Quyida keltirilgan jadvalda firma boshqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlarning eng keng qo‗llaniladigan turlari keltirilgan. Bundan tashqari kompaniyalar barcha ishchilari uchun tibbiy xizmatlar va mehnat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha dasturlarni amalga oshiradi. Bunday dasturlar kompaniyalar uchun katta mablag‗lar va sarf-xarajatlarni tashkil qiladi.
Quyida kompaniya prezidenti va direktor vazifasini bajaruvchilar foydalanadigan 10 asosiy imtiyozlar sanab o‗tilgan.
Misol uchun, AQSH Savdo palatasining statistik ma‘lumotlariga ko‗ra 1990 yilda bir ishchining o‗rtacha ish haqi 32.299 dollarni tashkil qilgan va shu ishchiga kompaniya tomonidan qo‗shimcha to‗lovlar 12.402 dollarni tashkil qilgan. Bunday to‗lovlar kompaniyaga qimmatga tushsada, ishchilarni o‗z ish joylarida doimiy va sifatli mehnat qilishlarini kafolatlaydi.