Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Mukofotlar va komission to„lovlar



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə91/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Mukofotlar va komission to„lovlar. Bular oylik oluvchi ishchiga ham, ish haqi oluvchi ishchiga ham mukofotning bir turi bo‗lib, har doimgi ish haqi yoki belgilangan oylik ustiga to‗lov hisoblanadi. Ba‘zi bir firmalar yillik mukofotlarni yil davomida tovar zaxiralari aylanmasini tezlashtirganligi uchun rag‗batlantirish sifatida Rojdestvo bayramiga to‗laydilar.
Komission to„lovlar - firmaning sotuv hajmida shakllanadigan to‗lovlar. Ular personalga to‗lash uchun ishlatiladi va mukofotning yagona shakli bo‗lib yoki har doimgi oyligi ustiga rag‗batlantirish bo‗lib xizmat qiladi.
Mukofot – odatda, ish haqi va oylik ustidan, erishilgan yutuqlarga haqni ifoda
etuvchi naqd to‗lovlardir.
Tartibga solish dasturlari. ―Johnson & Johnson‖ - ishlab chiqarish muammolaridan xavotirda bo‗lgan yagona kompaniya emas. Bajaruvchi direktorlar, menejerlar va boshqa toifa ishchilar mehnat unumdorligini oshirishni tartibga solish uchun kompaniya unumdorlikning ma‘lum darajasiga erishish yoki daromadlikka erishish bilan bog‗liq ular uchun pullik rag‗batlantirishlar kiritadi. Boshqacha qilib aytganda mehnatga haq to‗lash uchun asos oddiy faoliyat bilan emas, balki bu faoliyatning natijalari bilan aniqlanadi.

7.5. Foyda va maqsadga erishishda qatnashish. Foydalarda qatnashish


Kompaniya o‗z ishchilariga mukofot sifatida kompaniyaning foydasidan ma‘lum bir ulushini ajratish tizimi. Yuqori boshliqlarning katta daromadi kompaniya yutuqlari va omadsizliklari bilan uzviy bog‗liq bo‗lishi uchun bajaruvchi direktorlarga mukofot tizimini qayta ko‗rish tez-tez talab qilinadi.
Ishchilarning kompaniyada uzoq muddatli xizmati uchun mukofotlash yoki birmuncha unumdor mehnati uchun daromadda qatnashish dasturi, ya‘ni ularga daromadlardan ulushini ta‘minlaydigan tizimlar asosida rag‗batlantirish mumkin. Har xil kompaniyalarda bu ulush kvartal bo‗yicha, yarim yilda bir marta yoki yilning oxirida to‗lanadi.
Maqsadlarga erishishda qatnashish - ishchilarga umumiy foydasiga emas, balki ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‗liq bo‗lgan ushlanib qolishlarni iqtisod qilish mablag‗dan mukofot tizimi(5-rasm).
Maqsadga erishishda qatnashish - foydada qatnashishga o‗xshash tizim, lekin bitta yaqqol farqi mavjud. Mukofot bu yerda foydaning umumiy miqdoriga bog‗liq emas, balki mahsulot sifati bo‗yicha ma‘lum bir ko‗rsatkichlarga erishish, jihozlarining xavfsizligi va xizmat ko‗rsatish texnikasiga rioya etish natijasida ishlab chiqarishning ushlanib qolishlarini kamaytirish bilan bog‗liq. Masalan, ―AT&Universal Kadr Servises‖ kompaniyasida rag‗batlantiruvchi to‗lovlar kredit kartochkalarga tez va aniq ishlov berish va boshqa operatsiyalarni bajarish orqali aniqlanadi. Bunday dasturlarning yutug‗i ko‗pincha rag‗batlantirish bilan xizmatchi javobgar bo‗lgan uchastkada uning faoliyati qay darajada uzviy bog‗liqligi bilan bog‗liq.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin