kadrlar harakati grafigi; 
• soatbay grafiklarni hisobga olgan holda texnologik kartalar; 
• ishlarning har xil turlarini bajarish bo’yicha tadbirlar
• operativlik-dispetcherlikni boshqarish bo’yicha takliflar. 
Qurilish tashkilotlarida ishlar dasturini ishlab chiqarishda amalda ro’y 
berayotgan ishlab chiqarishdagi holatlar va mavjud mehnat va material-texnik 
resurslarni ish fronti tayyorligini hisobga olgan holda ob’ektlarni ko’rish, resurslar va 
boshqa PPR hujjatlarining kelish grafiklarining kalendar rejalariga tuzatish qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin