Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

 
Tayanch iboralar 
 
Korxonaning ishchanligi – uning aktivlarining aylanish darajasi. 
Korxonalarning bozorga oidligi – ularni moliyaviy resurslarining holati va 
foydalanish darajasi. 
Korxonalar aktsiyalarini jozibadorligi – investorlarni jalb qilish shart-sharoitlari. 
Korxonalarni pul mablag‘lari – ularning debitorlik qarzlari va kassadagi hisob-
kitob va valuta schyotidagi naqt pullar. 
Debitorlik qarzlar – korxonadan boshqalarning qarzlari. 
Kreditorlik qarzlar – korxonaning boshqalardan qarzlari. 
 


82 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Korxonalarning ishchanligi deb nimani tushunasiz va uning bozor 
munosabatlaridagi roli nimadan iborat? 
2. Korxonalarning ishchanligi qanday ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilinadi, 
ular qanday aniqlanadi? 
3. Korxonalarning bozorga oidligi deb nimani tushunasiz va uning bozor 
munosabatlaridagi roli nimadan iborat? 
4. Korxonalarning bozorga oidligi qanday ko‘rsatkichlar yordamida tahlil 
qilinadi va ular qanday aniqlanadi? 
5. Korxonalarning aktsiyalarini jozibadorligi nima va u qanday ko‘rsatkichlar 
orqali tahlil qilinadi? 
6. Korxona pul mablag‘larining aylanish ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash 
uslublari. 
7. Debitorlik, kreditorlik qarzlari deb nimani tushunasiz va ular qanday 
aniqlanadi? 


83 
6- bob. KORXONALAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY NATIJALARI 
TAHLILI 
 
6.1. Korxonalar foydasi tahlili 
 
Yuqorida korxonalar moliyaviy holatini alohida tomonlari va yo‘nalishlarini 
tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Moliyaviy tahlilning yakuniy bosqichi bo‘lib, 
korxonalar 
faoliyatining 
moliyaviy yakunlari tahlili hisoblanadi. Korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakunlari foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. 
Foyda ijtimoiy ishlab chiqarish hamma bosqichlarining iqtisodiy toifasidir. 
Qayerda ijtimoiy ishlab chiqarish barpo etilgan bo‘lsa, unda qatnashuvchilarning 
mehnati ikkiga bo‘linadi — birinchi qismi ishlab chiqarish qatnashchilarini shaxsiy 
ehtiyojlarini ta’minlash, qoplash uchun foydalaniladi, ikkinchi qismi esa 
mulkdorlarni, davlat va ijtimoiy ehtiyojlarni qoplashga safarbar etiladi. 
Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori 
ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko‘tariladi. Foydani 
barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qiymat 
qonunini va xo‘jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo‘jalik hisobotining 
ob’yektiv talabidir. 
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini, 
uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi. Buning uchun 
ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan 
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim. 
Qiymat qonuni alohida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan 
xarajatlar — ijtimoiy-zaruriy xarajatlar darajasida yoki undan kam bo‘lishini talab 
etadi. Bu talabni amalga oshirish uchun korxonalar foydaga ega bo‘ladilar va 
ularning rentabellik darajasi o‘rtacha yoki undan yuqori bo‘lishi kerak. 
Ma’lumki, xo‘jalik hisobining asosiy talabi - korxonalar faoliyati rentabelli 
bo‘lishi, ya’ni korxonalar o‘z faoliyatini foyda olish bilan yakunlashlaridir. Foyda — 
mutlaq ko‘rsatkich bo‘lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi. Foyda 
korxonalar faoliyatining har xil yo‘nalishlarini moliyaviy yakunidir. Shu sababli 
foyda turli shaklda bo‘lishi mumkin. 
Respublikamizda «Mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizom» qabul qilinmasdan oldin korxonalar foydasi quyidagi shakllarda hisobga 
olinar edi: balans bo‘yicha; sotilgan mahsulotlardan; boshqa sotuv operatsiyalar; 
noishlab chiqarish; sof foydalar. 
Yuqorida ko‘rsatilgan Nizomga binoan korxona va tashkilotlar foydasi quyidagi, 
shakllarda hisobga olinadi: 
mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda. Bu sotishdan olingan sof tushumdan 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi; 
- asosiy faoliyatdan olingan foyda — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu 
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va 
plyus, asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar 
sifatida aniqlanadi; 


84 
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan 
olingan foyda summasi, plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus 
zararlar sifatida aniqlanadi; 
- soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umum xo‘jalik faoliyatidan olingan 
foyda, plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus 
zarar sifatida aniqlanadi. 
- yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’yekt 
ixtiyorida qoladi. 
Demak, xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda hisoblanayotganda moliya 
faoliyatidan ko‘rilgan foyda hamda soliq to‘lagungacha olingan foyda 
hisoblanayotganda favqulot vaziyatlardan ko‘rilgan foyda aniqlanadi, e’tiborga 
olinadi. 
Ko‘rinib turibdiki, qabul qilingan Nizomga ko‘ra, foyda shakllari tarkibi 
kengaytirildi va foyda shakllari bozor munosabatlariga moslashtirildi. Korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakunlari buxgalteriya balansi va «Moliyaviy faoliyat 
to‘g‘risidagi hisobot»ga asoslanib tahlil qilinadi va bu tahlil yuqorida ko‘rilgan 
foydaning butun shakllari bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Shu sababli ana shu foyda 
shakllari ustida to‘xtalamiz. 
Sotilgan mahsulotlardan olingan yalpi foyda foydaning asosiy shakli bo‘lib, u 
sotishdan olingan tushumdan sotilgan mahsulotlar tannarxini ayirish bilan aniqlanadi. 
Sotilgan 
mahsulotlardan 
olingan 
sof 
tushumni 
aniqlash 
uchun 
sotilgan 
mahsulotlardan olingan yalpi tushumdan davlat budjetiga o‘tkazilgan qo‘shilgan 
qiymatga solinadigan soliq aktsiz soliqlari va eksport-bojxona poshlinalari olib 
tashlanadi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda sotilgan mahsulotlardan olingan foydadan davr 
xarajatlarini olib tashlash va asosiy faoliyat bilan aloqador boshqa daromadlar, 
zararlarni e’tiborga olish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan borliq 
bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushiriladi va o‘z tarkibiga boshqarish xarajatlarini, 
mahsulotni sotish xarajatlarini va umumxo‘jalik – ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa 
xarajatlarni oladi. 
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga — 
qarzdorlardan olingan jarima, penyalar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi 
foyda, sotilgan asosiy va aylanma mablag‘lardan olingan daromadlar, davlat 
subsidiyalari, xolisona moliyaviy yordam, oshxona, yordamchi xizmatlardan olingan 
daromadlar kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati, mahsulot sotishdan tashqari, 
korxona xarajatlari tarkibida konservatsiya qilingan ishlab chiqarish kuchlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan sarflar, tara bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalardan zararlar, sud va 
arbitraj xarajatlari, to‘langan jarimalar va peniyalar, voz kechilgan debitorlik qarzlar 
bilan bog‘lik ziyonlar, valuta operatsiyalari bo‘yicha salbiy farqlar, o‘tgan yillarda 
o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha ziyonlar va hokazo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda korxonalar asosiy faoliyatidan tashqari 
moliyaviy natijalarni ham e’tiborga olish yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun 
korxonalar moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar hisobga 
olinadi. 


85 
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar — aktsiyalarga olingan dividendlar, 
shu’ba va assosatsiya qilingan korxonalardan olingan divident va xarajatlar, xorijiy 
mamlakatlarning valutalari bo‘yicha ijobiy kurs, qimmatli qog‘ozlarga sarf qilingan 
sarmoyalarni qaytadan baholashdan olingan daromadlar, uzoq muddatga ijaraga 
berilgan mol-mulkdan tushgan daromadlar va hokazo. 
Moliyaviy faoliyat xarajatlari — uzoq muddatga ijaraga olingan mol-mulklarga 
to‘lovlar, chet el valutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlar va 
zararlar, qimmatli qog‘ozlarga sarflangan mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan 
zararlar va hokazo. 
Soliq to‘langungacha olingan foyda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish 
moliyaviy faoliyat yakunlaridan tashqari ko‘zda tutilmagan vaziyatlardan kelib 
chiqqan daromad va zararlarni e’tiborga olish yo‘li bilan hisoblanadi. Ko‘zda 
tutilmagan vaziyatlar bilan bog‘langan daromad va xarajatlar korxonalarning 
odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emasligi, bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi 
kerak. Boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq 
bo‘lmasligi lozim. 
Sof foyda — korxonalarning o‘zida qoladigan daromad bo‘lib, u 
korxonalarning ehtiyojlari uchun foydalanadigan daromadlardir. Yuqorida ko‘rilgan 
korxonalarning foyda shakllari moliyaviy holatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega, 
lekin nizomda yana bir foyda shakli ko‘rilgan — bu soliqqa tortiladigan foyda. 
Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan 
foydaga: 
- nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki 
doimiy tafovutlar qo‘shiladi; 
- Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar 
qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi
- qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar 
bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, soliqqa tortiladigan foydani hisoblash murakkab bo‘lib, u 
soliqlarni fiskal funktsiyasini yanada kuchaytirish bilan bog‘langan. Shu sababli 
moliyaviy tahlil davrida bu foyda shaklini aniqlash, uni tahlil etish korxonalarning 
moliyaviy holatini baholashda o‘z o‘rnini topishi lozim. Yuqorida ko‘rilgan hamma 
foyda shakllari moliyaviy tahlilda foydalaniladi, lekin korxonalarning moliyaviy 
holatini baholashda alohida e’tibor soliq olingungacha olingan foyda va sotilgan 
mahsulotlardan olingan foyda ko‘rsatkichlarga safarbar etiladi. Chunki soliq 
olingungacha olingan foyda korxonalarning butun xo‘jalik moliyaviy holatini 
ifodalaydi. Sof foyda esa korxonalarning jamiyat oldidagi burchini oqlagandan so‘ng 
o‘zlarining kelgusida rivojlanish imkoniyatlarini ifodalaydi. Moliyaviy tahlilda foyda 
ko‘rsatkichlarining hajmi, ularning tahlil qilayotgan davr mobaynida o‘zgarish 
dinamikasi va korxonalar foydasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini tahlil qilinishi 
lozim: 
Foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichki va tashqi, ob’yektiv va sub’yektiv, 
tashkiliy va iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnikaviy bo‘lishi mumkin. Moliyaviy 
tahlilda asosiy e’tibor, iqtisodiy, analitik hamda moliyaviy holatga bevosita va 
miqdoran ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga yo‘naltirilishi lozim. 


86 
Sotilgan mahsulotlardan olingan yalpi foydani tahlil etishda quyidagilar bunday 
omillar bo‘lib hisoblanadi: sotilgan mahsulotlarning hajmi, tannarxi, narx-navolari 
o‘zgarishi; sotilgan mahsulotlarning tarkibiy, assortiment o‘zgarishi. 
Omilli tahlil korxonalar faoliyatini moliyaviy yakuni natijasi foyda tahlilining 
zaruriy qismidir. Korxonalar faoliyatining samarasiga baho berilganda olingan 
foydaning ko‘payishi yoki kamayishi, qaysi omillar ta’sirida bo‘lganligini aniqlash 
katta ahamiyatga ega. 
Foyda hajmini o‘zgarishi-ko‘payishi mahsulotlarni ko‘p sotish, tannarxni 
pasaytirish, tasdiqlangan assortimentni o‘zgartirish va narx-navoni ko‘tarish natijasi 
bo‘lishi mumkin va aksincha. 
Tannarxni pasaytirish, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish ijobiy omillar sifatida 
qabul qilinsa, narx-navoni ko‘tarish va mahsulotlarning assortimentini o‘zgartirish — 
salbiy omillar hisoblanadi. Chunki, narx-navoni ko‘tarilishi bozorda yakka 
hukmronlikdan foydalanish natijasi bo‘lishi mumkin. Assortimentning o‘zgarishiga 
kelsak, korxonalar ham xo‘jalik va aholi ehtiyojini e’tiborga olmasdan ko‘p foyda 
beradigan mahsulotlardan ko‘proq ishlab chiqqan bo‘lishi mumkin. 
Endi, iqtisodiy adabiyotda keng foydalanilayotgan indeks usulidan foydalanib, 
korxonalar foydasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilamiz. 
Korxonalarda sotilgan mahsulotlardan olingan yalpi foydaning umumiy 
o‘zgarishi - bu dinamika indeksidir. 
Joriy davrda sotilgan mahsulotlar 
joriy narxlarda 
– 
Joriy davrda sotilgan mahsulotlar joriy 
tannarxda 
O‘tgan davrda sotilgan mahsulotlar 
o‘tgan davr narxlarida 
– 
Joriy davrda sotilgan mahsulotlar joriy 
narxlarda 
0
0
0
0
1
1
1
1

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin