portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
3-jadval Korxonalar faoliyatining umumiy nisbiy ko‘rsatkichlari (ming so‘m) №
Ko‘rsatkichlar
Joriy
davr
O‘tgan
davr
Dinamika
(faiz)
1. Korxona mol-mulkining o‘rtacha qiymati 27868
30550
109,6
2. Ishlab
chiqarish fondlarning o‘rtacha
qiymati
25867
28041
108,4
3. Yalpi mahsulot
678968 611071
90,0
4. Yalpi foyda
10953
10405
95,0
5. Mol-mulk qiymatining har bir so‘miga:
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
24,3
20,0
82,3
- olingan yalpi foyda.
39,0
34,0
87,2
6. Ishlab chiqarish fondlarining har bir
so‘miga:
- ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot;
26,2
21,8
83,2
- olingan yalpi foyda.
42,0
37,0
88,1
Joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan korxona faoliyatining umumiy
samaradorligi pasaygan. Korxona mol-mulkining har bir so‘miga nisbatan ishlab
chiqarilgan yalpi mahsulot 17,7 %ga, olingan yalpi foyda 12,8 %ga kamaygan. Shu
davrda korxona ishlab chiqarish fondlarining har bir so‘miga nisbatan ishlab
chiqarilgan: yalpi mahsulot 16,8 %ga, olingan yalpi foyda 11,9 %ga kamaygan,
demak,
korxonada
mol-mulkdan,
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish
samaradorligi pasaygan, lekin ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi
pasayishi mol-mulkka nisbatan kamroq.
Korxonalar moliyaviy holatini umumiy baholashda ularning mablag‘lari
dinamikasini va tarkibi o‘zgarishini tahlil etish katta ahamiyatga ega, chunki,
mablag‘larning dinamik va tarkibiy o‘zgarishi moliyaviy holatni aniqlovchi
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shu ko‘rinishda korxona mablag‘lari manbalarining dinamik va tarkibiy
o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari, korxona tovar-moddiy zaxiralari ya’ni moddiy aylanish
mablag‘larning dinamik va tarkibiy hamda tahlil natijalariga binoan tegishli xulosalar
qilinadi va tavsiyalar beriladi.