Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


 Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy tahlil uslubining



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

 
2.2. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy tahlil uslubining 
ishlab chiqilishi 
 
Korxonalarning umumiy iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini, jumladan, moliyaviy 
faoliyatini tahlil qilish muammolari odatda ikki yo‘nalishda olib boriladi: 
Birinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, maqolalar, qo‘llanmalar, 
monografiyalar chop etiladi. 
Ikkinchidan, moliya vazirligi va korxonalarning moliyaviy faoliyatidan 
manfaatdor bo‘lgan boshqa organ, tashkilotlar tomonidan moliyaviy tahlilning 
me’yoriy asoslari, uslubiy ko‘rsatmalari barpo etiladi. 
Bu odat hozirgi paytda ham respublikada davom etayapdi. Ilmiy-tadqiqot ishlari 
bajarilyapti, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilyapti. Bu ishlar bozor munosabatlariga 
moslangan ravishda respublikada boshlangan bo‘lsada, lekin bajarilgan ishlardan 
moliya tahlil uslubini hali batafsil shakllangan deb bo‘lmaydi. 
Toshkent Moliya instituti tahlil kafedrasining mudiri iqtisod fanlari nomzodi, 
dotsent Akramjon Ibrahimovning o‘zbek tilida chop etilgan «Moliyaviy tahlil» nomli 
risolasida moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tasnifi tavsiya 
etilgan: 
1. Korxonaning moliyaviy faoliyati tahlili: balans tahlili; mol-mulk tarkibi 
tahlili; korxona mablag‘larining manbalari tahlili; moliyaviy mustahkamlik tahlili;
qarzlarni qaytib berish qadrining tahlili; korxona mablag‘lari harakati tahlili. 
2. Korxona moliyaviy faoliyati yakunlari tahlili: balansdagi foydaning tarkibiy 
va dinamik tahlili; mahsulot realizatsiyasidan olingan foyda va unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlili; korxonaning boshqa daromadlari va xarajatlari tahlili;
korxonaning yalpi va sof foydasi tahlili; korxona rentabelligi va unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlili; korxona foydasining taqsimlanishi tahlili. Ko‘rinib 
turibdiki, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tasnifida korxonalar moliyaviy 
holatining hamma yo‘nalishlari shakllari ifodalangan emas. Masalan, balans likvidligi 
va hokazo. 


31 
1995 yili Moliya vazirligi tomonidan har oyda chop etiladigan «O‘zbekiston 
Respublikasi moliyaviy qonunlari» to‘plamida A.N. Li va S.I. Shevchenkolarning 
«Korxonalar moliyaviy tahlilining asosiy tamoyillari» nomli maqolasida moliyaviy 
tahlil uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etilgan: 
1. Moliyaviy holatni umumiy baholash. 
2. Moliyaviy barqarorlikni (mustahkamlikni) tahlil etish koeffitsientlari, 
likvidlik koeffitsientlari, korxona kapitalining tarkibiy koeffitsientlari, moliyaviy 
mustahkamlikni baholash mezoni. 
3. Korxonalar faoliyati samaradorligining tahlili korxonalarning haqiqiy 
samaradorligi, rentabellik koeffitsientlari, bozorga oid aktivlik koeffitsientlari, 
korxonalarning potentsial ko‘rsatkichlari, ishchanlik-aktivlik koeffitsientlari hamda 
korxona xarajatlariga, foydasiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. 
Mualliflar tavsiyalarida moliyaviy holatning mustahkamligini barqarorlik bilan, 
moliyaviy mustahkamlikni balans likvidliligi bilan aralashtirgan va korxonalarning 
moliyaviy faoliyatini hamma shakllari emas, bir qism shakllari, yo‘nalishlari 
ifodalangan. 
Moliyaviy tahlil muammolari bo‘yicha respublikada ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi 
olimlardan, Samarqand kooperativ institut professori, iqtisod fanlari doktori I.T. 
Abdukarimovning ham rus, ham o‘zbek tilida chop etilgan «Moliyaviy hisobotni 
qanday o‘qish va tahlil qilish kerak» nomli monografiyasida moliyaviy tahlil 
quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1. Moliyaviy hisobot, uning tavsifi. Bu bosqichda moliyaviy hisobotning 
mohiyati, mazmuni, tarkibi quriladi, buxgalteriya balansi moliyaviy tahlilning asosiy 
manbai sifatida ifodalanadi, buxgalteriya balansining boshqa moliyaviy hisobot 
shakllari bilan aloqasi yoritilgan va buxgalteriya balansini haqiqiyligini va balansni 
tahlil qilishga tayyorlash muammolari yoritilgan. 
2. Moliyaviy hisobotga asoslanib, korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil 
qilish yoritilgan. Bu bosqichda bozor munosabatlari davrida moliyaviy tahlilning 
tutgan o‘rni, korxona balansining tarkibini tahlil qilish, korxona mablag‘larining 
holati va foydalanish darajasi tahlili, korxona mablag‘larining manbalari tahlili, 
qarzlarni qaytib berish qadri, moliyaviy mustahkamlik, debitorlik, kreditorlik 
qarzlarni tahlil qilish, shaxmat balansini tuzish muammolari, korxonalar faoliyati 
moliyaviy yakunlarini tahlil qilish masalalari ko‘rilgan. 
Muallif tavsiyalarida bozor munosabatlari talablari kengroq e’tiborga olingan va 
moliyaviy tahlil ketma-ket o‘tkazilishi ifodalangan. 
O‘zbekiston Respublikasi yosh iqtisodchi olimlaridan iqtisod fanlari nomzodlari 
M.K. Pardaev, B.I. Isroilovlar 1999 yili «Moliyaviy tahlil» nomli uslubiy 
ko‘rgazmalar va tavsiyalar albomini chop etdilar. Bu to‘planma uch qismdan iborat. 
Birinchi qism, «Moliyaviy tahlilning nazariy asosi»da moliyaviy tahlilning 
mazmuni, tarkibi, shakllari va maqsadi ko‘rilgan. 
Ikkinchi qism, «Korxona moliyaviy holatining tahlili»da korxonalarning 
iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil qilish, korxona mablag‘larining alohida 
turlari tahlili, korxonalarning o‘zlik va tashqaridan olingan mablag‘lar tahlili, 
korxona barqarorligi, likvidliligini, moliyaviy mustahkamligini, bankrotlikni va bozor 
faoliyatining tahlil qilish ko‘rsatkichlari ko‘rilgan. 


32 
Uchinchi qism, «Moliyaviy natijalar tahlili»da moliyaviy yakunlar tahlili, 
korxonada foyda tahlili, rentabellikni, savdo, aktsiyadorlik jamiyatlarida foyda va 
rentabellik ko‘rsatkichlari tahlil etilgan. 
Qo‘llanmada berilgan tahlil bosqichlari bo‘yicha moliyaviy tahlilda 
foydalanadigan ko‘rsatkichlarning va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning tasnifi, 
ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari, olingan natijalarni chizma jadvallarda ifodalanishi 
yaqqol ko‘rsatib berilgan. 
Respublikada moliyaviy tahlil usulini shakllanishida kerakli uslubiy-me’yoriy 
materiallarni tayyorlash ham o‘z o‘rnini topgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan kerakli materiallar ishlab chiqarilmoqda. Yuqorida 
aytilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘z buyrug‘i bilan 1997 yil 
15 yanvarda yangi moliyaviy hisobot tizimini tasdiqladi, 1998 yil 26 iyulda qabul 
qilingan buyrug‘iga binoan korxona balansiga ilova bo‘lmish “Moliya-iqtisodiyot 
holati to‘g‘risida ma’lumotnoma”ni (26-shakl) to‘ldirish buyurtnomasi tasdiqlandi. 
1997 yil 17 aprelda korxonalarni bankrot va sanatsiya masalalari bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasi tomonidan «Korxonaning moliyaviy 
tahlili bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» qabul qilinib, unda quyidagi moliyaviy tahlil 
shakllari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan: 
1. Moliyaviy holatning tahlili — balans valutasi dinamikasini, balans passivlari 
tarkibini, asosiy vositalar va aylanmadan tashqari aktivlar va moliyaviy natijalar 
tahlili. 
2. Moliyaviy mustahkamlikning tahlili - zaxira va xarajatlarni shakllantirish 
manbalari bilan ta’minlanganligi, moliyaviy mustaqillik koeffitsientlari, o‘z va 
qarzga olingan mablag‘larning o‘rtasidagi nisbat, zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari 
bilan ta’minlanganligi, qarzlarni qaytib berishga qodirlik koeffitsienti. 
3. Korxonalarning iqtisodiy holati tahlili — qarzlarni qaytarib berish qobiliyatini 
tiklash koeffitsienti, faoliyatni manevrlash koeffitsienti, korxonaning ishlab chiqarish 
mol-mulkini real qiymati koeffitsienti. 
4. Korxona rentabelligi tahlili - mahsulotlarni realizatsiya qilishning real 
koeffitsienti, asosiy vositalarning rentabellik koeffitsienti, permanent kapitalining 
rentabellik koeffitsienti, kapitalning umumiy aylanishining rentabellik koeffitsienti. 
Bu uslubiy ko‘rsatmalarda korxonalar moliyaviy faoliyatining shakllari, 
yo‘nalishlari to‘liq ravishda o‘z ifodasini topmagan. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi tomonidan 1996 yili 
tasdiqlangan «Korxona moliyaviy holatining tahliliy uslubi»da moliyaviy holat 
quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinishi tavsiya etilgan: 
1. Moliyaviy holatni umumiy baholash, balans valutasining dinamikasi, korxona 
mablag‘lari va ularning manbalari ko‘rsatkichlari. 
2. 
Korxonaning 
moliyaviy 
mustahkamligi 
tahlili 
— 
moliyaviy 
mustahkamlikning 
mutlaq, 
me’yoriy, 
nome’yoriy 
va 
inqiroz 
shakldagi 
ko‘rsatkichlari, korxonaning o‘zlik va qarzga olingan mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat, 
tashqaridan olingan qarzlarni uzoq muddatlik koeffitsienti, o‘z mablag‘larining 
manevrlik koeffitsienti, asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lar qiymatining 
reallik koeffitsienti. 
3. 
Korxona 
tomonidan 
olingan 
qarzlarni 
qaytarish 
qadri 
(likvidlik) 


33 
ko‘rsatkichlari — balans likvidligining mutlaq, o‘tish va umumiy koeffitsientlari, sof 
foyda koeffitsienti. 
Bu yerda ham tavsiya etilgan moliyaviy holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar to‘liq 
emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan 
korxonalarning iqtisodiy nochorlik masalalari bo‘yicha qo‘mitaning 1997 yilda 
tasdiqlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy holatini tahlil qilishning 
uslubiy tavsiyalari»da quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanilgan: 
1. Moliyaviy holati tahlili — balansning aktiv va passiv tomonidagi ma’lumotlar 
tahlili. 
2. Moliyaviy mustahkamlik tahlili — moliyaviy mustahkamlikning mutlaq, 
me’yoriy, nome’yoriy va inqiroz darajadagi ko‘rsatkichlari. 
3. Moliyaviy koeffitsientlar tahlili — qarzlarni qaytarish qadri, o‘zlik va qarzga 
olingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti, o‘z 
aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsientlari. 
4. Moliyaviy yakunlar tahlili — mahsulot va korxona aktivlari rentabelligi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotni 
tayyorlar va topshirish kontseptual asoslari tasdiqlandi, respublikada moliyaviy 
tahlilga taalluqli bo‘lgan milliy andozalardan «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», 
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlar», «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» 
va boshqa me’yoriy materiallar qabul qilindi. 1999 yil 27 iyulda O‘zbekiston 
Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoshidagi korxonalarning 
iqtisodiy holatsizligi masalalari bo‘yicha qo‘mita tomonidan «Korxonalarning 
iqtisodiy noholatsizligini aniqlash mezonlari tizimi» tasdiqlandi. 
Yuqorida ko‘rilgan me’yoriy, uslubiy ko‘rsatmalar bozor munosabatlarining 
talablariga javoban ishlab chiqildi. Ular korxonalarni moliyaviy faoliyatini tahlil 
qilish uslublarini shakllanishida, albatta, katta ahamiyatga ega. Lekin respublika 
miqyosida 
bu 
ishlarni 
muvofiqlashtirilmaganligi 
sababli 
moliyaviy 
tahlil 
muammolarini ishlab chiqishda, tadqiqot ishlarini olib borishda yechilmagan 
masalalar, o‘zaro kelishmovchiliklar hali kam emas. Bu muammolarni 
muvofiqlashtirish, aniq nazorat o‘tkazish Respublika Moliya vazirligi tomonidan 
amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Chunki, bu borada Moliya vazirligi 
tomonidan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, vazirlik tomonidan 
har oyda «O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari» nomi bilan materiallar 
to‘plami chop etilayotir. 1995 yil bu to‘plamga 3-ilova sifatida «Moliyaviy hisob va 
hisobotning asosiy shakllari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha eslatma» chiqarildi. Bu 
eslatma moliyaviy hisob va hisobot mazmuni bilan birga moliyaviy tahlilda quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etilgan: 
1. Likvidlik koeffitsientlari: joriy likvidlik; shoshilinch likvidlik; mutlaq 
likvidlik; sof aylanma mablag‘lar. 
2. Ishchanlik-aktivlik koeffitsientlari: aktivlarning aylanib turishi; debitorlik 
qarzlarning aylanib turishi; kreditorlik qarzlarni aylanib turishi; moddiy ishlab 
chiqarish zaxiralarini aylanib turishi; operatsion sikli muddati. 
3. Rentabellik koeffitsientlari: aktivlar rentabelligi; realizatsiya rentabelligi;
o‘zlik kapitali rentabelligi; bir aktsiyaning foydaliligi.


34 
4. Kapitalning tarkibiy koeffitsientlari: moliyaviy nomustaqillik koeffitsienti;
mulk koeffitsienti; kreditorlarni himoyalash koeffitsienti;
5. Bozor-aktivlik koeffitsientlari: narx-foyda nisbati; aktsiyaning daromadliligi;
aktsiyaning balansdagi narxi; to‘langan dividendlarning salmog‘i. 
1996 yil «O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari» to‘plamining 5-
ilovasida davlat tasarrufidan chiqarilgan boshqa mulk shakllariga aylantirilgan 
korxonalar investitsiya loyihalari va kredit resurslarni olish uchun biznes -rejalar 
tuzish to‘g‘risidagi tavsiyalar chop etilgan. Bu tavsiyalarda korxonalarning moliyaviy 
holatini tahlil qilish maqsadida quyidagi moliyaviy koeffitsientlar tasdiqlangan:
- joriy likvidlik koeffitsienti; 
- moliyaviy nomustaqillik koeffitsienti; 
- mulk mustaqillik koeffitsienti; 
- moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti; 
- manevrlik koeffitsienti; 
- asosiy fondlarni tiklash koeffitsienti; 
- aktivlar rentabelligi; 
- realizatsiya rentabelligi va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi materiallaridan ko‘rinib turibdiki, 
ishlab chiqarilgan tavsiyalarda bozor munosabatlarining talablari e’tiborga olingan. 
Demak, respublikada korxonalarni moliyaviy holatini tahlil qilishning ham nazariy, 
ham amaliy-uslubiy muammolari bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqot va me’yoriy 
materiallarni tayyorlash bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirilyapti. Lekin 
respublikada 
shakllanayotgan 
moliya 
tahlili 
uslubi 
hali 
to‘liq 
bozor 
munosabatlarining talablariga javob bormaydi. 
Yuqorida tahlil qilingan, umumlashtirilgan, respublikada mavjud iqtisodiy 
adabiyot va ishlab chiqilgan me’yoriy materiallar bizni quyidagi xulosalarga olib 
keldi: 
- korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish bo‘yicha bajarilgan ishlarda har 
xil yo‘nalishlar tavsiya etilgan; 
- moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun organ va tashkilotlar har xil shaklda bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarni tavsiya etganlar; 
- ko‘p qilingan tavsiyalarda korxonalar moliyaviy faoliyatini ifodalovchi 
moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan birga moliyaviy holatga aloqasi bo‘lmagan 
ko‘rsatkichlar ham foydalanilgan; 
- tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar tizimida, tahlil etish bosqichlarida hamma vaqt 
ham asoslangan ketma-ketinlik talablari e’tiborga olinmagan; 
- korxonalarning moliyaviy holati tahlili va korxonalarning iqtisodiy noholatsiz 
yoki iqtisodiy holatning qoniqarsizligi alohida ko‘rilmagan, yoritilmagan. 
Bu xulosalar shuni tasdiqlaydiki, respublikada moliyaviy tahlil muammolari 
ham nazariy, ham amaliy nuqtai nazardan yana tadqiq etilishi maqsadga muvofiqdir. 
Fikrimizcha bu borada kerakli ishlarni davom ettirishda, bajarishda quyidagi 
tamoyillarga e’tibor berish lozim: 
1. Moliyaviy tahlilda hisob va hisobot tizimini bozor munosabatlariga moslab 
takomillashtirishni, ularni xalqaro andozalarga o‘tkazishni e’tiborga olish, chunki bu 
ishlar 
moliyaviy 
tahlil 
axborot manbalarini boyitadi va foydalanilayotgan 


35 
ko‘rsatkichlar tarkibini o‘zgartiradi. 
2. O‘tkazilayotgan moliyaviy tahlil respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
siyosatga bo‘ysundirgan, respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllanishiga yordam berishi kerak. 
3. Respublikada bozor munosabatlari tobora shakllanib borar ekan, moliyaviy 
tahlil usuli ham tobora takomillashib borishi lozim. 
4. Respublikada bozor munosabatlari shakllanib borar ekan, korxonalararo 
raqobat munosabatlari ham rivojlanib boradi. Demak, moliyaviy tahlilda tahlil 
qilinayotgan 
korxonaning 
moliyaviy 
faoliyati 
boshqa 
korxonalar, 
ayniqsa, 
raqobatdagi korxonalar moliyaviy holati bilan hamma vaqt taqqoslanib turilishi 
lozim. 
5. Albatta, moliyaviy tahlilning maqsadi korxonalarning moliyaviy faoliyatini 
yaxshilashdan iborat ekan, moliyaviy tahlil hamma vaqt, demak, kerakli tavsiya va 
takliflar bilan yakunlanishi maqsadga muvofiq. 
6. Bozor munosabatlari shakllanishi davrida korxona va umuman xalq 
xo‘jaligining boshqaruv tizimi yangidan barpo etilishi lozim. Moliyaviy tahlil 
korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishda asosiy qurollardan, omillardan 
biriga aylanishi kerak. 
Kelgusi 
boblarda 
xorijiy 
mamlakatlarning moliyaviy tahlilini o‘tkazish 
tajribasidan foydalanib, respublikada shakllanayotgan moliyaviy tahlil usuliga 
asoslanib, bozor munosabatlari davrida moliyaviy tahlil oldiga qo‘yilgan vazifalarni 
e’tiborga olib, korxonalar moliyaviy faoliyatini kompleks ravishda tahlil etish usullari 
qurilgan. 
Shu maqsadda moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlarda o‘tkazish yoritiladi: 
- korxonalarning moliyaviy faoliyatini umumiy baholash; 
- korxonalarning moliyaviy mustahkamligi tahlili; 
- buxgalteriya balansining likvidlik tahlili; 
- aylanma mablag‘larning aylanib turishi va korxonalarning moliyaviy holati; 
- mahsulotlarning tannarxi va korxonalarning moliyaviy holati. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin