Tayanch iboralar
Moliyaviy
holat
–
korxonaning
moliyaviy
resurslarini
mavjudligi,
joylashganligi, holati va foydalanish darajasi. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili
– korxonalar barcha moliyaviy resurslarining joylashganligini, holati va foydalanish
darajasi ifodalanishi. Moliyaviy tahlil manbalari – Moliya vazirligi, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlar shakllari.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Korxonalar moliyaviy holati tahlilini boshqarish tizimidagi xususiyatlari.
2. Qanday sabablarga ko‘ra bozor munosabatlari davrida korxonalarning
moliyaviy holatini ahamiyati oshib boradi.
3. Moliyaviy tahlilga nisbatan talablar nimalardan iborat.
4. Moliyaviy holatni tahlil qilish oldiga qanday vazifalar qo‘yadi?
5. Moliyaviy tahlil qanday shakllarda o‘tkaziladi.
6. Bozor munosabatlari sharoitida moliyaviy tahlilning xususiyatlari nimalardan
iborat.
7. Moliyaviy tahlil qanday bosqichlardan iborat.
8. Qanday moliyaviy hisobotlar moliyaviy tahlilning manbalari hisoblanadi.
9. Buxgalteriya balansini shakliy o‘zgarishi nimalardan iborat.
10. Korxonalar moliyaviy holati tahlilini tariflang.
24
2- bob. MOLIYAVIY TAHLIL TAJRIBASIDAN. KORXONA MOLIYAVIY
HOLATINI UMUMIY BAHOLASH
2.1. Xorijiy mamlakatlar moliyaviy tahlili tajribasidan
O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘ta borib, ko‘p ukladli bozor
iqtisodiyotini qurmoqda. Respublika tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanyapti,
respublikaga xorijiy mamlakatlarning sarmoyalari jalb etilmoqda. O‘zbekiston jahon
bozor iqtisodiyotiga kirib bormoqda.
Bu holat xorijiy mamlakatlarda bozor munosabatlarining shakllanishi, bozor
iqtisodiyotini barpo etish tajribasini va bozor iqtisodiyoti samaradorligini ko‘tarish
yo‘llarini o‘rganishni talab etadi. Shu jumladan, firma va korxonalar tomonidan
boshqaruv tizimi yaxshi o‘rganilishi kerak. Bu borada firma va korxonalarning
moliyaviy holatini tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‘qish, o‘rganish to‘g‘risida gap
borar ekan, respublikada bu tajribadan mexanik ravishda foydalanishga intilish
mavjud. Shubhasiz, xorijiy mamlakatlarda shakllangan moliyaviy tahlil usullari har
tomonlama o‘rganilib, undan keng foydalaniladi. Lekin shu bilan mamlakatimizda
shakllangan usullarni inkor qilmasdan, ulardan ham keng foydalanish lozim. Buning
uchun xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribasini yaxshi o‘rganishimiz va
bilishimiz kerak.
Ma’lumki, o‘tgan davrda — sobiq sho‘ro paytida korxonalarning xo‘jalik va
ishlab chiqarish faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish muammolari
markazlashtirilgan
shaklda,
markazda
chop etiladigan darsliklarda, o‘quv
qo‘llanmalarda, yo‘riqnomalarda, Ittifoq miqyosida chiqariladigan «Buxgalteriya
hisobi», «SSSR moliyalari», «Statistika axborotlari», «Pul va kredit» jurnallarida
yoritilardi hamda bu manbalar ittifoqdosh respublikalarga tarqatilar edi.
Sobiq ittifoq respublikalari mustaqil davlatlarga aylantirilgandan keyin, har bir
davlat o‘z yukini o‘zi ko‘tara boshladi, bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini
ham o‘zlari yecha boshladi. Bundan tashqari, ilgari shakllangan iqtisodiy-sotsial
aloqalar buzilib ketdi va respublikalararo munosabatlar murakkablashib, markazda,
Rossiya
Federatsiyasida
chop
etilayotgan
iqtisodiy
adabiyot,
jurnallarni
respublikalarga tarqatilishi qiyinlashib qoldi. Demak, xorijiy mamlakatlarning
moliyaviy tahlil borasidagi tajribalarini respublikamizga yetib kelishi muammoga
aylandi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
tashabbuskorligi bilan boshlangan ishni olqishlab, qo‘llab-quvvatlash lozim. Qo‘mita
o‘zining haftalik «Soliq va bojxona xabarnomalari» ro‘znomasida «Yosh hisobchi
maktabi» va «Bosh hisobchi akademiyasi» sahifalarini tashkil etib, xorijiy
mamlakatlarning bozor munosabatlari davrida hisob va hisobotni tashkil qilish,
moliyaviy tahlilni o‘tkazish borasidagi tajribalari yoritila boshlandi. Shular qatori
respublikada qilinayotgan ishlar ham yoritilyapti.
Respublika bozor munosabatlariga o‘tar ekan, respublikada korxonalarning
moliyaviy faoliyatini tahlil qilish uslubi bozor munosabatlariga moslab barpo etilishi
lozim.
Buning
uchun
albatta,
xorijiy
mamlakatlarning,
ayniqsa,
Rossiya
25
Federatsiyasining tajribasini sinchiklab o‘rganib, undan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Shu maqsadda bizga yetib kelgan iqtisodiy manbalardan foydalanib, moliyaviy
tahlil bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasi, undan foydalanish imkoniyatlari
to‘g‘risida qisqa to‘xtalmoqchimiz.
1995 yil fevral oyida «Soliq va bojxona xabarnomalari» ro‘znomasida Toshkent
davlat
iqtisodiyot
universitetining
dotsenti,
iqtisod
fanlari
nomzodi
A.H
Shoalimovning «Moliyaviy holatning tahlili» nomli maqolasi chop etildi. Bu
maqolada muallif moliyaviy tahlilning maqsadi, sub’yekt va ob’yektlari, ma’lumot
manbalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bergan.
Muallif o‘z maqolasida xorijiy mamlakatlarning tajribasiga asoslanib moliyaviy
tahlilni asosiy yo‘nalishlarini yoritgan. Bular quyidagilardan iborat:
- ichki va tashqi tahlil;
- boshqaruv tahlili - umuman firma faoliyati bo‘yicha;
- tadqiqot tahlili — mehnat unumdorligi va moddiy xarajatlar tahlili;
- funktsional tahlil – firmaning kichik bo‘limlarini tahlil qilish.
1995 yil «Soliq va bojxona xabarnomalari» ro‘znomasining 22-sonida Toshkent
moliya instituti dotsenti, O‘zbekiston Respublikasi hisobchilar va auditorlar
Assotsiatsiyasining boshqarma a’zosi, iqtisod fanlari nomzodi M. To‘laxo‘jaevaning
maqolasi chop etilgan. «Moliyaviy hisobot va moliyaviy koeffitsientlarning tahlili»
nomli
maqolada
«O‘zbekistonda
buxgalteriya
hisobi
islohoti»
loyihasi
materiallaridan foydalanib, xorijiy mamlakatlarning moliyaviy tahlil borasidagi
tajribasi yoritilgan.
Maqolada bayon etilganidek, moliyaviy tahlil quyidagi besh yo‘nalishda
o‘tkaziladi:
- mutlaq ko‘rsatkichlar tahlili, ya’ni korxonalarning mablag‘lari va ularning
manbalari hajm ko‘rsatkichlari;
- gorizontal tahlil - korxonalar hisobotida ifodalangan moddalarning bir davr
davomida mutlaq va nisbiy o‘zgarishlari;
- vertikal tahlil - korxonalar mablag‘larini tarkibiy o‘zgarishlari tahlili;
- trend tahlili - korxonalarning moliyaviy holatini ifodalovchi alohida
ko‘rsatkichlarning o‘zgarish yo‘nalishlari tahlili;
- moliyaviy koeffitsientlar tahlili, bunda moliyaviy koeffitsientlar sifatida
likvidlik, rentabellik, ishchanlik, bozorga oid faollik, korxona kapitalining tarkibiy
ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Yuqorida ifodalangan tahlil yo‘nalishlarida
moliyaviy tahlil jarayonining mantiqiyligi ko‘rsatilmagan.
Moliyaviy koeffitsientlar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
- taqsimlanish koeffitsientlari;
- muvofiqlashtirish koeffitsientlari.
Maqolada foydalanilgan ko‘rsatkichlarning mazmuniga qaralganda birinchi
guruh koeffitsientlari taqsimlanish koeffitsientlari emas, tarkibiy koeffitsientlar,
ikkinchi guruh moliyaviy koeffitsientlarni muvofiqlashtirish koeffitsientlari emas,
nisbat koeffitsientlari, deb atalsa maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Chunki taqsimlanish koeffitsientlari to‘g‘risida gap borar ekan, korxona mol-
mulki tarkibida, asosiy va aylanma mablag‘larning salmoqlari, umumiy aylanma
26
mablag‘larning tarkibida moddiy va pul aylanma mablag‘larni salmoqlari, korxona
mablag‘larining
manbalari
tarkibida
o‘zlik
mablag‘larning
manbalari,
majburiyatlarining salmoqlari va boshqa tarkibiy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi.
Muvofiqlashtirish koeffitsientlari to‘g‘risida gap borar ekan, bu yerda moliyaviy
mustahkamlik, balans likvidligi va korxonalar rentabelligi ko‘rsatkichlari tahlil
etiladi. Demak, bu yerda korxonalar moliyaviy holatining har xil shakllari,
yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Lekin bu ko‘rsatkichlar nisbiy ko‘rsatkichlar sifatida
aniqlanadi.
Masalan, moliyaviy mustahkamlik koeffitsienti — korxona moddiy mablag‘lari
bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat, balans likvidlik
koeffitsienti — korxona aylanma mablag‘lari bilan korxonaning qisqa muddatli
majburiyatlari o‘rtasidagi nisbat va hokazo.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasiga asosan moliyaviy koeffitsientlar moliyaviy
tahlilda keng foydalaniladi. Bir xil mamlakatlarda moliyaviy koeffitsientlar 80
tagacha bo‘lishi mumkin.
M. To‘laxo‘jaevaning maqolasida moliyaviy koeffitsientlarning quyidagi tasnifi
tavsiya etilgan:
1. Likvidlik koeffitsientlari: joriy likvidlik; muhlatli likvidlik; mutlaq likvidlik;
pok aylanma-mablag‘lar.
2. Ishchan aktiv koeffitsientlar: aktivlar aylanishi; debitorlik qarzlarning
aylanishi; kreditorlik qarzlarning aylanishi; moddiy ishlab chiqarish zaxiralarining
aylanishi; operatsiya davrining uzunligi.
3. Rentabellik koeffitsientlari: aktivlar rentabelligi; realizatsiya rentabelligi;
korxonaga tegishli mablag‘lar rentabelligi.
4. Kapitalning tarkibiy koeffitsientlari: moliyaviy bog‘liqlik koeffitsienti; mulk
koeffitsienti; kreditorni muhofaza qilish koeffitsienti; bitta aktsiyaning foydalilik
koeffitsienti.
5.
Bozorga
oid-aktiv
koeffitsientlar:
baho-foyda
nisbati;
aktsiyaning
daromadligi; aktsiyaning balansdagi qiymati; to‘langan dividendlarning salmog‘i.
Tavsiya «Qilinayotgan moliyaviy koeffitsientlar tasnifi (klassifikatsiyasi) katta
ahamiyatga ega, lekin:
Birinchidan,
keltirilgan
moliyaviy koeffitsientlarda korxonalar moliyaviy
holatining hamma yo‘nalishlari ifodalangan emas.
Ikkinchidan, ma’lumki moliyaviy koeffitsientlar hamma vaqt nisbiy
ko‘rsatkichlar shaklida ifodalanadi. Muallif esa moliyaviy koeffitsientlar tarkibiga
mutlaq ko‘rsatkichlarni ham qo‘shib yuborgan, masalan, «pok aylanma mablag‘lar»,
«operatsiya davrining uzunligi» va hokazo.
Keltirilgan tasnifda moliyaviy koeffitsientlarning ketma-ket ifodalanishi amalga
oshirilmagan. Masalan, korxonalar moliyaviy holatini umumiy tahlilidan, bu
holatning alohida yo‘nalishlarini tahlil qilish, yoki aksincha.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodchilar uyushmasining «Mahsulot ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibi» nomli o‘quv materiallarida
yuqorida keltirilgan moliyaviy koeffitsientlar tasnifi to‘liq qaytarilgan.
1996 yili Toshkentda o‘tkazilgan «Raqobatlilik tahlili» mavzusidagi Xalqaro
ilmiy seminarda moliyaviy koeffitsientlar - «Moliyaviy koeffitsientlar»ga va «Nisbiy
27
ko‘rsatkichlar»ga bo‘lingan. Bu tasnifga e’tibor bersak no nisbiy moliyaviy
ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelinadi.
1996 yili Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulk qo‘mitasi va
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan o‘tkazilgan «Korxonalarni
xususiylashtirish va qayta qurish» mavzuidagi Xalqaro ilmiy seminarda ham
korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun foydalanilgan ko‘rsatkichlar
tizimi muhokama qilindi. Bu seminarda moliyaviy tahlil uchun quyidagi
ko‘rsatkichlar tizimi tavsiya etildi:
1. Firmalarning rahbariyati uchun: yalpi foyda; sof foyda; operatsion xarajatlar;
doimiy, o‘zgarmas xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan mablag‘larni korxona
foydasidagi salmog‘i; operatsion richag.
2. Firmalarning egalari uchun: korxonaga tegishli kapitalning foyda me’yori;
oddiy aktsiyalar foyda me’yori; bitta aktsiyaga to‘g‘ri keladigan foyda; bitta
aktsiyaga tushgan naqd pullar; bitta aktsiyaning narxi o‘sishi; aktsionerlarning
umumiy foydasi.
3. Firmalarning investorlari uchun: qoplash koeffitsienti; «tanqidiy» baholash
koeffitsienti; korxona mulkining to‘satdan sotiladigan qiymati.
Yuqorida ko‘rilgan moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari uzoq xorijiy mamlakatlar -
AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyaga taalluqlidir.
Sobiq Ittifoq tarqatilishi bilan Rossiya Federatsiyasi ham biz uchun xorijiy
mamlakatga aylanib qoldi. Rossiya Federatsiyasi moliyaviy tahlil bo‘yicha boy
tajribaga ega. V.V. Petrov va V.V. Kovalevlarning 1993 yili chop etilgan «Balansni
qanday o‘qish kerak» nomli monografiyasida buxgalteriya hisoboti, buxgalteriya
hisobotini tahlil qilish usuli yoritilib, moliyaviy tahlil quyidagi ikki bosqichda
o‘tkazilishi tavsiya etilgan:
Birinchi bosqichda moliyaviy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1. Korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy holatining dastlabki tahlili,
korxonalarning umumiy moliya-xo‘jalik faoliyatini baholab, balansdagi «kasal»
moddalarni aniqlash.
2. Korxonalarning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash. Buning uchun
korxona balansi ham vertikal, ham gorizontal tahlil qilinib, korxona mol-mulkining
holati, korxona balansining likvidligi, korxonaning moliyaviy mustahkamligi tahlil
etiladi. Bu va bundan keyingi ko‘rilgan manbalar Rossiya Federatsiyasida rus tilida
chop etilgan.
3. Korxonalarning moliya-xo‘jalik yakunlarini tahlil qilish, baholash. Buning
uchun korxonalarning bozorga oid aktivligi, rentabelligi, bozor va investitsiya
aktivligi tahlil etiladi.
Ikkinchi bosqichda moliyaviy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1. Korxona mol-mulki tahlili. Buning uchun balans valutasi, asosiy vositalarning
aktiv qismi salmog‘i, asosiy vositalarning eskirishi, tiklanish va safdan chiqish
koeffitsientlari tahlil etiladi.
2. Korxona balansining likvidligini baholash. Buning uchun korxonaga tegishli
aylanma mablag‘lar hajmini qoplash koeffitsienti, balansning tez va mutlaq likvidligi,
aylanma mablag‘larning butun korxona aktivlaridagi salmog‘i hamda joriy aktivlarda
ishlab chiqarish zaxiralarining salmog‘i tahlil etiladi.
28
3. Korxonaning moliyaviy mustahkamligini baholash. Buning uchun korxona
kapitalini jamlash, moliyaviy erksizlik koeffitsientlari, uzoq muddatga olingan
qarzlarning tarkibi, korxonaga tegishli va qarzga olingan mablag‘lar o‘rtasidagi
nisbat ko‘rsatkichlari tahlil etiladi.
4. Ishchanlik aktivligini baholash. Buning uchun realizatsiya tushumi, balans
bo‘yicha foyda, mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, ishlab chiqarish zaxiralarini,
hisob-kitobdagi mablag‘larning aylanishi, operatsiya davrining uzunligi, korxonaga
tegishli kapital va asosiy kapital iqtisodiy o‘sishining mustahkamlik koeffitsientlari
tahlil etiladi.
5. Korxona rentabelligini baholash. Buning uchun sof foyda, mahsulot
rentabelligi, asosiy kapital, korxonaga tegishli kapital rentabelligi, korxona
mablag‘larini qoplash ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
6. Korxonaning bozorga oid aktivligini baholash. Buning uchun aktsiyaga
daromad, aktsiyalar qiymati, aktsiya rentabelligi, dividend daromadi, aktsiyaning
kotirovka koeffitsientlari aniqlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, V.V. Petrov va V.V. Kovalev tomonidan tavsiya etilgan
ko‘rsatkichlar korxonalarning moliyaviy holatini har tomonlama tahlil etish
imkoniyatini beradi, lekin shu bilan birga tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar tarkibida
korxonalar moliyaviy holatini baholashga, tahlil qilishga bevosita taalluqli bo‘lmagan
ko‘rsatkichlar foydalanilgan.
E.A. Markaryan va G.P. Gerasimenkolarning “Moliyaviy tahlil” kitobida uch
shakldagi tahlil qurilgan. Bu moliyaviy yakunlar tahlili, moliyaviy holati tahlili,
ishchan aktivlik tahlili.
Q. Xoldervikning «Korxonalar moliya-iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish» nomli
monografiyasida moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlar orqali o‘tkazishni tavsiya
qilgan: moliyaviy hisobot; ishchan aktivlik; iqtisodiy jihatlar; moliyaviy jihatlar;
iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish andozasi; iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
N.A. Rusak, V.A. Rusaklarning «Moliyaviy tahlil asoslari» kitobida moliyaviy
tahlil quyidagi yo‘nalishlarda olib borilgan: korxonalarning moliyaviy holati tahlili;
foydani shakllanishi tahlili; foydani taqsimlash tahlili; mahsulotni realizatsiya qilish
va shartnomalarning bajarilish tahlili; mahsulot tannarxi tahlili.
V.G. Artemenko va M.V. Bellandirlarning «Moliyaviy tahlil» kitobida
korxonalarning moliyaviy holati quyidagi bosqichlarda o‘tkazilgan:
1. Korxonalarning moliyaviy faoliyatini umumiy baholash-buxgalteriya balansi
valutasini tahlili, balansni gorizontal va vertikal tahlili.
2. Moliyaviy mustahkamlik tahlili — moliyaviy mustahkamlikni mutlaq
ko‘rsatkichlari, moliyaviy mustahkamlik koeffitsientlari.
3. Likvidlik tahlili - balans likvidligi, likvidlik ko‘rsatkichlari.
4. Aylanma kapitalni tahlili — aylanma mablag‘larning aylanishi, joriy
aktivlarning moliyalashtirish manbalari, pul mablag‘lari harakatining tahlili,
debitorlik qarzlar tahlili, tovar-moddiy resurslarning aylanishini tahlil qilish.
5.
Korxonalarning
moliyaviy natijalari tahlili — moliyaviy natijalarni
shakllanishi, yalpi foyda tahlili, foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish.
6. Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili — rentabellik ko‘rsatkichlarini iqtisodiy
ifodalash, rentabellik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlili.
29
7. Bankrotlik imkoniyatini baholash — bankrotlik holatining paydo bo‘lish
sabablari, korxonalarning o‘z qarzlarini to‘lashga qodir emasligi ko‘rsatkichlarini va
bankrot bo‘lish imkoniyatlarining istiqbolini aniqlash.
8. Tadbirkorlik xavfi tahlili — xavf, tavakkalchilikni tahlil qilishning umumiy
tamoyillari,tavakkalchilikni tahlil qilish usullari, xavfni, tavakkalchilikni kamaytirish
usullari.
9. Inflyatsiya va uni moliya tavsifiga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilishga ta’siri
— inflyatsiyaning korxonalar moliyaviy holatiga ta’siri, inflyatsiya ta’sirini bartaraf
qilish usullari, inflyatsiya paytida moliyaviy qarorlarni qabul qilish.
Rossiya Federatsiyasi korxonalarining iqtisodiy faoliyatini ham nazariy, ham
amaliy nuqtai nazardan tahlil qilish muammolari bo‘yicha mashhur iqtisodchi
olimlardan A.D. Sheremet va Ye.V. Nechashevlarning 1999 yilda chop etilgan
«Moliyaviy tahlil usuli» nomli o‘quv qo‘llanmasida korxonalarning moliyaviy holati
tahlili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
O‘quv qo‘llanmaning boshlanish qismida moliyaviy tahlilning maqsadi,
mazmuni, moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari o‘rtasidagi aloqa, moliyaviy
ko‘rsatkichlarni shakllanishi, moliyaviy tahlilning ma’lumotlar bazasi yoritilgan:
Bevosita moliyaviy tahlilni quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazish tavsiya etilgan:
1. Moliyaviy yakunlar tahlili — foyda, rentabellik tahlili, mahsulotlar tannarxi,
korxona xarajatlari tahlili.
2. Korxona kapitali rentabellik ko‘rsatkichining tahlili — rentabellik darajasi
omillarining
tahlili,
asosiy
vositalardan,
nomoddiy
aktivlardan,
aylanma
mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari.
3. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili — korxona aktiv va passivlari tahlili,
moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi tahlili.
4. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini majmua ravishda baholash va reyting
baholash muammolari yoritilgan.
A.D. Sheremet va Ye.R. Nechashevlarning bu kitobda moliyaviy tahlil bilan
bog‘liq bo‘lgan yangi muammolar ko‘rilgan va mualliflar bozor munosabatlarining
talablarini to‘liqroq e’tiborga olishgan. Lekin bu nashrda:
- moliyaviy tahlil bosqichlari mantiqiy ravishda ketma-ket yoritilmagan;
- moliyaviy holat va korxonalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari aralashtirib
yuborilgan;
- moliyaviy tahlilning hamda moliyaviy holatning asosiy ko‘rsatkichlariga
kamroq e’tibor berilgan;
- foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan ravishda ko‘rilmagan.
Sobiq Ittifoq respublikalararo iqtisodiy, sotsial aloqalarni yangichasiga tashkil
qilish, bozor munosabatlarini shakllanishi davrida bizga yetib kelgan xorijiy
mamlakatlarning tajribasini o‘rganib chiqib, tahlilni o‘tkazish borasidagi iqtisodiy
adabiyotlarini o‘rganib chiqib, uni umumlashtirib quyidagi xulosalarga keldik:
- xorijiy mamlakatlarda bu borada bozor munosabatlarining talablariga javob
bera borib, keng ravishda ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda;
-
shakllanayotgan
moliyaviy
tahlil
usullarida
korxonalarning
bozor
munosabatlari davridagi moliyaviy holatini har tomonlama tahlil qilish uchun kerakli
ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilmoqda;
30
- respublikamiz sharoitlariga moslab shakllanayotgan moliyaviy tahlil usulini
batafsil ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarning tajribasidan, albatta, foydalanish
imkoniyatlari mavjud;
- lekin xorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan tajribadan mexanik ravishda
foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki xorijiy mamlakatlar tajribasida hali
oxirgacha yechilmagan muammolar, kamchiliklar bor;
- ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti to‘liq shakllangan,
respublikamizda esa bozor munosabatlari endi shakllanmoqda. Bu holat moliyaviy
tahlil jarayonida e’tiborga olinishi kerak.
- undan tashqari respublikamizda sobiq Ittifoq davridan tortib, hozirgi davrda
ham korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish borasida bir qancha ilmiy-
tadqiqot ishlari, olimlarimizning qo‘lga kiritgan yutuqlari kam emas. Ularni inkor
qilish va ulardan voz kechish, albatta, noto‘g‘ri bo‘ladi.
Demak, kelgusida moliyaviy tahlil usullarini takomillashtirishda ham o‘zimizda
mavjud tajribadan, ham xorijiy mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |