Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Yakka tartibdagi faoliyatga haq to„lash va mukofatlash o„rtasidagi o„zaro bog„lanish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə90/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

7.4. Yakka tartibdagi faoliyatga haq to„lash va mukofatlash o„rtasidagi o„zaro bog„lanish


Mehnat uchun mukofot. Ishchilar o‗z mehnatlari evaziga mukofot - ish haqi bilan tadbirkor tomonidan to‗lanadigan qo‗shimcha to‗lovlar va ko‗rsatiladigan xizmatlar yig‗indisini oladilar. Kamdan-kam odam tekinga ishlaydi, ko‗pchilik esa mukofotni ishda o‗z haqining o‗lchovi deb hisoblaydi.
Ish haqi va oylik. Ishchilarning mehnatiga haq to‗lash qay tarzda tuzilishi kerak? Ularga qancha to‗lash kerak? Ularga qachon to‗lash kerak? Bu savollarning hammasi kadrlar bo‗limi xodimlarining ishi.
Ishlab chiqarishning ko‗pchilik ishchilari (―ko‗k yoqalilar‖) va injener-texnik ishchilarning bir qismi (―oq yoqalilar‖) mukofotni ishlagan soati yoki ishlab chiqargan mahsulotining miqdori asosida aniqlanadigan ish haqi ko‗rinishida oladilar. Ish haqi ishchining mehnatga bo‗lgan qiziqishini shakllantiradi: u qancha ko‗p soat ishlasa yoki u qancha ko‗p mahsulot birligini ishlab chiqarsa, uning ish haqi shuncha ko‗p bo‗ladi.
Mehnatning natijalari ketgan ish vaqtiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga bog‗liq bo‗lmagan ishchilar mukofotni oylik tarzida oladilar. Oylik ish haqi sarflangan ish vaqtiga mukofot tarzida ifodalanadi, lekin bu yerda ish vaqtining birligi bo‗lib hafta, ikki hafta, oy yoki yil xizmat qiladi. Oylikka ishlaydigan ishchilarning, misol uchun menejer yoki har xil sohadagi mutaxassislarning qo‗shimcha ishlagan ish vaqtiga odatda haq to‗lanmaydi. Lekin ular ish kuni davomida qandaydir vaqt mobaynida ishlamasliklari mumkin.
Ish haqi va oylik kompaniya ishiga u yoki bu turdagi faoliyatni kirituvchi hissalarga asoslanadi. Masalan, marketing bo‗limi boshlig‗i o‗zining kotibiga nisbatan ko‗p oylik oladi. Mehnatga haq to‗lash uchun boshqa asos bo‗lib berilgan ishning bozor bahosi xizmat qiladi. Masalan, firma ma‘muriyatining javobgar kotibi Nyu-Yorkda San-Diegoga nisbatan ko‗proq oylik oladi.
Rag„batlantirish - mahsulotni kerakli xajmda ishlab chiqarayotgan yoki
istalgan ishlab chiqarish darajasini ta‘minlaydigan ishchilarga naqd to‗lovlar.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin